Epidemiologiyadan


 - jadval Epidemiologik tekshiruv usulining turlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

2 - jadval
Epidemiologik tekshiruv usulining turlari 
Tekshiruv
usullari 
Tekshirishning maqsadi 
Tasviriy 
baholash 
Kasallikning hududlar bo’yicha tarqalishini yilning 
har xil fasllarida va aholining har xil turkumlari o’rtasida 
qanday tarqalganligini aniqlash. Kasallikni kelib chiqishi 
va tarqalishi uchun sabab bo’luvchi omillar haqidagi 
mulohazani shakllantirish. 
Analitik (tahliliy 
usul) 
Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab 
bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tahlil qilish 
asosida baholash. Kasallikni keltirib chiqaruvchi va 
tarqalishiga sabab bo’luvchi omillarga mos keladigan 
profilaktik chora-tadbirlarni aniqlab berish. 


24 
Epidemiologik
tajriba usuli 
Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab 
bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tajribada 
isbotlash. 
Epidemiologik 
prognoz 
Kasallikni kelajakda qanday darajada tarqalishi 
mumkin ekanligini oldindan aniqlab berish. 
 
I. Tasviriy - baholash usuli. Bemorlarning soniga (miqdoriga) asoslanib, 
kasallikning tarqalganligi haqida va bu kasallikning keltirib chiqaruvchi omillari 
haqida mulohazaning shakllanishida qo’llanilib, bu usul yordamida olingan 
ma’lumotlarga asoslanib, shu kasalliklarga qarshi kurashda qo’llaniladigan tibbiy 
tadbirlar aniqlanadi. 
Kasallikning tarqalganligini bemorlar soniga asoslanib tahlil qilinadi va 
nisbiy raqamlar qo’llaniladi. Raqamlar asosan bemorlar soni kam bo’lgan taqdirda 
yoki tahlil qilinayotgan davr ichida tekshiriluvchi aholi soni o’zgarmagan hollarda 
qo’llaniladi. Bizga ma’lumki, har bir guruhda yoki biron-bir tuman yoki viloyat 
aholisining soni mutloq bo’lmasada tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun 
kasalliklarni tahlil qilishda faqatgina mutloq raqamlarni ishlata bilish jiddiy xato va 
kamchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli ko’pincha mutloq raqamlarni 
nisbiy kattaliklarga aylantirilib ishlatiladi. Bunday hisoblash kasallikning har xil 
guruhlarda yoki har xil aholi o’rtasida qanday darajada tarqalganligini bir-biriga 
taqqoslab o’rganish imkoniyatini beradi (3 - jadval). 
3 - jadval. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling