Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
73 MAVZU 6. DEZINFEKSIYA, DEZINSEKSIYA VA DERATIZATSIYA. DEZINFEKSIYA QILISH USULLARI VA VOSITALARI, ULARNING QO’LLANISHI. DEZINFEKSIYA KAMERALARI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan muhim kimyoviy vositalar, ularning turlari, qo’llash usullari. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda va kasallik o’choqlarini zararsizlantirishda dezinfeksiyaning ahamiyati, dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar va dezinfeksiya kameralarini bo’lajak mutaxassislarga o’rgatish. 2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat. 3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 3.1. So’z boshi va ushbu mavzu yuzasidan talabalarning dastlabki bilimlarini tekshirib ko’rish. 3.2. Dezinfeksiya ishi bilan tanishish. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan kimyoviy moddalarning kasallikni qo’zg’atuvchi mikroblarga ta’sir ko’rsatish mexanizmlari bilan tanishish. 3.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar va ularni qo’llash usullari bilan tanishtirish. 3.4. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan asbob- uskunalar, ularning tuzilishi va ishlatish qoidalari. 3.5. Dezinfeksiya kameralarining turlari va tuzilishi. 3.6. Turli guruhdagi yuqumli kasalliklarga nisbatan o’tkaziladigan dezinfeksiyalar. 4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar: 4.1. Dezinfeksiya ishi to’g’risida asosiy tuShuncha. Dezinfeksiya qilish usullari (mexanik, kimyoviy, biologik, fizik). Profilaktik va yuqumli kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan dezinfeksiya (joriy va yakunlovchi dezinfeksiya). 4.2. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar. 4.2.1. Oksidlovchilar: xlorli ohak, tarkibida faol xlorni saqlashi, ularning dezinfeksiya uchun ishlatiladigan suvli eritmalarini tayyorlash. Aktivlangan eritmalar, tinitilgan eritmalardan foydalanish, xlor-ohakli sut, quruq xlor ohagi. Xlorli ohakning bakteriya, viruslar chaqiradigan yuqumli ichak kasalliklarida, qo’zg’atuvchilari sporali mikroblar bo’lgan kuydirgi, zamburug’lar chaqiradigan kasalliklar o’choqlarida va profilaktik dezinfeksiya vositasi sifatida qo’llanishi. Xlor ohakning suvdagi eritmasi va uning xlor ohagidan afzalligi. 4.2.2. Kalsiy gipoxloridning ikki asosli tuzi (DTSGK). 4.2.3. Neytral kalsiy gipoxloridi (NKG). Bu moddaning xlor ohagidan afzalligi. 4.2.4. Xloramin. Tarkibida xlor tutgan noorganik dezinfeksiyalash moddalaridan xloraminning afzalligi. 4.2.5. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi (DXCK) va uning xlorli ohagidan afzalligi. 4.2.6. Sulfoxlorantin va uning xloramindan afzalligi. 74 4.2.7. Vodorod peroksidi (pergidrol) sterilizatsiya uchun qo’llanilishi. Yuvuvchi vositalar bilan birga ishlatish mumkinligi. 4.2.8. Dezokson - I. Mikroblarga ta’sir qiluvchi moddasi. Eritmalar tayyorlashda o’ziga xos xususiyatlari, sterilizatsiya va dezinfeksiya uchun bu preparatning keng qo’llanilmasligining sabablari. 4.2.9. Fenollar, lizol, formaldegid va boshqa aldegidlar guruhlariga umumiy tavsif. Formaldegidning kamerali dezinfeksiyada qo’llanilishi. 4.2.10. Nitran va amfolon, sirtqi-faol moddalar guruhining xususiyati va ularning davolash profilaktika muassasalarida, shifoxonalarda tarqaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olishda ishlatilishi. 4.2.11. Etil va butil spirtlar. Davolash va profilaktika muassasalarida, jarroh qo’llarini va boshqa asbob-uskunalarni zararsizlantirish uchun qo’llanilishi. 4.3. Turli guruh yuqumli kasalliklarida dezinfeksiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari. 4.4. Dezinfeksiya sifatini nazorat qilish. 4.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar. 4.6. DDU, DDA-2, DDA-66 dezinfeksiya kameralari. Bu kameralarning tuzilishi, ishlash tartibi. Kamerali dezinfeksiya usullari. Kamerali dezinfeksiya sifatini nazorat qilish. 5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 5.1. Dezinfeksiyaning epidemiyaga qarshi chora-tadbir sifatida qo’llanilishi va uning yuqumli kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati. 5.2. Dezinfeksiya qilish usullari. 5.3. Dezinfeksiya qilish vositalari, ularning asosiy xossalari, ta’sir qilish mexanizmi va qo’llash usullari. 5.4. Dezinfeksiya preparatlarining odamga va hayvonlarga zaharli ta’siri. 5.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar. 6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 6.1. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun ishlatiladigan vositalar va preparatlar, ularni amalda qo’llay bilish. 6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya sifatini nazorat qilishni bilish. 6.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyaning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda va bu kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyatini baholay bilish. 7. Talabalarning mustaqil ishi: 7.1. Ko’p qo’llaniladigan dezinfeksiya preparatlarining tashqi ko’rinishi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan tanishish. 7.2. Dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan ishchi eritmalarini tayyorlash usullarini o’zlashtirish. 7.3. Dezinfeksiya apparatlarining tuzilishini, ish uslubini o’rganish va ularni ishlata bilish, suyuqlik purkagich, poroshok changlatkichlar va gidropultlarni ochib, yana yig’a bilish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling