Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
6. Taqqoslash usuli. Ikki yoki undan ortiq kasalliklar bir xil qonuniyat
asosida tarqaladigan bo’lsa, shu kasalliklardan birortasini vrach batafsil o’rganib, shu kasallik tarqalishiga sabab bo’lgan omillarni va shart-sharoitlarni aniqlagandan keyin, boshqa taqqoslanayotgan kasalliklarning tarqalishiga ham shu sabablar va shart-sharoitlar ta’sir qilgandir deb tahmin qilish mumkin. Bajaradigan yoki oldiga qo’ygan maqsadiga muvofiq epidemiolog har xil epidemiologik tekshiruv usullaridan foydalanishi mumkin. Profilaktik tibbiyotning asosini, aholi har xil "guruhlari" o’rtasida tarqalgan va tarqalishi mumkin bo’lgan kasalliklarning tarqalishi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi epidemiologik tekshiruv usullari tashkil qiladi. Aholini yoki aholi guruhlarini o’rganadigan tekshirishlarning hammasi ham epidemiologik usulda olib borilavermaydi. Masalan, sotsiologlar, antropologlar, sotsial psixologlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar ham o’zlarining muammolarini aholi guruhlarini o’rganish yo’li bilan hal qiladilar, ammo ular foydalanadigan usullar epidemiologik usullar degan so’z emas. Ularning hammasining o’ziga xos tekshiruv usullari mavjud bo’lib, o’z maqsadlariga binoan foydalanadilar. Epidemiologik usul bu nima? Epidemiologik usul - bu bir qancha tekshiruv usullar majmuasi bo’lib, bu usul yordamida kasalliklarning aholi o’rtasida har xil jamoa va guruhlarda, turli kasb egalari, turli yoshdagi kishilar orasida hamda yilning har xil fasllarida qanday darajada tarqalishi jarayonini kasallikning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omillarni, ijtimoiy va tabiiy shart- sharoitlarini va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni o’rganadi. Epidemiologiya fani epidemik jarayon haqidagi fan bo’lganligi tufayli, Shu epidemik jarayonning turli kasalliklarda o’ziga xos xususiyalarini o’rganish uchun epidemiologik tekshiruv usullaridan foydalaniladi. Epidemiologik tekshiruv usulining tarkibida quyidagi uslublar bo’lishi mumkin (2- jadval). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling