Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Burgalar. Burga rivojlanishi 4 bosqich: tuxum, qurtcha (lichinka), g’umbak
va etilgan burga (imago)dan iborat. Ayrim olingan bosqichlarning davomiyligi tuxum, qurtcha va g’umbaklar rivojlanayotgan iqlim-sharoitlarga bog’liqdir. Odatda issiq sharoit rivojlanish va bosqichlarni tezlashtirib, sovuq sharoit sekinlatadi. Burgalarning rivojiga havo harorati 20-25 0 S ga va nisbiy namlik 80-70% ga teng bo’lganda eng qulay sharoit hisoblanadi. Burgalar infeksiyalarni kemiruvchilardan kemiruvchilarga, kemiruvchilardan hayvonlarga va odamlarga tarqatadilar. O’zlari kasallangan kemiruvchi qonini so’rganda zararlanadilar. O’lat mikroblari burga qizilo’ngachining me’da oldi qismida so’rilgan qon tarkibida ko’payadi, so’ngra ular bir-biriga yopishib tugunsimon, keyin esa yaxlit yopishqoq zichlikka aylanib butun oshqozonga tiqinlanib qoladi. Hosil bo’lgan o’lat tiqini burgani ichak yo’lini to’liq berkitib qo’yadi. Bu burga qaytadan qon so’rish paytida so’rish natijasida paydo bo’lgan kichik jarohatga kekirish tufayli o’lat bakteriyasi o’tadi va Shu tarzda kemiruvchi 70 yoki odamga infeksiya yuqadi. Agar zikr etilgan o’lat tiqini bo’lmasa burgalar xavf tug’dirmaydi. O’lat tiqini hosil qilishi, ya’ni o’latni yuqtirishda burgalarning barcha tur va oilalari vakillarining imkoniyatlari bir xil emas. Burga oilasi vakillari ko’rsichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilarda parazitlik qilib o’lat infeksiyasini tarqatishda o’ta faollik ko’rsatadi. Tabiiy o’choqlarda o’lat mikroblari uni tarqatuvchilari va manbalari o’rtasida ma’lum o’zaro bog’liqlik munosabati vujudga keladi. O’lat mikrobi kemiruvchi-manba (tashuvchi) hisobiga tabiatda saqlanib turadi. Tarqatuvchi (yuqtiruvchi) uchun ham kemiruvchi tanho manba hisoblanadi. O’lat enzootiyasi tabiiy o’choqlarda doim harakatda bo’lgan kemiruvchilar orasida uzluksiz kechadigan epizootiyalar tufayli mavjuddir. Epidemiyalar davrida qo’zg’atuvchilar burgalar organizmida ham jon saqlashi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling