Epidemiologiyadan


Epidemioloshk diagnostika uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemioloshk diagnostika uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar 
(hujjatlar) 
1. Kasallik o’chog’ida o’tkazilgan epidemiologik tekshiruv haqidagi aktlar va 
kartalar. 
2. Aholi yashayotgan joyning va shu joydagi ob’ektlarning sanitariya ahvoli 
haqidagi ma’lumotlar. 
3. Yuqumli kasalliklar ro’yxatga olinadigan daftar (yashash joyida, ish joyida, 
bolalar muassasalarida va boshqa joylarda), 
4. Dispanser nazorati haqidagi hujjatlar. 
5. Profilaktik emlash haqidagi hujjatlar. 
6. Kasallik tarixi va ambulatoriya kartalari. 
7. Bakteriologik va sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar natijalari. 
8. Immunologik (allergologik) tekshiruvlarining natijalari. 
 
Epidemiologik diagnozning bosqichlari. 
Epidemiologik diagnoz dastlab shu diagnozning mohiyatini, maqsadini va hal 
etiladigan masalalarni aniqlab olishdan boshlanadi, keyinchalik epidemiologik 
diagnoz qo’yish dasturi va qilinadigan ishlar hajmi aniqlanadi (9 -jadval). 
 
9-jadval 
Epidemiologik diagnozning bosqichlari 
Epidemiologik diagnozning mohiyatini, maqsadini, hal qilinadigan 
masalalarni aniqlab berish 
Epidemiologik diagnoz 
qo’yish dasturini va 
qilinadigan ishlar hajmini 
aniqlash 
Kerakli ma’lumotlarni 
to’plash uchun lozim 
bo’ladigan jadvallarni 
tayyorlash 
Kerakli ma’lumotlarni 
to’plash 


33 
To’plangan ma’lumotlarni guruhlarga 
ajratib o’rganish 
To’plangan ma’lumotlarni statistika 
nuqtai-nazaridan qayta ishlash 
To’plangan ma’lumotlar asosida fikr yuritish va epidemik jarayonga xos 
bo’lgan belgilarni aniqlash, kasallikning kelib chiqishi va tarqalishidagi 
asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish 
Epidemiologik diagnozni asoslash 
Kasallikni kelajakda qanday 
darajada uchrashi mumkinligi 
to’g’risida prognoz berish 
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu kerakli ma’lumotlarni 
to’plash bo’lib, buning uchun maxsus jadvallar tayyorlanib, shu jadvallarga kerakli 
ma’lumotlar yoziladi va bu ma’lumotlarni keyinchalik guruhlarga ajratilib 
statistika nuqtai nazardan qayta ishlanadi va shu ma’lumotlar asosida 
diagrammalar tayyorlanadi. 
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu to’plangan ma’lumotlar 
asosida fikr yuritib, epidemik jarayonga xos bo’lgan belgilarni aniqlash, ushbu 
kasallik kelib chiqishi va tarqalishidagi asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni 
shakllantirish va shu ma’lumotlarga asoslanib kasallikning kelajakda qanday 
darajada uchrashi mumkinligi to’g’risida prognoz berishdir. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling