Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimida immunoprofilaktika 
o’ziga xos o’rin tutadi. Ma’lumki, yuqumli kasalliklarning oldini olish tizimi 
asosan 3 yo’nalish bilan boruvchi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlardan iborat: 
1. Kasallik manbaini alohidalab qo’yish va zararsizlantirish. 
2. Kasallik qo’zg’atuvchilari tarqalishining oldini olish uchun yuqish 
mexanizmini va yo’llarini uzib (to’sib) qo’yish. 
3. Emlash yo’li bilan aholining u yoki bu xil yuqumli kasalliklarga 
moyilliklarini kamaytirish. 
Yuqumli kasalliklarning klinik-epidemiologik va immunologik xususiyatlari 
va samarali preparatlarning mavjudligiga qarab, yuqumli kasalliklarning oldini 
olishda yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlardan biri asosiy yo’nalish bo’lishi 
mumkin. Masalan, ikkinchi yo’nalish aholi o’rtasida bitlashni yo’qotish, toshmali 
terlama kasalligini bartaraf qilishda asosiy o’rin tutadi. Lekin bu o’rinda aholi 
o’rtasida bitlashni tekshirish, kasallik manbaini (toshmali terlama bilan 
kasallanganlarni) aniqlash, ularni shifoxonalarga yotqizish va keng sanitariya-
oqartuv ishlarini olib borish ham katta ahamiyatga ega. 
Toshmali terlamaning oldini olishda emlash yordamchi vosita hisoblanib, 
undan sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qisqa vaqt ichida o’tkazishning iloji 
bo’lmagan holda foydalaniladi. Emlashning ijobiy tomonlari Shundaki, toshmali 
terlama kasalligining kechishini engillashtiradi va o’lim hollarini butunlay 
yo’qotadi. Emlash o’lat, kuydirgi, qora oqsoq (brucellyoz), leptospiroz, vabo, ich 
terlama va boshqa ichak kasalliklarining (poliomielitdan tashqari) oldini olishda 
yordamchi vosita hisoblanadi. Bu turdagi kasalliklarga qarshi vaksinalar yetarlicha 
samaradorlikka ega emas. Bunday turdagi kasalliklarning oldini olishda asosiy 
e’tibor sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika chora-tadbirlariga qaratilgan 
bo’lishi kerak. 
Yuqumli kasalliklarning ba’zi bir xillari mavjudki, ularning oldini olish va 
kamaytirishda sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qo’llashning o’zigina yetarli 
natija bermaydi. Bunday kasalliklar jumlasiga ko’proq havo-tomchi yo’li orqali 
yuquvchi kasalliklarni kiritish mumkin: difteriya, chinchechak, ko’kyo’tal, 


92 
qizamiq, sil va h.k. 
Bu kasalliklarda infeksiya manbai va yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-
tadbirlarning yetarlicha samara bermasliginiig asosiy sabablari - ushbu 
kasalliklarning klinik va epidemiologik xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni kasallikka 
umumiy moyillik, o’ta faol va oson amalga oshuvchi yuqish mexanizmi
kasallikning engil, yashirin kechishi, ularni o’z vaqtida va butunlay aniqlashning 
qiyinligidadir. Shuning uchun ham bunday kasalliklarni kamaytirish va oldini 
olishda emlash katta ahamiyatga ega va u asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Emlash ishlari yo’lga qo’yilgunga qadar yer kurrasining barcha joylarida 
qizamik, difteriya, tepki, ko’k yo’tal kabi kasalliklar bolalar orasida juda keng 
tarqalgan bo’lib, o’lim hollari ko’pligining asosiy sabablaridan biri bo’lib 
kelishgan. Bu kasalliklarga qarshi emlash o’tkazilishi natijasida kasallanish 
holatlari keskin kamaydi. Masalan, Rossiyada Paster nomli epidemiologiya va 
mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqarilgan qizamiqqa qarshi tirik 
vaksina keng ko’lamda epidemiologik sinovdan o’tkazilganda kasallanish o’n 
martaga kamaygan va emlashdan keyingi immunitet uzoq vaqt (5 yildan kam 
emas) davom etishi aniqlangan. 1969 yildan boshlab bolalarni rejali ravishda 
qizamiqqa qarshi emlash keng yo’lga qo’yilgan. Buning natijasida 
mamlakatimizda qizamiq bilan og’rish keskin kamaydi. Difteriya, ko’kyo’tal, 
qoqshol va poliomielit kasalliklariga qarshi profilaktik emlash natijasida hozirgi 
vaqtda mamlakatimizda difteriya kasalligi yakkam-dukkam holda asosan 
emlanmagan yoki noto’g’ri emlanganlar orasida uchrab turibdi; ko’kyo’tal bilan 
og’rish sezilarli darajada kamaydi; qoqshol bilan og’rish keskin kamaydi. 
Poliomielit batamom tugatildi. 
Immun zardoblar bilan passiv emlash yordamida ko’pgina yuqumli 
kasalliklarning oldini olish yoki davolash mumkin. Bunday zardoblar yordamida 
yuqumli kasal bemorlari bilan muloqotda bo’lgan kishilarni emlash kasallik 
tarqalishining oldini oladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling