Epidemiologiyadan
Kasallikning ko’p yillik dinamikasini tahlil qilish bosqichlari va usullari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Kasallikning ko’p yillik dinamikasini tahlil qilish bosqichlari va usullari Davrlarni kattalashtirish usuli - bir-biriga yaqin ikki yillikning ko’rsatkichlari qo’shilib, yig’indi ikkiga bo’linadi, natijada o’rtacha (O’) qiymat hosil bo’ladi. Masalan, 18 yillik kasallanish tahlil qilinayotganda, yuqoridagi usul bilan 9 ta o’rtacha (O’) ko’rsatkich hosil bo’ladi.O’rtacha siljish usuli bilan bir- birlariga yaqin ikki yoki uch yillikning yig’indisini olib, uni yillar soniga bo’linadi. Bunda, tanlab olingan vaqt orasidagi haqiqiy kasallanish ko’rsatkichi o’rtacha arifmetik kattalik bilan aniqlanganligi uchun, olingan o’rtacha kattaliklar ichidagi 103 tasodifiy og’ishlar o’zaro bir-birlarini yo’qotadi. So’ngra davr bir kuzatishga siljitilib, o’rtacha qiymatni hisoblash takrorlanadi, ya’ni o’rtacha, markazlashadi. Ko’pchilik hollarda 2 yoki 3 yillik davrni tekislash yo’lidan foydalaniladi. Eng kichik kvadratlar usuli universal qo’llanishga ega. Dinamik qatorniig tekislanishi quyidagi funksiya u=a+vx bilan bajariladi, bunda "u" to’g’ri chiziqli tendensiya ko’rsatkichi, ya’ni kasallanishning nazariy ko’rsatkichi, "a" - kasallanishniig o’rtacha ko’p yillik sathi (o’zgarmas kattalik), "vx" - to’g’ri chiziqli tendensiyani vujudga keltiruvchi va har bir tahlil qilinayotgan yil uchun o’zgaruvchan kattalik. Bu usuldan foydalanilganda jadvalga eng kichik kvadratlar usulini qo’llash qonuniga rioya qilinadigan holda olingan natijalar to’ldiriladi. 1. Tahlil qilinayotgan yil juft qiymatga ega bo’lsa, dinamik qator ikki teng bo’lakka bo’linadi. Bunda qatorda o’rtacha qiymatga ega bo’lgan bir-biriga yaqin ikkita ko’rsatkich namoyon bo’ladi. (Masalan: 18-9 va 10 hisob ko’rsatkichlari). Bu o’rta qiymatlarga 1 deb raqam qo’yiladi. Keyingi ko’rsatkichlarga "1" dan ikki tomonga qarab ortib boruvchi toq raqamlar qo’yiladi, ya’ni 3; 5; 7; 9; 11; 13. Bunda raqamlarning yuqori qismi manfiy (-) quyi qismi esa musbat (+) ishorali bo’ladi. Toq dinamik qator tahlil qilinganda, o’rtadagi o’rinni egallagan ko’rsatkichga "O" raqam qo’yiladi. "O" dan boshlab ikki tarafga ortib boruvchi 1; 2; 3; 4; 5; 6; raqamlar qo’yib boriladi, bunda "O" dan yuqori qismi manfiy (-) quyi qismi esa musbat (+) ishorali bo’ladi. 2. Bu sonlar (tahlil qilinayotgan yillarning raqamlari) kvadratga oshirilib jadvalning keyingi bo’limiga yoziladi. Bunday ko’paytmalarning yig’indisi aniqlab, jadvalning jamlovchi bo’limi (∑x 2 ) ga yoziladi. 3. Ko’rsatkich (u) ni o’zining raqami (x) ga ko’paytirib, har bir yil uchun kasallanish ko’rsatkichining ko’paytmasi (ux) aniqlanadi va u jadvalning keyingi bo’limiga yoziladi (o’zining ishorasi bilan). Bu bo’limning jamiga ko’paytma yig’indisi (∑ux) ishorasini hisobga olib kiritiladi. 4. "v" kattalik quyidagi formula bilan hisoblanadi: v=∑ux / ∑x 2 5. Quyidagi funksiya u=a+vx ga asosan har bir yil uchun to’g’ri chiziqli tendensiya ko’rsatkichi hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling