Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar
- Tirik vaksinalar
Immunitet
Immunitet tabiiy yoki sun’iy bo’lishi mumkin. O’z navbatida tabiiy immunitet ham 2 xil. ya’ni: tabiiy aktiv, tabiiy passiv immunitetga bo’linadi. Sun’iy immunitet ham sun’iy aktiv va sun’iy passiv immunitetga bo’linadi Tabiiy aktiv immunitetga misol qilib organizmning biror xildagi yuqumli kasallikni boshidan kechirgach paydo bo’ladigan immunitetni keltirishimiz mumkin. Tabiiy passiv immunitetga esa onadan bolaga yo’ldosh orqali qon bilan o’tuvchi immunitet misol bo’la oladi. Sun’iy aktiv immunitet organizmga vaksinalar va anatoksinlar yuborish natijasida hosil bo’ladi. Aktiv immunitetning o’zi nima? Aktiv immunitet - organizmning o’z kuchi hisobiga hosil bo’ladigan immunitet, ya’ni bunda kasalliklarga qarshi organizmning o’zida antitelolar hosil bo’ladi. Vaksinalar va anatoksinlarni boshqacharoq ataydigai bo’lsak organizm 93 uchun antigendir, ularni organizmga kiritganimizda, organizm himoyalanishga harakat qiladi, ya’ni ularga qarshi antitelolar ishlab chiqaradi. Sun’iy passiv immunitet organizmga har xil zardoblardan tayyorlangan preparatlar yuborilganda hosil bo’ladi, ya’ni passiv immunitet deb organizmga tayyor antiteloli preparatlar kiritilishi bilan hosil bo’ladigan immunitetga aytiladi. Odamlar qonidan tayyorlangan zardoblar gomologik zardoblar deb, hayvonlar qonidan olingan zardoblar esa geterologik zardoblar deb ataladi. Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar Hozirgi paytda yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun vaksinalarning quyidagi turlari ishlatiladi: - tirik vaksinalar; - jonsizlantirilgan vaksinalar; - kimyoviy vaksinalar; - anatoksinlar. Tirik vaksinalar - patogenlik, virulentlik xususiyatlari yo’qotilgan, lekin immunologik xususiyatlari saqlab qolingan bakteriya, rikketsiya va viruslardan tayyorlanadigan vaksinalardir. Ular jonsizlantirilgan vaksinalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Organizmga yuborilgan tirik vaksinalar ko’paya boshlaydi va limfa tugunlariga, ba’zan esa ichki organlargacha ham kirib bora oladi. O’z navbatida organizm ham bunga javoban maxsus reaksiya bilan, ya’ni antigenga qarshi antitelo hosil qilish reaksiyasi bilan javob qaytaradi. Emlash natijasida o’tadigan infeksion jarayon bir necha hafta davom etadi. Organizm bu vaqt mobaynida bir marta yuborilgan vaksinaga javoban kuchli va davomli immunitet hosil qilib ulguradi. Jonsizlantirilgan vaksinalarda esa buning uchun organizmga ikki-uch marotaba yuborish kerak bo’ladi. Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi: chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma, o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi. Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va tashilishi lozim. Idishi singan yoki darz ketgan, vaksinasining ko’rinishi o’zgargan bo’lsa (burishib qolgan, har xil rangda, nomlanmagan va boshq.), bunday vaksinalar ishlatilmaydi (brakeraj) va zararsizlantirilib tashlab yuboriladi. Quritilgan vaksinalarni eritish uchun steril izotonik natriy xlor suyuqligi yoki distillangan suv ishlatiladi. O’tgan davrlarda tirik vaksinalar suyuq holda chiqarilar edi va o’z aktivligini eng qulay sharoitlarda ham 3 haftadan ko’p saqlab qololmas edi. Bu hol esa ularning tibbiyot amaliyotida keng qo’lanilishini chegaralab qo’yar edi. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish va immunogenlik xususiyatlarini uzoq muddatlargacha saqlab qola olishi uchun, tirik vaksinalar shtammlari zararsiz bo’lgan qo’shimcha moddalar (saxaroza, jelatin va boshq..) qo’shilib muzlatilgan holda chuqur vakuum ostida quritilib, shisha idishlarda vakuum sharoitida yopilgan holda chiqariladi. Odatda har bir vaksinaning yonida kerakli miqdorda eritish uchun idishchada suyuqlik bo’ladi. Eritilgan vaksina 4 soat mobaynida 94 ishlatilishi kerak. Ishlatilmay qolgan vaksina zararsizlantirilib, tashlab yuboriladi. Shuni esda tutish kerakki, tirik vaksinalar bilan emlashdan 2 kun oldin va emlangandan keyin 7-10 kun mobaynida antibiotik va sulfanilamid dorilar qabul qilmaslik kerak. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling