Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Bakteriofaglar. 
Bakteriofaglar 

"bakteriyalarni 
yemiruvchilar", 


96 
bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir 
mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir 
qilishadi. 
Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida 
chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki 
bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi 
xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi. 
Emlash usullari 
Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan 
yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun 
ichiga (intranazal), og’iz orqali. 
Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan 
vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. 
Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, 
chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan. 
Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin 
yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin. 
Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish 
bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi
diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi 
kasalliklarida). 
Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga) 
preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil 
bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi. 
Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-
anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi 
tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga 
yuboriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling