Epidemiologiyadan


Kasallikning yuqish mexanizmiga nisbatan qo’llaniladigan chora-


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Kasallikning yuqish mexanizmiga nisbatan qo’llaniladigan chora-
tadbirlar 
Chora-tadbirlar 
Samaradorlik ko’rsatkichi 
Epidemiyaga karshi 
yo’naltirilgan sanitariya-
gigiyena chora-tadbirlari 
Sanitariya va epidemiologik holatidan kelib 
chiqadigan rasmiy hujjatlarda ko’rsatilgan chora-
tadbirlar bajarilishining to’liqligi. 
Dezinfeksiya 
Dezinfeksiya o’tkaziladigan joylarning uni 
o’tkazish kerak bo’lgan joylarga nisbatan ulushi. 
O’tkazish muddati (yuqumli kasallik o’chog’ida). 
Dezinseksiya 
Dezinseksiya o’tkaziladigan joylarning uni 
o’tkazish zarur bo’lgan joylarga nisbatan ulushi. 
Dezinseksiya o’tkazilmasdan va o’tkazilgandan 
keyin shu joydagi hashoratlarning soni. 
Organizmning kasalliklarga 
nisbatan moyilligiga 
qaratilgan tadbirlar. Emlash 
va zudlik bilan emlash. 
Aholi 
o’rtasidagi 
emlanganlar 
nisbati. 
Emlanganlar orasida immunologik tekshirishlar. 
Yuqtirish mumkin bo’lgan paytdan boshlab 
emlangunga qadar o’tgan vaqt. Emlanishi lozim 
bo’lganlar orasida emlanganlar soni. 
Umumiy yo’nalishdagi tadbirlar 
Laboratoriya tekshiruvlari 
Laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish lozim 
bo’lgan kishilar va joylarning to’liq tekshirilishi, 
tekshirilishlarning sifati 
Sanitariya maorifi ishlari 
Ma’ruzalar, suhbatlar, dokladlar, ko’rgazmali 
qurollar soni va ularning zamonaviy sanitariya-
epidemiologiya talablariga mosligi 
Ikkinchi guruh omillariga har xil tashqi muhit sharoiti kirib, ular kasallik 
qo’zg’atuvchilarining parazitlik xususiyatini kuchaytirishi yoki pasaytirishi 
mumkin va shu bilan birga epidemik jarayonning qanday darajada namoyon 
bo’lishiga ta’sir qiladi. Bu omillarga tabiiy va ijtimoiy muhit, shu qatorda 
aholining yashash va ishlash sharoiti hamda samarali natija beradigan epidemiyaga 
qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar kiradi. 
Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida har bir tabiiy va 
ijtimoiy omillarning rolini haqqoniy baholash hamda epidemik jarayonning ichki 
tomonidan rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarga asoslanib aniq epidemik 
sharoitda qo’llanilishi zarur bo’lgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tavsiya 
etish lozim. 
Bunday baholash epidemiologik diagnostika natijalariga asoslangandir. 
Uchinchi belgisi bu bajariladigan chora-tadbirlarning asosiy yo’nalishini 
aniqlashda qo’llaniladi, bu ularning samarali natijasi va amaliy qo’llashda 


39 
oddiyligidir. Yuqorida ko’rsatilgan birinchi va ikkinchi belgilarni qo’llash yuqori 
samarali natijaga asoslanishini nazarda tutmoq lozim. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni epidemik jarayonning hamma 
zvenolariga nisbatan baravariga qo’llash maqsadga muvofiqdir. 
Ba’zi chora-tadbirlarni qo’llashda bir necha ishtirokchilar qatnashadilar. 
Epidemiyaga karshi kurashuvchilarning besh xil vazifasini tasvirlash lozim: 
tashkiliy, diagnostik, uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish. 
Birorta chora-tadbirlarni amalga oshirishda bir necha ishtirokchi har xil 
vazifani bajarishda qatnashadi. Epidemiyaga qarshi kurashish zamonaviy 
tizimining maqsadi: aholi orasidagi yuqumli kasalliklarni keskin kamaytirish va 
ba’zilarni esa butunlay yo’qotishdir. 
Epidemiyaga qarshi kurash tizimi kasallikni aniqlash natijasiga asoslanib 
qo’llanilgan chora-tadbirlar, yuqumli kasalliklarning oldini olishga va ularga 
qarshi qaratilgan ilmiy qo’llanmalarga asoslanadi. 
Epidemiyaga qarshi kurash tizimining aholiga xizmati qonun asosida 
mustahkamlanishi lozim. Respublika sog’liqni saqlash qonunlarida uqtirilishicha, 
aholining sog’lig’ini saqlash ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va tibbiy sanitariya choralari 
orqali ta’minlanadi. 
Bu hujjatda hamma davlat idoralari, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning aholi sog’lig’ini saqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni 
echishdagi javobgarliklari ham ifodalangan. 
Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga muvofiq ravishda xalq 
deputatlari kengashi ijroiya qo’mitasi, hokimliklar, korxona, muassasa, tashkilotlar 
boshliqlari va boshqa rahbarlar yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-
tadbirlarini o’z vaqtida bajarishlari lozim va kasallik paydo bo’lganda esa uni 
bartaraf qilishda faol ishtirok etishlari shart. 
Chora-tadbirlar guruhi o’zining yo’nalishiga qarab epidemik jarayonning har 
bir omiliga qaratilgan bo’lib, bunda epidemiyaga karshi vosita qo’llanish va 
qo’llanmasligi mumkin va shu bilan birga kasallanishning oldini olishga qaratilgan 
bo’lishi kerak (13- jadval). 
13 - jadval 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling