Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 


75 
Axborot uchun ma’lumot 
Xlorli ohak yoki oqartirgich ohak issiqqa chidamli, uzoq saqlanuvchi modda. 
Agar quruq muhitda saqlansa, xlorning faolligi 8 yil ichida atigi 7-9 % kamayishi 
mumkin. 
Neytrallangan kalsiy gipoxlorid (NKG) - oq rangli, xlor hidli poroshok. 
Tarkibida 50-70 % faol xlor saqlaydigan I, II, III navlari ishlab chiqiladi. Bu 
modda ancha turg’un bo’lib, undagi xlor faolligini 8 yilgacha saqlaydi. Preparat 
tindirilgan va tindirilmagan eritma holida yoki quruq holda odam yashamaydigan 
xonalarni, hovli, hojatxonalarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Tindirilgan 
eritma tindirilmagan eritmani 2 soat davomida tindirib tayyorlanadi. 
Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi - suvda yaxshi eruvchan, xlor 
hidli, oq kristall poroshok. Tarkibida 55— 60 % aktiv xlor saqlaydi. Saqlaganda 
uzoq turadi. Tuzning suvdagi eritmasi o’z faolligini uch kechayu-kunduzgacha 
saqlab, bakteriotsid, sporotsid va fungitsid ta’siriga ega. Preparat yuvuvchi
dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibida bo’lib, profilaktik va o’choqli dezinfeksiya 
uchun qo’llaniladi. 
Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzining suvli eritmasi 
hayvonlarga unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo 0,2 % va undan ortiq faol modda 
saqlaydigan eritmalari odam og’iz bo’shlig’ini hamda ko’zni achishtiradi. Shuning 
uchun dezinfeksiya qilishdan ilgari xonalar odamlardan bo’shatiladi, ishlovdan 
so’ng xonalar shamollatiladi. 
Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari, ularning yuvuvchi 
vositalar bilan aralashmasi bakteriyalar yoki viruslar chaqirgan ichak va nafas yo’li 
infeksiyalari o’choqlarida kiyim-kechak, idish-tovoq, o’yinchoqlar va boshqa 
buyumlarni dezinfeksiya qilishda qo’llaniladi. 
Sulfaxlorantin - dixlormetingidratin asosida sanoatda ishlab chiqiladi, 
tarkibida 15 % faol xlor saqlaydi. Preparat uzoq saqlanib, xloraminga nisbatan 10 
barobar faol bo’lib, bakteritsid, tuberkulitsid, virusotsid, fungitsid ta’sirlariga ega. 
Uning 0,1 - 0,2 % eritmasi ichak va nafas yo’li infeksiyalari o’choqlarida 
dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladi. 
Xlorsin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning 20% kaliyli, 30 % natriyli tuzi 
hamda sirti aktiv modda saqlaydi, xlor hidli oq poroshok (kukun). Tarkibida 11 - 
15 % aktiv xlor saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bakteriya va viruslar chaqirgan 
infeksiyalarda profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun mo’ljallangan. 
Xlordezin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning tuzlari hamda sirti aktiv 
modda saqlaydigan, suvda eruvchan, ozgina xlor hidli oq kukundir. Tarkibida 11-
15 % faol xlor bor. Eritmalari tiniq (rangsiz) bo’lib, ishlov berilgan predmetlarning 
o’ziga va ularning ko’rinishiga ta’sir qilmaydi, o’ta bakteriotsidlik xossaga ega. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling