Epidemiologiyadan


Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish 
Epidemiolog faoliyatida maxsus epidemiologiya bo’limlaridan tashqari
mikrobiologiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar klinikasi sohalarini va 
statistika asoslarini, gigiyena, parazitologiya kabi sohalarini bilish talab qilinadi. 
Yuqoridagi bilimlarni egallagan holdagina epidemiologning ishi epidemiologik 
tahlildan tortib, kelajakda qilinadigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishigacha to’liq 
bo’ladi. Epidemiolog epidemiyaga qarshi kurashishning barcha turlarini o’z 
kuzatuvi ichiga ola bilishi kerak. Epidemiyaga qarshi xizmatni ma’lum bir qismini 
davolash profilaktika muassasalari tomonidan bajarilishi sababli epidemiolog 
muassasalar xizmatchilarining ishini to’g’ri yo’lga sola bilishi va ular tajribasini 
umumlashtira olishi kerak. Epidemiologdan jamoani epidemiyaga qarshi kurashish 
ishlariga jalb qila bilish ham talab qilinadi. Uning ish faoliyatida keng tibbiyot 
xodimlari doirasini va epidemiologiya tarmog’i bo’yicha ish olib boruvchi 
kishilarni maxsus tayyorlab borish va omma orasida yuqumli kasalliklarning oldini 
olish qoidalarini targ’ib qilish muhim o’rin tutadi. 
Yaxlit qilib olganda, epidemiologning ish faoliyati davlat sanitariya 
epidemiologiya nazorati markazlarining bir qator bo’limlari va davolash-
profilaktika muassasalari uchun yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish ishida 
tashkilotchilik va yo’lboshchilik qilishdir. 
Epidemiolog ishlarining barcha turlarini ma’lum bir xildagi jadvalga solish 
qiyin bo’lsada, uning asosiy vazifalarini quyidagicha aks ettirish mumkin: 
1. Operativ va tashkiliy-metodik ishlar. 
2. Tekshiruvchilik ishlari. 
3. Sanitariya oqartuv ishlari. 
4. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. 
5. Jamoat va tashkilotlar bilan ish olib borish. 


48 
Bu bo’limlarni batafsil ko’rib chiqamiz. 
Operativ faoliyatga yuqumli kasalliklarni tibbiyot muassasalarida o’z vaqtida 
hisobga olishni doimiy ravishda tekshirib borish kiradi. Buni tekshirishda asosiy 
e’tibor yuqumli kasalliklar va bakteriya tashuvchilik holatlari to’g’risida davlat 
sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga o’z vaqtida xabar berilganligiga 
qaratilishi kerak. Bir vaqtning o’zida davolash-profilaktika muassasalarida va 
davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarida epidemiyaga qarshi 
o’tkazilgan chora-tadbirlarni to’g’ri va to’liq qayd qilinganligi nazorat qilinadi. 
Epidemiologning ishida epidemiologik tekshirish muhim o’rin tutadi. O’ta xavfli 
yuqumli kasalliklar, qorin tifi, virusli gepatit, poliomielit va boshqa yuqumli 
kasalliklar o’choqlarini albatta epidemiolog vrach tekshirishi shart. Epidemiolog 
vrach yana davolash profilaktika muassasalaridagi, yotoqxonalardagi, bolalar 
bog’chalaridagi, maktablardagi har qanday yuqumli kasalliklar o’chog’ini 
tekshirishi shart. Epidemiologik tekshirish natijalariga asoslangan holda 
epidemiolog har qaysi kasallik o’chog’ini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqadi. Bemorlarning o’z vaqtida va to’liq shifoxonaga yotqizilganligi va kasallik 
o’chog’ida dezinfeksiya ishlarining o’z vaqtida olib borilganligi, yuqumli 
kasalliklar shifoxonasidan va dezinfeksiya bo’limidan olingan ma’lumotlar asosida 
nazorat qilinadi. Epidemiologning yana muhim bir vazifasi yuqumli kasalliklar 
bo’yicha oylik va yillik hisobotlar, har xil ma’lumotlar tayyorlash va epidemiyaga 
qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlar to’g’risida tushuntirish ishlari tayyorlashdir. 
Epidemiolog - doimiy ravishda yuqumli kasalliklar shifoxonasida 
(bo’limlarida) sanitariya epidemiologiya qoidalariga rioya qilish va boshqa 
davolash-profilaktika 
muassasalarida, 
bolalar 
muassasalarida 
(yozgi 
sog’lomlashtirish lagerlarida) oziq-ovqat korxonalari ishchilari orasida va suv bilan 
ta’minlash korxonalari ishchilari orasida epidemiyaga qarshi olib boriladigan 
chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi. Epidemiologning ish 
faoliyatiga davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarida va davolash 
muassasalarida emlash uchun ishlatiladigan vaksina va zardoblarning to’g’ri 
saqlanishi, ishlatilishi va hisob-kitobini kuzatib borish ham kiradi. Emlash rejasiga 
qarab epidemiolog tegishli chora-tadbirlarni qabul qiladi. Epidemiolog barcha 
vrachlarga, o’rta tibbiyot xodimlariga, tuman aholisiga yuqumli kasalliklarni o’z 
vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish ishlari yuzasidan yo’l-yo’riqlar 
ko’rsatib turadi. 
Epidemiolog yana davolash-profilaktika muassasalarida, shu jumladan 
poliklinikalarning yuqumli kasalliklar va emlash xonalarida epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni olib borish bo’yicha metodik rahbarlik va nazoratini olib boradi. 
Epidemiolog yuqorida ko’rsatilgan muassasalar xizmatchilarini majlislarida 
yuqumli kasalliklar va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining 
muhokamasida faol qatnashishi kerak va poliklinikadagi yuqumli kasalliklar va 
epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining ishiga e’tibor berishi kerak. 
Epidemiolog laboratoriyalarda tekshirishga jalb qilinadigan aholini aniqlash va 
tekshirishni olib borish rejasini tuzishda qatnashadi. Epidemiologning vazifasiga 
epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari rsjasini tuzish ham kiradi. Bu ish 


49 
sanitariya vrachlari, davolash tarmoqlari vrachlari aholining sanitariya holati bilan 
bog’liq bo’lgan tibbiyotga dahldor bo’lmagan idoralar xizmatchilari bilan 
birgalikda olib boriladi. Epidemiolog epidemiyaga qarshi kurashish masalalari 
bo’yicha mahalliy xokimlikga qarorlar, buyruqlar loyihasini tayyorlaydi va bu 
qaror va buyruqlarning tuman sog’liqni saqlash bo’limi tomonidan bajarilishini 
ta’minlaydi hamda nazorat qiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling