Epidemiologiyadan
MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI
TARQATUVCHI BO’G’IMOYOQLILARNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI. BO’G’IMOYOQLILARGA QARSHI KURASHDA DEZINSEKSIYANING MOHIYATI VA UNI TASHKIL QILISH. INSEKTITSIDLAR VA REPELLENTLAR, ULARNI QO’LLASH USULLARI I. Maqsad: 1.1. Epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kanalarning biologiya va ekologiyasini o’rganish. 1.2. Epidemiologik ahamiyatga molik pashsha, chivin, so’nalarning biologiya va ekologiyasini o’rganish. 1.3. Burga va bitlarning biologiya va ekologiyasini o’rganish. 1.4. Kana, pashsha, chivin, so’na, burga va bit kabi bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurashish yo’llarini o’rganish. 1.5. Suvarak va qo’ng’ir chumolilar bilan kurash usullarini o’rganish. 1.6. Dezinseksiyaning mohiyati va uni tashkil qilish hamda insektitsidlarni qo’llash usullarini o’rganish. 2. Darsga ajratilgan vaqt - 4 soat. 3. Darsning rejasi: 3.1. Kirish so’zi va talabalarning boshlang’ich bilim darajasini tekshirish. 3.2. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar morfologiyasini o’rganish. 3.3. Bo’g’imoyoqlilarni yig’ish usullarini o’rganish. 3.4. Mexanik, fizik, biologik, kimyoviy usullarining bo’g’imoyoqlilarni qirg’in qilishdagi ahamiyatini o’rganish. 3.5. Kontakt insektitsidlar guruhining umumiy tavsifini o’rganish. a) DCT - dixlordifeniltrixlormetilmetan moddasining xususiyatlari va qo’llanish usullari. b) Geksaxlorsiklogeksan (GXCG, geksoxloran). 3.6. Fosfororganik insektitsidlarni o’rganish: a) xlorofos b) dixlofos v) karbofos g) metilacetofos d) metafos v) trixlofos 3.7. Bo’g’imoyoqlilarga nafas olish organlari orqali ta’sir qiluvchi insektitsidlarni o’rganish. a) piretrum kukuni b) fumigantlar (oltingugurt angidridi, xlorpikrin, metilbromid, cian birikmalar). 3.8. Ichak orqali ta’sir qiluvchi insektitsidlarni o’rganish (S natriy ftorid, tanakan, borat kislota). 3.9. Repellentlarni o’rganish (dietiltoluolamid, benzimin, dimetilftalat). 68 3.10. Har xil sharoitlarda dezinfeksiya o’tkazilishini o’rganish. Tarqatuvchi - bo’g’imoyoqlilarning (kana va boshqa hashorat) ekologiya va biologiyasini hisobga olgan holda aholi turar joylarida, insonning o’zini va kiyimlarini dezinfeksiya qilish usullarini o’rganish. 4. Mavzuga oid savollar. 4.1. Bo’g’imoyoqlilar - yuqumli kasalliklar tarqatuvchisi. 4.2. Argaz va iksod kanalarning xususiyatlari. 4.3. Burgalarning ekologiyasi va biologiyasi. 4.4. Bo’g’imoyoqlilar bilan kurash usullari. 4.5. Dezinseksiya moddalari, ta’sir mexanizmlari. 5. Ushbu mavzu bo’yicha talaba bilishi lozim bo’lgan savollar: 5.1. Parazit va xo’jayin oralaridagi o’zaro munosabat, epidemik o’choqlarning paydo bo’lish shart-sharoitlari, epidemik jarayonning mohiyati. 5.2. Epidemiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligi. 5.3. Dezinseksiya usullari. 5.4. Dezinseksion vositalarning xususiyatlari va ularni qo’llash usullari. 5.5. Dezinseksiyaning texnik vositalari. 6. Amaliy ko’nikmalar. 6.1. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar bilan kurash choralarini ekologik jihatdan asoslash. 6.2. Dezinseksiya o’tkazishda ishlatiladigan moddalar va texnik vositalar. 6.3. O’tkazilgan dezinseksiyaning sifatini (samaradorligini) baholash. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling