Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Immun zardoblar. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi shoshilinch emlash
va ba’zilarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday zardoblar asosan maxsus emlangan hayvonlarning (otlar) qon zardobidan (geterogen zardoblar) ishlov berish yo’li bilan va ma’lum kasalliklar bilan og’rib tuzalgan kishilar (donorlar) qonidan (gomologik zardoblar) tayyorlanadi. Immun zardoblar tarkibida patogen mikroorganizmlarni o’ldiruvchi va ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi antitelolar mavjud. Passiv immunitet immun zardoblarni vena tomiriga yuborilganda darhol hosil bo’ladi, muskul orasiga va teri ostiga yuborilganda esa 12-24 soatdan keyin hosil bo’ladi. Geterogen zardoblarni qo’llashda ehtiyotkor bo’lish lozim. Avvalo organizm sezuvchanligi aniqlanib keyin organizmga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki sezuvchan organizmga Shunday zardobni qayta yuborganda keskin umumiy reaksiyalar (zardob kasalligi, anafilaksiya, shok holati) bo’lishi mumkin. Organizm sezuvchanligini tekshirish uchun teri orasiga dori yuborib ko’riladi. Sezuvchanligi baland bo’lgan kishilarga faqat davolovchi vrach ishtirokida, maxsus sxema bo’yicha, davolash maqsadida yuboriladi. Odamlar qonidan tayyorlangan immun zardoblar (gamma-globulinlar) noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi va organizmdagi immunitet 3-4 hafta davom etishi mumkin. Kichik shisha idishlarda rangsiz yoki biroz loyqasimon suyuqlik holatida chiqariladi. Saqlash jarayonida sarg’ish rangga kirib qolishi mumkin. Harorati 4- 10°S bo’lgan sharoitda saqlanishi kerak, muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Oddiy (normal) gammaglobulinlar donorlar, plasentar va abort qonlaridan - infeksiyadan so’nggi yoki emlashdan so’ng hosil bo’lgan immunitetlari bor kishilar qonidan tayyorlanib, qizamiqqa, poliomielitga, virusli gepatitga, meningokokka va boshqa infeksiyalarga qarshi shoshilinch emlashda ishlatiladi. Maxsus gammaglobulinlar u yoki bu yuqumli kasallikka qarshi maxsus emlangan kishilar (donorlar) qonidan tayyorlanadi. Masalan: kanali ensefalitga qarshi gammaglobulin, gripp, qoqshol, stafilokokkli infeksiyalarga qarshi gammaglobulinlar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling