Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora- tadbirlar usuli. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bu hozirgi zamon ilm-fanining rivojlanishiga asoslanib tuzilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni profilaktik tadbirlar deyiladi, epidemik o’choqni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan tadbirlar deyiladi. Bunday aniqlash nisbiy bo’lib, haqiqatda esa barcha guruhdagi tadbirlar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Profilaktik chora-tadbirlar bu kelajakda yuqumli kasalliklarning faqatgina oldini olish bo’lmay, balki 36 kasalliklarning kamayishini ham taqozo qiladi. Epidemiya o’chog’ida qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklarning oldini olishga qaratilgandir. Turli mualliflar epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini, uning tarkibiga, har bir qo’llaniladigan tadbirlarning yo’nalishiga va bo’lingan guruhlarga asosan qo’llaydilar. Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tarkibiga, ba’zida turli epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar tavsiya qilingani tufayli epidemiologik diagnostika yoki epidemiyaga qarshi kurashishni boshqarish ham epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi. Shunday qilib, epidemiyaga qarshi qaratilgan diagnostik yo’nalishlar quyidagicha: sanitariya-epidemiologik kuzatishlar, epidemiologik tahlil (retrospektiv va operativ), epidemiya o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora- tadbirlarni rejalash, sanitariya va epidemiologiya muassasalari va mutaxassislarining ish sifatini aniqlash. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning mazmuni, guruhi asosiy ahamiyatga ega. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval). 10-jadval Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling