Epidemiologiyadan


Teri ustiga emdori yuborish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Teri ustiga emdori yuborish. Teri ustiga emdori yuborish usuli bilan 
tulyaremiya, qora oqsoq, Ku-isitmasi, kuydirgi, o’lat va chin chechakka qarshi tirik 
vaksinalar bilan emlash, Shuningdek, diagnostik-allergik reaksiyalarni qo’yish 
mumkin. Bu usul bilan jonsizlantirilgan vaksinalarni organizmga yuborib 
bo’lmaydi, chunki faqat tirik vaksinalar teridan teri osti to’qimalariga o’tib 
ko’payishlari mumkin. Bu usulda emdorini yelka terisi tashqi sohasiga yuboriladi. 
Og’iz orqali (peroral) emlash. Poliomielitga qarshi tirik vaksinani va 
bakteriofaglarni og’iz orqali yuborish mumkin. Bu usulda yuboriladigan emdorilar 
suyuq holda yoki quritilgan (tugmachalar, konfetlar) holda chiqariladi.
Burun orqali (intranazal) emlash. Bu usul bilan grippga qarshi tirik 
vaksinani va odam leykotsitlarining interferonini gripp va boshqa virusli respirator 
kasalliklarning oldini oluvchi dorilarni yuborish mumkin. Bu xil emdorilar shisha 
idishchalarda quritilgan holda chiqariladi. Ishlatishdan oldin qaynatib uy haroratida 
sovutilgan suvda eritiladi. Interferon esa distillangan steril suv bilan eritiladi. 
Grippga qarshi tirik vaksina maxsus asbob yordamida burunga purkaladi
interferon esa ingalyatsiya yo’li bilan yoki burunga tomizish yo’li bilan yuboriladi. 


97 
MAVZU 8. BOLALAR POLIKLINIKASIDA EMLASH XONASINING 
MAQSADI VA UNING ISHINI TASHKIL ETISH 
1. Mashg’ulotning maqsadi: Bolalar poliklinikasida emlash ishlari va ularni 
qanday o’tkazilishi bilan tanishish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Emlash ishlarini rejalashni o’rganish; 
3.2. Profilaktik emlashni hisobga olish va hisobot berish hujjatlari bilan 
tanishish; 
3.3. Emlashni o’tkazish bilan tanishish. 
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 
4.1. Emlash o’tkaziladigan aholi sonini aniqlash. 
4.2. Emlashni rejalash, emlash uchun sarflanadigan vaksinalar va boshqa 
materiallarni hisoblash. 
4.3. Profilaktik emlash bo’yicha hisob va hisobot hujjatlari. 
4.4. Emlash kartotekasini tuzish mazmuni. 
4.5. Emlash dori-darmonlarini saqlash sharoitlari, dori-darmonlar bilan 
ta’minlashni tashkil qilish. 
4.6. Emlash o’tkazishni tashkil qilish (emlash xonasini) asbob-uskunalarni, 
dori-darmonlarni, emlash o’tkazuvchi mutaxassislarni tayyorlash. 
4.7. Emlashdan so’nggi bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlarni hisobga olish va 
baho berish. Bunday asoratlarni tekshirish tartibi. 
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
5.1. Profilaktik emlash rejasini tuzib chiqish. 
5.2. Emlash uchun sarf bo’ladigan materiallar va ishtirok etadigan 
mutaxassislar sonini aniqlash. 
5.3. Emlash o’tkazishni tashkil qilish. 
5.4. Emlashdan so’nggi asoratlar va ularning oldini olish.
6. Mustaqil ish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling