Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Uchastka terapevt vrachining asosiy vazifalari: 
1. Uchastka aholisiga poliklinikada yoki uylarda malakali tibbiy yordam 
ko’rsatish. 
2. Biriktirilgan uchastka aholisi o’rtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini targ’ibot 
qilish, aholini profilaktik ko’rikdan o’tkazish, profilaktik emlashni olib borish, 
dispanserizatsiya ishlarini takomillashtirish. 
3. Biriktirilgan uchastkadagi aholi o’rtasida kasallanish va o’lim hollarini 
kamaytirish. 
Amaldagi rasmiy hujjatlarga binoan uchastka terapevt-vrachi quyidagilarni 
bajarishi lozim: 
1. Uchastka vrachi aholiga o’z vaqtida poliklinikada yoki uyida tibbiy yordam 
ko’rsatish. 
2. Bemorlarga - ular zaharlanib qolganlarida yoki ahvollari yomonlashib qolganda, 
ularning qaerda yashashidan qat’iy nazar tibbiy yordam ko’rsatish. 
3. Ichki kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun 
oldindan tekshirishni o’z vaqtida tashkil qilish. 
4. Bemorlarni lozim bo’lib qolganda poliklinika yoki boshqa tibbiyot 
muassasalarida vrach ko’rigidan o’tkazish. 


52 
5. O’z ishi jarayonida diagnostika, profilaktika va bemorlarni davolashda 
zamonaviy usullardan foydalanish. 
6. Uchastkadagi katta yoshdagi aholini dispanserizatsiya (aniqlash, hisobga olish, 
ahvolini kuzatish, sog’lomlashtirish, davolash chora-tadbirlari) qilish tadbirlarini 
tashkil etish. 
7. Uchastkadagi chet elga ketuvchilarga tibbiy ko’rik natijalarini yozib berish. 
8. Uchastkadagi aholi orasida profilaktik emlash va gijjalarga qarshi kurashish 
(degelmentizatsiya) ishlarini olib borish. 
9. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni o’z vaqtida aniqlash, diagnoz 
qo’yish va davolash, yuqumli kasalliklarning barcha turlari bo’yicha va bunday 
kasalliklarga gumon bo’lganda, ovqat bilan zaharlanganda kasbga taalluqli 
zaharlanishda, uyda davolashga qoldirilgan yuqumli kasalliklar bilan og’rigan 
bemorlar tomonidan epidemiyaga qarshi qoidalarni bajarmaganligi to’g’risida 
poliklinikadagi yuqumli kasalliklar kabineti vrachiga xabar yuborish. 
10. Uchastka aholisi orasida doimiy ravishda faollik bilan sanitariya - oqartuv 
ishlarini olib borish, zararli odatlar bilan kurash olib borish, uchastka jamoa 
faollarini tayyorlash. 
11. Uchastka vrachi faqat yuqumli bemorlarga diagnoz qo’yishgini emas, balki bu 
kasalliklar epidemiologiyasini ham yaxshi bilishi kerak, chunki to’g’ri 
epidemiologik anamnez yig’ish kasallikning boshlanish paytidayoq aniqlash 
imkonini beradi. 
12. Uchastka vrachi yuqumli kasallikka chalingan kishi bilan muloqotda bo’lgan 
kishilar salomatligini kasallikning yashirin davri davomida nazorat qilib turadi. 
Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari: 
Talabalar poliklinika YUKK ning olib boradigan profilaktik va epidemiyaga qarshi 
ishlari va yuqumli kasalliklar kabineti (YUKK) vrachi zimmasiga yuklangan 
vazifalarni amalda qo’llay bilishlari lozim. YUKK yuqumli kasalliklar bo’yicha 
davolash-diagnostika, konsultativ-metodik markaz hisoblanadi. Bu kabinet bizning 
mamlakatimizda yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga maxsus tibbiy 
yordam ko’rsatish bo’yicha birlamchi bosqich hisoblanadi. YUKK quyidagilarni 
bajaradi: 
1. Yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlash. Ambulatoriyalar va 
poliklinikalarda yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish va davolash bo’yicha 
malakali konsultativ yordamni tashkil qilish. 
2. Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish, davolash va oldini olishning sifatli 
bo’lishi uchun yuqumli kasalliklar va o’lim hodisalarining ko’payishi yoki 
kamayishini doimiy ravishda o’rganish va uni tahlil qilish. 
3. Uchastka vrachi va ambulatoriya qabulini olib boruvchi mutaxassislarning 
yuqumli kasalliklarni davolashda va o’z vaqtida aniqlanmagan va YUKK ga 
yuborilmagan hollarini majlislarda muhokama qilish yo’li bilan ularning bu 
sohadagi bilimlarini oshirish. 
4. Uchastka terapevt-vrachlariga yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga diagnoz 
qo’yish yuzasidan maslahatlar berish. 
5. Poliklinikada va uylarda yuqumli kasalliklar diagnozini aniqlash, davolash-


53 
profilaktik choralar tayinlash va shifoxonaga yotqizish masalalarini hal qilishda 
yordam beradi. 
6. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni qo’shimcha laboratoriya 
tekshiruvidan o’tkazish. 
7. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni va shifoxonadan tuzalib chikqan 
bakteriya tashuvchilarni poliklinika sharoitida davolash. 
8. Laboratoriyalarda va asbob-uskunalar yordamida bemorlarni tekshirib, ularning 
klinik va bakteriologik jihatdan to’liq tuzalganligini aniqlash. 
9. Katta yoshdagi aholi o’rtasida profilaktik emlash ishlarini tashkil qilish. 
10. Surunkali bemorlarni, bakteriya tashuvchi kishilarni hisobga olish, ularni 
sog’lomlashtirish va ular ustidan nazorat o’rnatish. 
11. Tumanda yuqumli kasalliklar bilan kasallanish va o’lim hollarini o’rganish, 
diagnoz qo’yish va davolash tadbirlari sifati va samaradorligi, dispanserizatsiyasi 
ishlarini tahlil qilish. 
12.Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha tibbiy bilimlarni tashviqot qilish. 
Poliklinika asosiy ish yo’nalishi hududiy uchastka xizmatidir, ya’ni aholiga 
o’zlari 
yashab 
turgan 
uchastkalar 
bo’yicha 
tibbiy 
xizmat 
ko’rsatishdir.Terapevtlarga uchastkalarning biriktirib qo’yilishi, uchastka vrachi 
singari ma’lum hududlarga biriktirib qo’yilgan boshqa mutaxassislarning brigada 
usuli bo’yicha ishlashi aholi salomatligi haqida to’liq ma’lumot olish imkonini 
beradi. 
Sog’liqni saqlashni rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning kelajak 
rejalari bilan bog’liq holda tuziladi. Rejalashtirish sog’liqni saqlash organlarining 
vazifalarini ko’rsatib beruvchi direktiv ko’rsatmalar asosida olib boriladi. 
Poliklinika faoliyati va shtatlarini rejalash uchun poliklinika xizmat 
ko’rsatadigan aholi soni, yoshi va jins tarkibi, kasallanish ko’rsatkichi va boshqa 
ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun uchastka 
tibbiy hamshiralari ishtirokida uchastka aholisini doimiy ravishda ro’yxatga olish 
va uchastka vrachlari aholining kasallanishini o’rganishi kerak 
Bitta uchastka vrachi xizmati 1700 kishiga mo’ljallangan. Har bir uchastkaga 
shu uchastkadagi aholini davolash-profilaktika xizmatini amalga oshirish uchun 
bitta terapevt-vrach va tibbiy hamshira biriktiriladi. Har bir terapevtik uchastkaga 
jarrox, nevropatolog, otoloringolog va okulist vrachlari ajratiladi. Bunday ish 
uslubi brigada usuli deb nomlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mutaxassislar ma’lum 
bir uchastkada yashovchilarga poliklinikada va uyida xizmat ko’rsatadi. Uchastka 
vrachi o’z uchastkasida davolash-profilaktika ishlarini tashkil qilish va baholash 
uchun uchastka tibbiy pasporti yoki jurnalini tuzib chiqadi. 
Tibbiy pasport quyidagi axborotlarni o’z ichiga olishi mumkin: 
1. Uylarning qavati, xonalar soni, maktablar va maktabgacha bolalar 
muassasalarining joylanishini ko’rsatuvchi uchastka rejasi. 
2. Har xil sanoat va boshqa korxonalar va ularda ishlovchi ishchilarning sonini 
ko’rsatuvchi ro’yxat. 
3. Demografik ma’lumotlar, aholining yoshi va jinsiy tarkibi, bolalar 
poliklinikasidan o’tkazilgan o’smirlar soni. 


54 
4. Sanitariya faollarining soni. 
5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish to’g’risidagi ma’lumot. 
6. Sil kasalliklari dispanseri hisobida turuvchi bemorlarning ro’yxati. 
7. Aniq bir kasallik turiga qarshi emlash to’g’risidagi va boshqa ma’lumotlar. 
YUKK birinchi qavatda joylashgan bo’lib, tashqariga chiqadigan alohida 
eshigi bo’lishi lozim, dahliz va boshqa kabinetlar joylashgan xonalarda yuqumli 
kasallikka gumon qilingan kishilar o’tmasligi kerak. YUKK quyidagi xonalarga 
ega bo’lishi ko’zda tutiladi: 
Vrach qabulxonasi (12 m
2
) va hamshira xonasi (8 m
2
), hojatxona, xo’qnaxona 
(8m
:
), muolaja xonasi (10 m
2
) , sanitar uchun xona (8 m
:
). 
YUKK vrachi uchastka terapevt vrachlari va boshqa mutaxassis vrachlari
DSENM epidemiologiya bo’limi vrachlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar. 
YUKK vrachlari ishlarini tegishli hududdagi yuqumli kasalliklarni davolash va 
ularga qarshi kurashish rejalariga mos ravishda olib boradilar. YUKK vrachi 
boshqa mutaxassis vrachlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni kamaytirish 
bo’yicha umumiy rejalarni tuzishda qatnashadi. Kabinet vrachi DSENM 
epidemiologlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni tahlil qiladi, yuqumli 
bemorlarni shifoxonalarga o’z vaqtida va to’la-to’kis yotqizishni va shu bilan birga 
uchastka vrachlarining ishini nazorat qiladi. YUKK vrachi yuqumli kasalliklar 
bilan og’riganlik to’g’risida zudlik bilan xabarnomani DSENM ga yuboradi va 
kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlarni kuzatib boradi. 
Guruhiy kasallanish hollari yuz berganda bu kabinet vrachi epidemiolog bilan 
birgalikda bemorlarni va kasallikka gumon qilinayotgan kishilarni aniqlashni
kasallik qo’zg’atuvchisi manbasini va kasallikning kelib chiqish sabablarini 
o’rganadi. Uning oldini olish uchun sanitariya-oqartuv ishlarini olib boradi. 
Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi poliklinikada epidemiyaga qarshi olib 
boriladigan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi. Yuqumli kasallik bilan 
og’rigan bemorlarni aniqlash va ularni o’z vaqtida shifoxonaga yotqizish yoki uy 
sharoitida davolashni tashkil qiladi. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi 
isitmalovchi bemorlarni o’z vaqtida va to’liq hisobga olish, tekshirish va kerak 
bo’lgan hollarda shifoxonaga yotqizish, o’tkir ichak kasalligiga gumon 
qilinayotgan bemorlarni konsultaciya qilish masalalari bo’yicha uchastka 
terapevtiga va boshqa mutaxassislarga maslahat beradi, kerak bo’lib qolganda 
kasalliklarni tekshiradi, kasallikni o’tkir va surunkali shakllarida bemorlarni uyda 
davolanishiga ruxsat beradi. 
Profilaktik ko’rikda ishtirok eta turib, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan 
bemorlarni va ular bilan muloqotda bo’lgan kishilarni tekshiradi va kasallarini 
aniqlaydi. Muhim profilaktik tadbirlarga bakteriya tashuvchilarni o’z vaqtida 
aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ham kiradi. Bakteriya tashuvchilarni kasallik 
o’chog’ida va sog’lom aholi orasida aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ishlari 
bilan Shug’ullanadi. 
Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarga diagnoz qo’yishda YUKK 
vrachi biokimyoviy, bakteriologik, serologik laboratoriya usullari natijalariga 
asoslanadi. Isitmalovchi bemorlardan qon olinib, bakteriologiya laboratoriyalarida 


55 
qonni maxsus ozuqali moddalarga ekilib, qonning tarkibida ich terlama 
kasalligining bakteriyalari bor yoki yo’qligi aniqlanadi, RNGA (teskari 
gemaglyutinatsiya reaksiyasi) usulida salmonellyozlarga tekshiriladi va RSK 
(komplement bog’lanish reaksiyasi) yordamida rikketsiyalarga tekshiriladi. 
DSENM bilan birgalikda YUKK o’ta xavfli yuqumli kasalliklar keng tarqalgan 
mamlakatlardan qaytgan fuqarolarni va chet el fuqarolarini nazorat qilib turadilar. 
Bemorlarning idish-tovoqlarini, buyumlarini dezinfeksiya qilishni tashkillashtiradi 
va aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ib qilishga, sanitariya 
madaniyatini ko’tarishga vaqt ajratadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling