Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot Emlashni tashkil qilish bevosita markaziy shifoxona qoshidagi bolalar poliklinikasi emlash xonasi zimmasiga yuklatiladi. Vrachlik uchastkasida bu ish bilan uchastka shifoxonasi yoki ambulatoriyadagi emlash kabinetlari Shug’ullanadi. Ular tegishli uchastkalarda emlash ishlarini amalga oshirish bilan birga ularga biriktirilgan QVPlardagi emlash ishlarini borishini nazorat qilib boradilar. Emlash kabinetlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tgan tibbiyot xodimlari ishlashadi. Ular faqatgina emlash ishlarini olib borishi yoki hududlarda tibbiy xizmat ko’rsatishni emlash ishlari bilan birga olib borishlari mumkin. Emlash kabinetining ishlari va butun tumanda emlashni o’tkazish uchun javobgar shaxs poliklinika bosh vrachi qishloq joylarda esa QVP bosh vrachidir. Agarda aholi yashaydigan joylar davolash-profilaktika muassasalaridan 98 uzoqda joylashgan bo’lsa emlashni o’tkazuvchi brigadalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Brigada tarkibida albatta vrach va feldsher (hamshira) bo’lishi va ular barcha zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Emlash qishloq kengashi tomonidan ajratilgan va boshqa Shu hududga xizmat ko’rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari bilan oldindan kelishilgan holda o’tkaziladi. Aholini o’tkaziladigan tadbirda, uni o’tkazish joyi va vaqti haqida oldindan ogohlantirilib qo’yiladi. Emlashni o’tkazishdan oldin bolalar albatta vrachlar nazorati, ya’ni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Tibbiy ko’rik natijalari va emlash to’g’risidagi ma’lumotlar maxsus hujjatga (112-shakl bolaning rivojlanishi tarixiga) ko’chiriladi. Bolalarni emlash ommaviy tibbiy ko’rik yoki ommaviy tibbiy tadbirlar bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir. Qishloq joylarda emlashni o’tkazish taktikasi mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi. Emlanuvchi kishilar kamida 1 yilda 1 marta uyma-uy yurib aniqlab olinadi. Emlash o’tkaziladigan bolalar ro’yxati o’z uchastkasi aholisiga xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlari boshchiligida va ishtirokida tuziladi. Bu ishga qishloq kengashi xodimlari ham jalb qilinadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va ko’chib kelgan bolalar soni yil mobaynida hisobga olib boriladi. Shaharda ham, qishloq joylarda ham emlanganlik to’g’risidagi hisob 063-shakl hujjatiga yozib qo’yiladi. Kartoteka usuli emlashni qat’iy shaxsiy hisobga olishga asoslangan bo’lib, emlanuvchilarni to’liq, rejali ravishda emlashni ta’minlaydi. Undan tashqari, bu usul immunizatsiya sifatini samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Qishloq joylarda kartoteka usulini joriy qilish mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, FAP, qishloq vrachlik uchastkasi tibbiy xodimlarining malakasiga bog’liq bo’ladi. Emlashni hisobga olishning 063-shakl hujjatiga amal qilgan holda emlash kartotekasini yurgizish turlicha olib borilishi mumkin. Kartoteka usuli har bir FAP, QVP larida tashkil qilinib, tibbiyot xodimlari tomonidan olib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling