Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Anatoksinlar. Anatoksinlar - formalin yordamida patogen mikroorganizmlar 
toksinlarini zararsizlantirib olinadi, qayta ishlov berish natijasida ballast 
(qo’shimcha) moddalardan tozalanadi, bunda toksigenlik xususiyatlari yo’qotiladi, 
lekin uning antigenlik va immunogenlik xususiyatlari saqlab qolinadi. 
Anatoksinlar toksikoinfeksiya kasalliklari - difteriya, qoqshol, botulizm kabi 
kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uchun ishlatiladi. Organizmga yuborilgan 
anatoksinlar organizmda maxsus antitoksik antitelolarning aktiv ravishda hosil 
bo’lishiga sabab bo’ladi. Anatoksinlarning immunitet hosil qiluvchi ta’sirini 
oshirish va yuborilgan joyda antigenlar "deposini" hosil qilish uchun alyuminiy 
gidroksidiga shimdiriladi, buning natijasida anatoksinlarning asta-sekin so’rilishi 


95 
va organizmda mustahkam, uzoq muddatli antitoksik immunitet hosil bo’lishi 
kuzatiladi. 
Tozalangan anatoksinlar shisha idishchalarda rangsiz, tiniq va oq rangli 
cho’kmalari bor suyuqlik holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin bu shisha 
idishchalar to antigenlar shimdirilgan alyuminiy gidroksidi tekis tarqalgunga qadar 
silkitiladi. Anatoksinlar quruq, qorong’u joyda yoki muzlatgichda 2°-10°S daraja 
haroratda saqlanishi kerak. Muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Tibbiyot 
amaliyotida 
anatoksinlarning 
quyidagi 
turlari 
ishlatiladi: 
shimdirilgan 
(adsorbsiyalangan) 
difteriyaga 
qarshi 
anatoksin 
(AD); 
adsorbsiyalangan stafilokokka qarshi anatoksin; qoqsholga qarshi anatoksin (AS); 
ko’p hollarda tarkibiga difteriyaga va qoqsholga qarshi anatoksinlar kiruvchi 
assotsiatsiyalangan anatoksinlar ishlatiladi. Masalan: adsorbsiyalangan ko’kyo’tal-
difteriya-qoqsholga qarshi vaksina (AKDS) va adsorbsiyalangan difteriya-
qoqsholga qarshi anatoksin (ADS). 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling