Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


O’zbekistonda entomologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi


Download 363.15 Kb.
bet22/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

21. O’zbekistonda entomologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi.
Insoniyat hasharotlar olami bilan juda qadimdan qiziqib kelgan. Hasharotlar dastavval oziq-ovqat sifatida, keyinchalik qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari sifatida o‘rganila boshlandi. Xalq tabobatida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar o‘z asarlarida hasharotlarning bir necha turlaridan turli kasalliklarni davolashda foydalanish mumkinligini qayd yetganlar. Hasharotlar olamini ilmiy asosda o‘rganish 17- asrda boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida o‘simliklarning istiqbolli navlari yaratilib, ularning zararli organizmlariga qarshi samarali kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Markaziy Osiyo issiq iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi ekinlarining yaxshi rivojlanishi bilan birga turli zararkunandalarning rivojlanishi uchun ham qulaydir. Turkiston hasharotlari dunyosini jadal o‘rganish maqsadida 1868—1871-yillarda Moskva universiteti professori A.P. Fedchenko boshchiligida Zarafshon vodiysiga ekspeditsiya tashkil etildi va o‘lkamiz hasharotlari 17000 dan ortiq turga mansubligi aniqlandi. Mazkur ekspeditsiyada B. Solskiy (1874) qo‘ng‘izlarni, N. Yershov (1874) kapalaklarni, T. Oshanin (1891) yarim qattiq qanotlilarni o‘rganishdi.8 XX asrda fitopatolog A.A. Yachevskiy, entomologlar B. M. Vasilyev va I.M.Vasilyevlar Markaziy Osiyoda o‘simliklarni himoya qilish va entomologiya fanini rivojlantirish maqsadida Murg‘ab davlat entomologiya stantsiyasini tashkil etishdi. 1911-yilda Toshkentda ochilgan Turkiston entomologiya stantsiyasida V.I. Plotnikov qishloq xo‘jalik o‘simliklarining zararli organizmlarini o‘rganish, ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish va milliy kadrlar tayyorlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. V.I. Plotnikov 60 yildan ortiq muddatda nazariy va amaliy entomologiya bilan shug‘ullanib, buzoqboshilar (zararli, uch tishli va mart buzoqboshilari), kuyalar, bargo‘rovchilar, olcha uzunburuni, qalqondorlar va boshqa zararkunandalarni o‘rgandi. O‘zbekistonda entomologiya fanining rivojlanishida V.Yaxontov, R. Olimjonov, B. Adashkevich, N.G. Kim kabi olimlar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. O‘zbekistonlik olimlar V.P.Nevskiyning “O‘rta Osiyo shiralari”, R. Olimjonovning “Entomologiya”, A.I. Plotnikovning “O‘rta Osiyo o‘simliklariga zarar yetkazadigan hasharotlar”, V.V. Yaxontovning “O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik ekinlari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari” kabi asarlari hozirgi kunda ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon, Samarqand qishloq xo‘jalik institutlarining olimlari tomonidan entomologiya va fitopatologiya fanlarining qishloq xo‘jaligiga taalluqli turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Akademiklar S.N. Alimuhammedov, D.A.Azimov, professorlar X.X. Kimsanboyev, A.Sh.Hamroyev, N.Mahmudxo‘jayev, Sh.T.Xo‘jayev, X.Yahyoyev va boshqa ko‘plab olimlar hozirgi kunda entomologiyaning turli sohalarida ilmiy va amaliy izlanishlar olib bormoqdala. Oʻrta Osiyo hududida, jumladan, Oʻzbekistonda E. sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A. B. Fedchenko boshlab bergan. U Olay va Zarafshon boʻylab oʻtkazgan ekspeditsiyalarida (1868—71) hasharotlarning 2000 ga yaqin kolleksiyasini toʻplagan. V.F.Oshanin (1844— 45) Amudaryo yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni oʻrganadi. Uning "Turkiston chala qattiq qanotlilari faunasi zoogeofafiyasi" (1891) asarida 700 dan ortiq hasharotlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. 1898-yilda qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini oʻrganish maqsadida Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati qoshida "Chigirtka komiteti", 1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologik stansiyasi tashkil etilib, 1925-yilda Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasiga aylantiriladi. Stansiyada qishloq xoʻjaligi zararkunanda hasharotlarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib borildi (V.I. Plotnikov, V.V.Yaxontov, P.P.Arxangelskiy, V.V.Nikolskiy). 1929-yil gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish boʻyicha maxsus stansiya tashkil etilib, 1958-yilda uning bazasida Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish instituti ochildi.Oʻzbekistonda tibbiyot va veterinariya E.si sohasidagi tadqiqotlar bezgak kasalligi qoʻzgʻatuvchisini oʻrganish bilan boshlandi. 1913-yilda Turkistonda odam va hayvonlar tropik kasalliklarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ekspeditsiya hisobotida bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi (V.L.Yakimov). 20-asrning 20—30- yillarida bezgak kasalligi va bezgak pashshasini oʻrganish boʻyicha keng miqyosda tadqiqotlar olib boriladi (N.I.Xodukin, L.M.Isayev); bezgakni tadqiq etuvchi bir qancha stansiyalar va Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot parazitologiyasi) instituti tashkil etildi. 1920-yildan boshlab Turkiston davlat universiteti kafedralari qoshida entomologiya sohasidagi ishlar boshlab yuborildi (A.L.Brodskiy). Qon soʻruvchi ikki qanotlilarni oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston FA Zoologiya institutida olib borilgan ishlar ular turlari tarkibi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari va epidemiologik ahamiyatini aniqlashga imkon berdi (E.I.Gan, M.K. Qodirova). E. sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tufayli hozir gʻoʻza va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda ombor zararkunandalari toʻgʻrisida katta maʼlumotlar yigʻildi (V.V.Yaxontov, A. G. Davletshina

Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling