26
farazni tekshirib, aniqlab ko’rishdan iboratdir. Analitik (taxliliy) epidemiologiyada
asosan ikki xil tekshiruv usuli qo’llaniladi:
1. "Tasodif-nazorat" tekshiruv usuli, bu usul
tekshirilayotgan kasallik
o’chog’idagi kasallangan yoki kasallanmagan (nazoratdagi guruh) kishilarni
so’rab-surishtirish natijasida to’plangan ma’lumotlarga
asoslanadi va keyinchalik
bu ma’lumotlarni bir-biriga solishtirib ko’rish tufayli tekshirilayotgan omilning
qaysi guruhga ko’proq ta’sir etganligi aniqlanadi.
2. Kogort tekshiruv usuli - bu usul bilan tekshirilganda o’rganiladigan
omilning ta’siri uzoq yoki qisqa davom etishiga qarab aholini guruhlarga (kogort,
jamoa) ajratilib, Shu guruhlarda kasallikning qanday tarqalganligiga baho beriladi.
Masalan, yoshi 50-69 da bo’lgan kishilarni 44 oy davomida tekshirib turilganda,
tamaki chekuvchilar guruhida o’pka raki kasalligi ko’rsatkichi 100 000
kishiga
127,2 bo’lgan, chekmaydiganlar guruhida bu ko’rsatkich 12,8 ni tashkil etgan. Bu
o’rinda tamaki chekish o’pka rakini keltirib chiqarishdagi sababiy omil deb qarash
mumkin, ammo shu ikkala guruh ham boshqa barcha shart-sharoitlari bilan bir-
biridan farq qilmaydigan bo’lsagina, bu omil asosiy
sababiy omil deb qaralishi
mumkin.
Bitta epidemiologik tekshiruvda bir nechta tekshiruv usullari,
jumladan,
"tasodif-nazorat", kogort va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin, bu usullarning
biri ikkinchisini to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: