Epidemiologiyadan
partish to’lg’izilganligi aniqlandi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
partish to’lg’izilganligi aniqlandi. 1. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limida hozirgi paytda ta’sis qilingan va bo’lishi lozim bo’lgan hisob-kitob hujjatlarini sanab bering. 2. Ularni qaysi hujjatlarga asoslanib to’lg’azish kerakligi haqida tavsiya bering. Hujjatlarning ta’sis qilinmagan turlarini qo’llash maqsadga muvofiq yoki yo’qligiga izoh bering. 2-Masala: Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limi xodimi tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 43 epidemiologiya bo’limining ish rejalarini tekshira turib quyidagi kamchiliklarni ko’rsatdi: faqatgina yillik reja va kvartallar bo’yicha rejalar bor edi; yillik rejaning "xodimlar bilan ishlash" degan qismida xodimlarning malakasini oshirish uchun malaka oshirish institutlariga yuborish boshqa sohalar hisobidan qilinayotganligini; "yil mobaynida" "zarur bo’lgan hollarda" degan va boshqa jumlalar bilan almashtirilgan. Yillik rejaning "moddiy va boshqa ta’minotlar" degan qismida yuqumli kasalliklar uchun tegishli shifoxonalar ochish ko’rsatilgan, lekin rejada qanday ta’minot hisobiga ekanligi ko’rsatilmagan. 1. Tekshiruvchining qaysi ko’rsatmalarini to’g’ri va qaysi birini noto’g’ri deb hisoblaysiz? 2. Kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerak? 3-Masala: Sizga yuqumli ichak kasalliklari bo’yicha terapevt, pediatr vrachlar hamda maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilish topshirilgan. 1. Qaysi mutaxassislarni birgalikda seminarga chaqirgan bo’lar edingiz? Nima uchun? 2.Ushbu seminar uchun qanday mavzuda ma’ruza o’qish mumkin? Shu mavzudagi ma’ruzani o’qish uchun qanday mutaxassislarni taklif qilish mumkin? 3. Seminarni qaysi paytda va qanday joyda o’tkazish maqsadga muvofiq? 4-Masala: Ikki tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi o’rtasidagi musobaqasi natijalariga ko’ra A-tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi g’olib deb topildi. Bu tuman hududida hisobga olingan yuqumli bemorlar soni eng kam, operativ (epidemiologik tekshirishlar) va tashkiliy ishlar turlari (ya’ni tibbiyot xodimlari majlislarining soni) eng ko’p ekanligi aniqlandi. 1. Tumanda epidemik holat to’g’ri baholanganmi? 2. Ma’lum hududda epidemik holatni qanday baholash kerak? 3. Musobaqa natijalarini baholashda olingan ko’rsatkichlar to’g’rimi? 4. Epidemiolog vrach bajargan ishlarini baholash uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi? 5-Masala: Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga uchastka pediatr vrachi tomonidan 3 yoshli, yasliga qatnovchi kasal bolaga to’ldirilgan zudlik bilan keluvchi xabarnoma keltirildi. Kasal bolaga yuqumli sariq kasalligiga shubha deb diagnoz qo’yilgan edi. Epidemiologik tekshirishni olib borgan epidemiolog yordamchisi kasallik manbaini, yuqish omillarini aniqlay olmadi. Bolalar 44 bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3 ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota- onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib, yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi. 1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang. 2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang. 3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini ko’rsating? Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling