Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati
Hasharotlarning qorin bo'limi, tuzilishi, shakillari, tashqi jinsiy a'zolar va boshqa o'simtalari
Download 363.15 Kb.
|
yakuniy 22222222
Hasharotlarning qorin bo'limi, tuzilishi, shakillari, tashqi jinsiy a'zolar va boshqa o'simtalari
Hasharotlarning qorin bo‘limi yoki abdomen tananing uchinchi qismi bo’lib, u bir qancha bo’g’imlarga bo’linadi. Qorin bo’g’imlari yoki uromerlar soni har xil hasharotlarda turlicha miqdorda. Masalan, tuban tuzilgan hasharotlarda dumi telson bilan birgalikda hatto 12 tagacha yetadi. Ko’pchilik hollarda voyaga yetgan hasharotlarda qorin bo’g’imlari kam bo’ladi, chunki individual rivojlanish taraqqiyotida embriondagi 11 ta bo’g’imdan ba‘zilari bir-biriga qo’shilib yoki ular o‘rnini kuchlil taraqqiy yetgan boshqa bo’g’imlar egallashi tufayli yo’qolib ketadi, hatto kopulyativ organlar hosil bo’lishi uchun sarf bo’ladi. Qorin bo’g’imlari ko’krak bo’g’imlariga nisbatan oddiyroq tuzilgan bo’lib, har biri ikkita asosiy skleritdan iborat; ustki tomonidagi yaproqcha-tergit, ostki tomondagi yaproqcha-sternit deb ataladi va ular orasida pardasimon yumshoq qismlar-biqincha yoki pleyritlar bo’ladi. Voyaga yetgan hasharotlar tergiti bilan sternitining soni hamma vaqt ham bir xil bo’lavermaydi, chunki ayrim bo’g’imlarning ba‘zi sternitlari to’la yetishmagan bo’ladi. Shu sababli tergitlar soni sternitlarga nisbatan 1-3 taga ko’p bo’ladi. Masalan: to’g’ri qanotlilarda 1-sternit reduksiyalangan, 9 va 10-sternitlar esa yo’qolgan. Shuning uchun ularda sternitlarining soni 7-8 ta, tergitlari esa 10 ta, odatda, har bir qorin bo’g’imining orqa qirrasi xuddi cherepitsa kabi keyingi bo’g’imning oldingi qirrasini bosib turadi. 8-9 qorin bo’g’imlarida tashqi jinsiy (genital) o’simtalari bo’ladi. Bularga erkaklardagi qo’shilish yoki kopulyativ organ, urg’ochilardagi tuxum qo’ygich kiradi. Shuning uchun 8-9 bo’g’imlar jinsiy yoki genital, bulardan oldingi 1-7 bo’g’imlar genital oldi; 10-11 bo’g’imlar esa genital keyingisi deb ataladi. Hasharotlarning qorni tubandagi xillarga bo’linadi: 1) keng yoki botiq qorin – bunday qorinning birinchi bo’g’imi enli bo’ladi va hamma joyi bilan ko’krakka zich yopishadi; 2) osilgan qorin — bunday qorinning birinchi bo’g’imi keng bo’ladi, ammo bo’g’imning ostki qismi yordamida ko’krakka harakatchan bo’lib yopishadi va osilib turishi mumkin; 3) poyachali qorin — bunday qorinning birinchi yoki ikkinchi bo’g’imi cho’zilib, uzun poyaga aylanadi. Odatda qorinning ayrim bo’g’imlari bir-biriga harakatchan ravishda qo’shiladi, faqat kamdan- kam hollardagina harakatsiz qo’shilishi mumkin. Download 363.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling