Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Hasharotlarning tarqalishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar. Antropogen ta’sirlarga javob reaktsiyasi


Download 363.15 Kb.
bet20/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

18. Hasharotlarning tarqalishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar. Antropogen ta’sirlarga javob reaktsiyasi.
Biotsenoz komponentlari bir-biriga katta tasir etadi. Bundan tashqari, hasharotlar olik tabiat, tabiiy muhit, jumladan, iqlim va tuproq sharoiti tasiriga duchor boladi va ozlari ham ularga malum darajada tasir korsatadi. Tuproq va iqlim sharoiti birmuncha bir xilda bolgan, malum hayvonlar kompleksi va malum osimliklar todasi joylashgan territoriya b i o t o p deb aytiladi.
Hasharotlarning kopayishtezligiga xususan temperatura kuchli tasir korsatadi;
Temperatura faqat malum nuqtaga qadar kotarilib borganda hasharotlarning rivojlanishi tezlashadi, bu nuqta har qaysi tur hasharot uchun har xil boladi. Masalan, pchanzor kapalagi ning rivojlanishi temperatura faqat 26° gacha kotarilib borganda tezlashadi; temperatura bundan yuqori kotarilishi bilan hasharot rivojlanishi sekinlashadi, songra toxtaydi va temperatura undan ham oshib ketsa, xasharot halok boladi. Malum temperatura nuqtasidan pastda yoki yuqorida hasharot rivojlanishi toxtab qolsa, osha temperatura rivojlanishning pastki yoki yuqorigi chegarasi deb aytiladi.
Ayrim turlarga kiruvchi hasharotlar rivojlanishiga n a m l i k temperaturaga qaraganda xilma-xilroq tasir etadi. Bir turning rivojlanishi namlik tasirida tezlashsa, boshqa turlarniki sekinlashadi. Qaram kuyasi va chigirtkasimonlar qurgoqchilik davrlarda tezroq kopayadi; osimlik bitlari esa, aksincha, namlik mavsumda tezroq kopayadi. Bundan tashqari, namlik hasharotlarga bilvosita ham, yani ular eydigan osimliklar holati va zamburug ham bakterial kasalliklarning avj olib ketishi orqali katta tasir etadi.
Hasharotlarning kopayish tezligiga quyosh nuri ham tasir etadi. Masalan, bazi osimlik bitlarining jinsiy mahsuloti yoruglik etarli bolganda tezroq rivojlanadi; tungi kapalaklarning kopchiligi faqat etarli darajada qorongilik bolgandagina tuxum qoyadi.
Yorug‘ kunning uzunligi (fotoperiodik reaksiya) kopgina turga oid hasharotlarning qishga tayyorlanishiga, diapauza holatga kirishiga, generatsiyaning uzun-qisqa bolishiga tasir etadigan juda muhim faktor hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya hasharotning rivojlannsh fazasi va yoshiga bogliq ekanligi aniqlangan (Danileyskiy).
Bazi hasharotlar uchun xos bolgan mavsumiy dimorfizm (ayrim boginlarning tashqi korinishidagi farqlari) ga temperatura va qisman boshqa tashqi faktorlar tasiri sabab boladi. Evropada yashaydigan Araschnia levanaprorsa L. kapalagining birinchi, yani bahorgi boginining qanotlari sargish, nkkinchi, yani yozgi boginining qanotlari qora boladi. Kapalakning bu ikki boginini uzoq vaqtga qadar ikki xil tur deb hisoblab kelardilar. Keyinchalik, tuban temperatura tasirida qora qanotli kapalak gumbagidan sariq qanotli kapalak, yani qishlab qolgan gumbakdan chiqadigan sargish qanotli kapalakka oxshash kapalak chiqishi tajriba yoli bilan isbotlangan.
Hasharotlar hayotiga atrofdagi tirik muhit ham katta tasir etadi; bunday faktorlar biotik faktorlar deb aytiladi, iqlimga va tuproqqa bogliq bolgan faktorlar esa a b i o t i k faktorlar deb ataladi. Abiotik faktorlar iqlimiy va edafik (tuproq) faktorlarga bolinadi. Odam tasiri antropik faktorlar deb ataladi.


Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling