Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 
Axborot uchun ma’lumot 
Epizootik jarayon bu qo’zg’atuvchi - parazit va hayvon organizmi 
muloqotining populyatsion darajadagi o’zaro ta’sirining mahsuli bo’lib, 
hayvonlarda uchraydigan yakka yoki ko’plab hamda yaqqolmas shaklda 
kuzatiladigan yuqumli kasalliklar sifatida namoyon bo’ladi. Uy hayvonlaridagi 
epizootik jarayon uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning mavjudligi zarur bo’lsa, 
yovvoyi xayvonlardagi epizootik jarayon uchun tabiiy sharoitlar asosiy rol 
o’ynaydi. 
Epizootik jarayon quyidagi 3 tarkibiy qismdan iborat: 
1. Epizootik jarayonning biologik, ekologik, tabiiy omillar: 
2. Zoonoz kasalliklarda epizootik jarayonning rivojlanish mexanizmi, kasallik 
manbai, yuqish mexanizmi, moyil organizm.: 
3. Epizootik jarayonning namoyon bo’lishi.
Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari tabiatda hayvonlar orasida muttasil passaj 
etilishi hisobiga, ya’ni epizootik jarayon tufayli saqlanib turadi. Epidemik jarayon 
esa zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining inson organizmiga yuqishi orqali 
vujudga keladi. Shunga ko’ra zoonozlarda epidemik jarayon odamlarga kasallikni 
hayvonlardan yuqtirishining uzluksiz zanjiri natijasi bo’lmay, odamlarga 
hayvonlardan infeksiyani sharoit tug’ilganda yuqishi hosilasidir. 
Zoonoz kasalliklarda infeksiya odatda bemor odamdan sog’lom 
odamga yuqmaydi. Ammo, ayrim zoonozlar bundan mustasnodirlar. Masalan, 
o’lat (o’pka o’lati) qo’zg’atuvchilari bemordan sog’lom odamga yuqadi. Bunday 
tarqalish hamisha muvaqqat hisoblanadi. Fakultativ parazitlar sabab bo’lgan 
zoonozlarning epidemik jarayonlari boshqacha tavsifga ega. Bu hollarda odam 
organizmiga tabiatda parazitlik va saprofitlik xususiyatlari hisobiga saqlanib 
kelayotgan qo’zg’atuvchilari tushadi. Misol uchun qoqsholda, og’iz orqali yuqish 


59 
patogen bo’lmagan, jarohat orqali tushganda patogen qo’zg’atuvchi hisobiga sodir 
bo’ladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling