Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Hasharotlarning ichki tuzilishi: Ovqat hazm qilish tizimi, bo‘limlari va vazifalari


Download 363.15 Kb.
bet6/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

Hasharotlarning ichki tuzilishi: Ovqat hazm qilish tizimi, bo‘limlari va vazifalari.
Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi halqum,
qizilo‘ngach, muskulli oshqozon, haqiqiy oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichakdan tashkil topgan bo‘lib, anal
teshigi bilan tugaydi. Ba’zi hasharotlarda qizilo‘ngach kengayib
yoki bir tomonga bo‘rtib chiqib, jig‘ildon hosil qiladi. Oldingi
ichak halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon va muskulli oshqozonni
o‘z ichiga oladi. Haqiqiy oshqozon o‘rta ichakni tashkil etadi.
Orqa ichak o‘rta ichakdan anal teshigigacha bo‘lgan qismni tashkil etadi. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari orasida eng ingichka va uzuni qizilo‘ngach bo‘lsa, eng yo‘g‘oni va kengi haqiqiy oshqozondir.
Ayrim hasharotlar ichagining diametri bir xilda bo‘ladi.
Ularning uzunligi har xil hasharotlarda turlicha. Masalan, yirtqich hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi o‘simliklar
shirasini so‘ruvchilarnikiga qaraganda kaltaroq bo‘ladi. Shu
bilan birga chigirtkalar o‘simliklar bilan oziqlansa ham ichaklari
kalta, lekin yo‘g‘on bo‘ladi. Hasharotlarning halqumi naysimon
tuzilgan, ayrim qismlari kengaygan bo‘lib, ayniqsa, og‘iz apparati
so‘ruvchi bo‘lganlarda halqum o‘simliklar shirasini so‘rishda
nasos vazifasini bajaradi. Hasharotlar xartumi o‘simliklar
to‘qimasiga sanchilgandan so‘ng so‘ruvchi halqumi muskullar yordamida kengayadi, suyuqlik o‘simliklar shirasi bosimi ostida
siyraklashgan halqum bo‘shlig‘iga o‘tib, og‘iz organi naychasi
orqali so‘rilish sodir bo‘ladi. Kemiruvchi hasharotlarning
halqumi ovqatni hazm qilish organlariga o‘tkazish vazifasini
bajaradi. Halqumda so‘lak bezlari naysimon, shingilsimon yoki
xaltachasimon tuzilgan, ayrim hollarda so’lak bezlarida rezervuar
holida bo’ladi.
So‘lak bezlari uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va boshqa
moddalarni parchalovchi fermentlar ishlab chiqaradi, ular ovqat
hazm qilishda katta rol o‘ynaydi. So‘lak bilan birga o‘simliklarga
yuborilgan modda xartum sanchilgan joyda shish va g‘urra
hosil bo‘ladi. Bu o‘simlik shirasining xartum sanchilgan joyga
kelishini tezlashtiradi. Halqum bo‘shlig‘ida oziq modda so‘lak
bilan aralashadi. Qizilo‘ngach orqali oziq ichakka o‘tadi, u yerda
oziq vaqtincha to‘planib turishi ham mumkin. Bu joy jig‘ildon
qismi bo‘lib, oziqning jig‘ildonga va undan oshqozonga o‘tishini
sfinkter nomli halqasimon muskullar tartibga solib turadi. Oziq
oshqozonga tushishidan avval muskulli oshqozonga tushadi.
Og‘iz apparati kemiruvchi tipda bo‘lgan hasharotlarda muskulli
oshqozon yaxshi rivojlangan. Bu oshqozon oziqning haqiqiy
oshqozonga o‘tishini tartibga soladi. Muskulli oshqozonda ham
so‘lak bilan oziq aralashishi davom etadi. Muskulli devorlarning
tez qisqarishi tufayli undagi xitin tishchalar yordamida oziq yanada maydalanadi.
O‘rta ichak silindrsimon shakldagi qisqa naychadan iborat.
Bu naychaning boshlang‘ich qismida kalta o‘simtalar bo‘ladi,
ayrim hollarda esa hajmi kattalashib, buramalar hosil qiladi.
O‘rta ichakda ovqat hazm bo‘lish va hazm bo‘lgan ovqatning
surilish jarayoni boradi. O‘rta ichak yuzasida yog‘lar, uglevodlar,
oqsillarni parchalaydigan proteaza, amilaza kabi gidrolitik
fermentlar mavjud bo‘lgan epiteliy qavati bor. Og‘iz apparati
kemiruvchi bo‘lgan va boshqa ayrim hasharotlarning barcha
turida yegan oziq o‘rta va orqa ichakda bezli devorga tegmaydi,
balki strukturasiz yupqa peritrofik pardaga tushadi. Bu parda
ichakning boshlang‘ich qismidan tortib, to anal teshigigacha
bo‘lgan masofada hosil bo‘ladi, oziq bilan birga siljib yuradi va
haqiqiy oshqozon oldingi qismining hujayralaridan chiqadigan
moddalardan uzluksiz ravishda hosil bo‘lib turadi. Bu pardadan fermentlar bemalol o‘tadi, o‘rta ichak bezli epiteliysini qattiq oziq ta’sirida shikastlanishdan saqlaydi. Hazm bo‘lgan oziq mahsulotlari haqiqiy oshqozondan qonga so‘riladi. Pardaning ikki tomonidagi osmotik bosim turlicha bo‘lganidan bu mahsulotlar
peritrofik parda orqali ichak devoriga o‘tib so‘riladi. Oshqozonda
oziq moddalar ko‘pincha neytral holda, ichidagi pH muhiti dan
9 gacha bo‘lishi mumkin. Oqsillar, yog‘lar, qand moddalari shu
yerda o‘zlashtiriladigan shaklga aylanib, qonga o‘tadi. Orqa
ichak tomirlari yoni hasharotlarning chiqarish ichagiga ochilgan
joyidan boshlanadi, uning ichki yuzasi xitindan iborat parda
bilan qoplangan bo‘lib, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakka
bo‘linadi. Orqa ichakda ovqat hazm bo‘lmaydi va so‘rilmaydi, u
yerda faqat ortiqcha suv so‘riladi. Uning vazifasi tezak to‘plash
va uni ma’lum shaklga aylantirishdan iborat. Hasharotlar orqa ichagining uchida ayrim vaqtda anal bezlari bo‘ladi. Ular faqat
hazm qilishda ishtirok etmay, balki himoya vazifasini ham
bajaradi. Ichak muskullarining qisqarishi tufayli oziq ichak
bo‘ylab harakatlanadi, hazm bo‘lmagan qismi anal teshigidan
chiqarib yuboriladi. Ayrim yirtqich hasharotlarda (xonqizi –
Coccinellidae, oltinko‘z – Chrysopidae) oziq maxsus usulda
ichakdan tashqarida hazm bo‘ladi, bunga «ekstraintestinal» hazm
bo‘lish deyiladi. Bunda hasharot oziq ustiga hazm suyuqligini
chiqaradi, oziq oshqozonda batamom hazm bo‘ladi, bunday
lichinkalarda anal teshik bo‘lmaydi.


Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling