Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Download 363.15 Kb.
bet1/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222


Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati.
Fanning maqsadi va vazifalari:
Fanning maqsadi: Entomologiya biologiya fanining tarkibiy qismi bo‘lib, hasharotlar olamini o‘rganadi. Hasharotlar o‘simlikxo‘rlar sifatida qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va bog‘dorchilikka zarar еtkazishi bilan birga ayrim turlarining hayvon va o‘simliklarga baktеrial, virus va zamburug‘ kasalliklarini tarqatishda ham ahamiyati katta.Talabalarga hasharotlar olami to’g’risida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni o’rgatishdir.
Fanining vazifalari: hasharotlarning boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farqi va ularning turini to‘g‘ri aniqlash hamda o‘simlik, odam va hayvonlarga ziyon kеltiruvchi turlariga qarshi ilmiy asosda kurashish hamda entomofaglarni muhofaza qilish bo’yicha fundamental bilimlarni berishdan iboratdir.
Shuningdek, Entomologiya fani hasharotlarning anatomo-morfologik tuzilishi, hayot tarzi va biogеotsеnozda tutgan o‘rninito’laqonli yoritib bеradi
Entomologiya-(yunoncha-entomon-hasharot, logos-fan) hasharotlarni o‘rganuvchi fan.
Entomologiyani ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan
boshlangan. 1667-yili Redi hasharotlar ustida o‘tkazgan
tajribalarini ularning ko‘payishini ilmiy asoslashga bag‘ishlagan.
Shundan bir yil o‘tgandan so‘ng hasharotlar anatomiyasini
o‘rgangan italiyalik olim I. Malpigi o‘z fikrlarini e’lon qildi.
Keyinchalik gollandiyalik olimlar Layonet va Svammerdam
entomologiya bo‘yicha izlanishlar natijasini chop etgan.
Ma’lumki, biologiya fanining rivojlanishida shved olimi
K. Linneyning hissasi katta, chunki u birinchi bo‘lib hayvonot va o‘simliklar dunyosi sistematikasini yaratdi va unga ikkilamchi nom berdi. Bular ichida hasharotlar ham bor edi.
K. Linneyning shogirdi Fabritsius hasharotlar sistematikasini
yaratishda muhim ishlarni olib bordi. O‘shavaqtda 4500 turdagi hayvonlar ma’lum bo‘lib, shulardan 2000 tasi hasharotlar deb hisoblangan. Hasharotlar anatomiyasi va biologiyasini
tabiatshunos R.A. Reomyur (1683–1757) ham o‘rgangan.
Keyinchalik E.K. Brandtning (1839–1891) hasharotlarning asab
sistemasini o‘rganishi, A.O. Ko valevskiy (1840–1901) va I.I.
Mechnikovning (1823–1916) fiziologik o‘zgarishdagi izlanishlari umumiy entomologiyaning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib
qo‘shildi.
XX asr bo‘sag‘asida va asr oxirida hasharotlar sistematikasini o‘rganish juda rivojlandi. G.G. Yakobson (1871–1916)
to‘g‘riqanotlilar va qo‘ng‘izlarni o‘rgandi. A.K. Mordvilko
(1867–1938) o‘simlik bitlari sistematikasi va bioekologiyasini
o‘rganish sohasidagi ishlari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi.
Umumiy entomologiyaning vazifasi hasharotlarning tashqi
va ichki tuzilishini, fiziologik xususiyatlarini hamda tashqi
muhitning ularga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Ana shu asosda ularning bioekologik xususiyatini o‘rgangan holda, ularga
qarshi kurash tizimini ishlab chiqish, foydalilarini ko‘paytirib,
zararlilariga qarshi kurash zarur bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik entomologiyasining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan N.A. Xolodkovskiy, I.I. Mechnikov, A.O. Kovalevskiy
va keyinchalik I.A. Parchinskiy va u bilan Entomologiya byurosi
tarkibida ishlagan I.V. Vasilyev, V.P. Pospelov, K.K. Rossikov,
Ya.F. Shreyner va boshqalarning kuzatishlari va ilmiy ishlari
hozirgacha dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Markaziy Osiyoda entomologiya ishlarini rivojlantirishda va shu sohada mutaxassislar tayyorlashga E.N. Pavlovskiy,
G.Y. Bey-Biyenko, A.N. Kirichenko, A.A. Shtakelberg,
V.V. Popov, O.L. Krushnevskiy, K. Lopatin, F.N. Pravdin va
boshqalar munosib hissa qo‘shdilar.
Respublikamizda Zoologiya va parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti va ToshDMU ning tashkil topishi entomologiya
fanining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu sohada bir qancha
yirik olimlar va fan arboblari yetishib chiqdi. Bulardan
V.V. Yaxontov, R.A. Olimjonov, S.A. Alimuhamedov, A.A. Bekkuzin, A.G. Davletshina va boshqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir.
O‘zbekistonda entomologiya fanini rivojlantirishda ko‘plab
olimlar mehnat qilib, o‘z ilmiy ishlari bilan qishloq xo‘jalik
entomologiyasi asosini yaratishdi. Jumladan, V.F. Oshanin
va R.A. Olimjonovlar yarim qattiqqanotlilarning tur tarkibi,
tarqalishi va xo‘jalik ahamiyatini o‘rganib, qo‘shni davlatlarga
ham amaliy yordam berdilar. V.V. Yaxontovning «O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik ekinlari va mahsulotlari zararkunandalari va
ularga qarshi kurash choralari» (1962), A.I.Plotnikovning «O‘rta
Osiyo o‘simliklariga zarar yetkazadigan hasharotlar» (1953),
V.P. Nevskiyning «O‘rta Osiyo shiralari» (1929) asarlari hozirgi
kungacha entomologlar diqqatiga sazovordir.
Yuqorida nomlari aytib o‘tilgan olimlardan tashqari,
M.N. Narziqulov, F. Uspenskiy, K.I. Larchenko, X.R. Mirzaliyeva,
B.P. Adashkevich, O.Mavlonov, S.A.Juravskaya va boshqalar
ham qishloq xo‘jalik entomologiyasi fanining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shganlar.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish
ilmiy-tadqiqot instituti mavjud bo‘lib, bu yerda qishloq
xo‘jalik entomologiyasining barcha yo‘nalishlarida ilmiy
izlanishlar olib boriladi. Bu institutda ko‘plab mutaxassislar
tayyorlanadi. Jumladan, akademik S.N.Alimuhamedov,
professorlar N. Mahmudxo‘jayev, Sh.T. Xo‘jayev, F. G‘ofurov,
M.I. Rashidov, X. Yahyoyev B. Jumonov kabi olimlar tinmay
izlanib, zarar-kunandalarga qarshi samarali kurash choralarini
ishlab chiqmoqdalar. Ular bilan bir qatorda, O‘zbekiston
Fanlar akademiyasining Zoologiya va parazitologiya institutida
akademik D.A. Azimov, professorlar M.K. Qodirova,
A.Sh Hamroyev, Andijon qishloq xo‘jalik institutida professorlar
G.K. Dubovskiy, A.A. Kan, A. Kamolov, Nukus davlat universitetida professor G.Sh. Shamurodov, Farg‘ona universitetida
professorlar A. Muhamadiyev, A. Ahmedov qishloq xo‘jalik
entomologiyasining turli sohalarida xizmat qilmoqdalar.
Hozir O‘zbekistonda Davlat o‘simliklarning karantin xizmati
mavjud bo‘lib, uning viloyat va tumanlardagi bo‘limlari karantinsinash laboratoriyalaridan tashkil topgan. Bu xizmat juda xavfli
bo‘lgan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning
davlatimizga kirib kelishining oldini olish, O‘zbekistonda kam
tarqalgan zararli organizmlarni yangi maydonlarga o‘tkazmaslik
bilan shug‘ullanadi. Mustaqil respublikamiz aholisini ekologik
toza, arzon va yuqori sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashda va sanoatga yuqori sifatli xomashyo yetkazib
berishda qishloq xo‘jalik entomologiyasi muhim o‘rin tutadi.



Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling