Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati
Hasharotlarning ichki tuzilishi: Ovqat hazm qilish va ayiruv tizimlari
Download 363.15 Kb.
|
yakuniy 22222222
Hasharotlarning ichki tuzilishi: Ovqat hazm qilish va ayiruv tizimlari.
Hasharotlarning ayrish sistemasi malpigi naychalaridan iborat. Naychalar O’rta ichak bilan orqa ichak chegarasida joylashgan. Bu naychalar orqa ichak o’simtalaridan iborat bo’lib, ektodermadan kelib chiqqan. Ularning soni bir juftdan bir necha yuz juftgacha, to’g’ri qanotlilarda 120; pardaqanotlilarda 150 juftgacha yetadi. O’simlik shira bitlari va ayrim tuban hasharotlarda malpigi naychalari umuman bo’lmaydi. Ko’pchilik hasharotlarning malpigi naychalari devori muskullar bilan ta‘minlanganligi tufayli harakatlanish (qisqarish) xususiyatiga ega. Naychalarning tana bo’shlig’ida osilib turgan qismining uchi berk bo’ladi; ikkinchi uchi esa o’rta ichak bilan orqa ichak chegarasida ichak bo’shlig’iga ochiladi. Moddalar almashinuv mahsulotlari suvda erigan siydik kislotasi tuzlari holida gemolimfadan naychalar bo’shlig’iga, u yerdan ichak bo’shlig’iga tushadi. Naychalar va ichakda siydik kislotasi kristall holida cho’kmaga tushadi; suv esa qaytadan gemolimfaga so’riladi. Suvning asosiy qismi keyingi ichakdagi rektal bezlari yordamida so’riladi. Siydik kislotasi kristallari hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari bilan birga anal teshigidan chiqarib tashlanadi. Ayirish sistemasining bu xususiyati quruqlikda, ayniqsa, quruq iqlimda suvni tejab sarflashga imkon beradi. O’ta nam joyda yashaydigan yoki suyuq oziq bilan oziqlanadigan Hasharotlarning yog’ tanasi ham ayirish vazifasini bajaradi. Yog’ tanasi ichki organlar orasida joylashgan g’ovak to’qimadan iborat; unda modda almashinuv mahsulotlaridagi siydik kislotasi kristallanadi. Bu moddalar organizmdan tashqariga chiqarib yuborilmaydi. Shuning uchun yog’ tanani ―to’plash buyragi‖ deyish mumkin. Lekin hasharotlarda yog’ tana asosan qo’shimcha oziq hisoblanadi. Shuning uchun bu modda metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlarning katta yoshdagi qurtlarida va uzoq muddat och yashash xususiyatiga ega bo’lgan hasharotlar (masalan, to’shak qandalalari) da yaxshi rivojlangan. Hasharotlarda bu modda metamorfoz jarayonida yoki oziq tanqisligi davrida sarflanadi. Ko’pchilik hasharotlar yuragining ikki yonida joylashgan yurakoldi hujayralar - nefrotsitlar ham ayirish funksiyasini bajaradi. Nefrotsitlar tana bo’shlig’idagi yot moddalarni yutish xususiyatiga ega bo’lgan fagotsitar organlar hisoblanadi. Ayrim tuban hasharotlar (tizanurlar, to’g’ri qanotlilar)ning yuragi ostida joylashgan amyobasimon hujayralar to’plami ham fagotsitoz, ya‘ni gemolimfadagi qattiq zarrachalarni qamrab olish xususiyatiga ega. Shu‘lalanuvchi hasharotlar (masalan, qo’ng’iz Lampyris) shulalanuvchi organlari ham yog’ tanasining yupqa tiniq gavda qoplag’ichi joylashgan bir qismi hisoblanadi. Kislorodli muhitda maxsus ferment ta‘sirida yog’ tarkibidagi lyutsiferin moddasi oksidlanib, yog’du chiqaradi. Shu‘lalanish hodisasi nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi Download 363.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling