Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
MAVZU 3. EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA-
TADBIRLARI 
1. Maqsad: 
Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-
tadbirlar, ularning maqsadi, mohiyati, qo’llanish usullari bilan tanishtirish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat amaliy mashg’ulot. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash. 
3.2. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish: 
a) Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yo’nalishiga, epidemik 
jarayonning qaysi zvenosiga ta’sir ko’rsatishiga va boshqa alomatlariga qarab 
guruhlarga bo’lish. 
b) Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarning asosiy manbalari, ya’ni odamlar 
yoki hayvonlarga nisbatan olib boriladigan tadbirlar. 
v) Kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan 
qo’llaniladigan choralar. 
g) Yuqumli kasallik sog’lom odamlarga yuqib qolganda uning oldini olishga 
qaratilgan tadbirlar: reja asosida emlash va shoshilinch emlash orqali yuqumli 
kasalliklarning oldini olish. 
d) Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan qo’shimcha 
tadbirlar (dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar). 
3.3. Xulosa.
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar. 
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida tushuncha. 
4.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va yuqumli kasallik paydo bo’lganda 
epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlarning o’rtasidagi 
farq nisbiy ekanligi. 
4.3. Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarining asosiy manbalariga nisbatan 
olib boriladigan tadbirlar. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni vaqtida 
aniqlash usullari, bemorni ajratib qo’yish, davolash, antroponoz kasalliklarning 
tarqalishiga qarshi bemorlar uchun cheklovchi va tartib choralarini qo’llash, 
zoonoz kasalliklar uchun esa sanitariya va veterinariya qoidalariga amal qilish va 
kemiruvchilarga qarshi bo’lgan tadbirlar. 
4.4. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan 
qo’llaniladigan chora-tadbirlar: sanitariya-gigiyena, dezinfeksiya, sterilizatsiya va 
dezinseksiya tadbirlari. 
4.5. Yuqumli kasallik yuqib qolgan holda uning oldini olishga qaratilgan 
tadbirlar: zudlik bilan emlash va reja asosida emlash orqali yuqumli kasalliklarning 
oldini olish. 
4.6. Yuqorida ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarga oid bo’lgan umumiy 
tadbirlar: laboratoriyada tekshirishlar, sanitariya-maorif ishlari. 
4.7. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan dispozitsion va ekspozitsion 
tadbirlar. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 


35 
5.1. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan asosiy chora-
tadbirlar. 
5.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun qo’llaniladigan profilaktik 
tadbirlar bilan epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar 
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay bilish. 
5.3. Epidemiyaga qarshi kurashish kuchlari va vositalari. 
5.4. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan dispozitsion va 
ekspozitsion tadbirlar. 
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
6.1. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni, bakteriya tashuvchilarni 
aniqlash usullarini bilish, bemorlarni ajratib qo’yish va kasallik tarqalishini 
cheklovchi chora-tadbirlarni amalda qo’llay bilish. 
6.2. Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilarining manbaiga nisbatan 
qo’llaniladigan chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni amalda qo’llay bilish. 
6.3. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llariga va yuqtirish omillariga 
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni amalda qo’llash. 
6.4. Rejali va shoshilinch emlashning yuqumli kasalliklar profilaktikasida 
tutgan o’rni va bunday emlashlarning kasalliklarni kamaytirishdagi ta’sirini 
baholay bilish. 
7. Talabalarning mustaqil ishi. 
7.1. Ushbu mavzu yuzasidan axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruzalar va 
adabiyotlar bilan tanishtirish. 
7.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining sxemasini tuzish. 
7.3. Epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini tuzish. 
7.4. Tanlangan belgilarga asosan epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan 
qo’shimcha tadbirlarni o’rganish. 
7.5. Epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlari, epidemik jarayonning 
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga (infeksiya manbai, 
qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi va o’sha kasallikka moyil aholiga) 
bog’liqligini ko’rsatib berish. 
7.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimini, yuqumli kasalliklarning 
oldini olish va epidemiya o’choqlarini tugatish tadbirlarini aytib berish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling