Epidemiologiyadan


Umurtqalilarning quturish virusiga beriluvchanligi (JSST


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Umurtqalilarning quturish virusiga beriluvchanligi (JSST 
ma’lumotlariga ko’ra) 
Umurtqalilar turi darajasi 
O’ta yuqori 
Yuqori 
O’rta 
Tulki 
Bo’ri 
Chiyabo’ri
Ariqsichqoni 
(latcha)
Dalasichqon 
Uy mushugi 
Quyon 
Ko’rshapalak 
ko’rshapalaklarning ba’zi 
turlari 
Qo’ng’ir silovsin 
Odam 
It 
Qo’y 
Echki 
Ot 
Qoramol, olmaxon 
Insonga asosan uy hayvonlari (it, muShuk) tishlaganda yoki yalaganda virusli 
so’lakning teriga yoki shilliq pardada paydo bo’lgan jarohatga tushishi orqali 
yuqadi. Kasallik markaziy asab sohasini zararlab, bemorni o’limga olib keladi. 
Ushbu kasallik zooantroponoz bo’lganligi tufayli quturish bilan kurashish choralari 
tibbiyot va veterinariya xodimlari hamkorligida amalga oshiriladi. 
Veterinariya-sanitariya choralari bir tomondan it boqishning ma’lum qonun-
qoidalariga (ro’yxatga qo’yish, ko’chaga, sayrga tumShug’bog’da qo’yish), 
ikkinchi tomondan daydi, egasiz it muShuklarni qirg’in qilishga taqaladi. Quturish 
belgisi paydo bo’lgan hayvonlar darhol veterinariya muassasalariga olib kelinib, 
ular ustidan 10 kun davomida nazorat o’rnatiladi. 
Quturish diagnozi qo’yilgan holda o’choqda namli dezinfeksiya o’tkaziladi. 
Quturish kasalligi bo’yicha noqulay tuman va hududlarda itlarni va boshqa xo’jalik 
hayvonlarini emlash lozim. 
Endi hayvonlar epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklarning 
ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 
Salmonellyozlar antropurgik o’choqli infeksiya bo’lib, shartli patogen 
salmonellalar qo’zg’atuvchi qator o’tkir ichak yuqumli kasalligidir. 
Salmonellyozlar ichak faoliyatining buzilishi, umumiy intoksikatsiya, isitma va 
bakteriemiya bilan kechadigan yakka, guruhiy hamda epidemiya holda 
uchraydigan kasallikdir. 
Infeksiya manbai bo’lib, turli hayvonlar, bemor odam va sog’lom bakteriya 
tashuvchilar hisoblanadi. Hayvonlar o’rtasida qoramollar, so’ngra cho’chqalar, 
mayda shoxli hayvonlar, otlar, parrandalar ayniqsa suv parrandasi (o’rdak, g’oz, 
dengiz qushi) katta ahamiyatga ega, tustovuq, tovuqlar va kemiruvchilar ham rol 
o’ynaydi. 
Ayniqsa inson tomonidan go’shti va boshqa mahsulotlari iste’mol qilinadigan 
hayvonlar katta xavf tug’diradi. Hayvonlar o’rtasida salmonellalarni sog’lom 


66 
tashuvchilik ko’proq uchraydi. Tekshiruv o’tkazilgan hayvonlarda (cho’chqalarda 
24%, muShuklarda va ayniqsa itlarda 37% va hatto 70% gacha) sog’lom 
tashuvchilik qayd qilingan. Salmonellalar asosan ovqatlanish yo’li bilan go’sht va 
go’sht mahsulotlari, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum orqali yuqadi. 
Salmonellyozlarda profilaktika choralari quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi: 
1. So’yiladigan mollar ustidan veterinariya-sanitariya nazorati o’rnatish. 
2. Mollarni so’yish, go’sht va boshqa mahsulotlarni saqlash va tashish 
jarayonida ozodalik qoidalariga rioya qilish. 
3. Ayniqsa tez buzuluvchan mahsulotlar va tayyor taomlarni tarqatishda 
pazandalik qoidalariga rioya qilish. 
4. Ovqatlanish sohasi, bolalar muassasalari xodimlari tomonidan hamda 
ro’zg’orda ozodalik qoidalariga rioya qilinishi kerak. 
Zoonozlar guruhiga ornitozlar ham kiradi. ORNITOZLAR bu virusli 
infeksiyalar bo’lib, yakka, guruhiy hamda epidemiya shaklida, ko’proq qushlar 
bilan muloqotda bo’ladigan odamlar o’rtasida uchraydigan isitma va zotiljam 
ko’rinishida o’tadigan kasallikdir. 
Infeksiya manbai bo’lib har xil qushlar xizmat qiladi. Ornitozning odamga 
yuqishi sinantrop (uy) parrandalari va qafasda saqlanadigan parrandalar bilan 
muloqotda sodir bo’ladi (tovuq, o’rdak, kaptar, to’ti, kanareyka). 
Insonga ornitoz qushlardan turli yo’llar bilan infeksiya qo’zg’atuvchisining 
og’izga, konyuktivaga tushishi natijasida, qushning tuxumini pishirmasdan 
iste’mol qilganda, qushlar yumdalaganda yoki ifloslangan havodan nafas olgan 
hollarda yuqishi mumkin. 
Ornitozning profilaktikasi - veterinariya-sanitariya va tibbiyot-sanitariyasi 
tadbirlarning majmuasini amalga oshirishga asoslanadi. 
Muddati 6 oydan kam bo’lmagan karantin o’rnatiladi. Karantin mobaynida 
har xil vaqtda keltirilgan qushlar alohida saqlanishi kerak. 
Parrandachilik va qushlar parvarish qilinadigan xo’jaliklar va binolarda uy va 
yovvoyi qushlarning muloqoti cheklanmog’i lozim. 
Chorvachilikning rivojlanishi, cho’llarning o’zlashtirilishining kengayishi 
epidemik nazoratni kuchaytirish, zoonozlarni odamlarga yuqishining oldini 
oladigan choralarning samaradorligini oshirish, chorvachilik xo’jaliklarida 
epizootik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo 
etadi. Bularning barchasi epidemiologik nazoratni qo’llash bilan bajariladi. 
Epidemiologik 
nazorat 
zoonozlarda 
kasalliklarning 
dinamikasi, 
qo’zg’atuvchining biologiyasi, etiologiyasi, geografiyasini, hayvon-xo’jayin 
sifatida kasallik manbaini tarqatuvchi hashoratlarni hamda hayvonlar va odamlar 
orasida tarqalgan infeksiyaning hududlarini aniqlash kabi epidemik jarayonning 
qismlarini o’z ichiga qamrab olgan holda o’tkazilishi lozim. 


67 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling