Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


102 
YUQUMLI KASALLIKLAR KO’P YILLIK DINAMIKASINI TAHLIL 
QILISH 
Ushbu tahlilning maqsadi: 
- Kasallanishning ko’p yillik tendensiyasini aniqlash; 
- Epidemik siklning jadallashish va davom etishini aniqlash; 
- Epidemiyaga qarshi o’tkazilgan tadbirlarning samarasini aniqlab
ularga baho berishdir. 
Kasallanishning ko’p yillik o’zgarish sur’atini tahlil qilish uslubi 
Ko’p yillik o’zgarish sur’ati - bu ma’lum yillar ichida kasallanishning 
o’zgarishi. Bu o’zgarishlar har xil sabablar ta’sirida bo’ladi.
Bu sabablar uch guruhga bo’linadi: 
1. Doimo ta’sir qiluvchi sabablar. 
2. Davriy ta’sir etuvchi sabablar. Ularning ta’siri ma’lum yillarda davriy 
qaytariladi. 
3. Epidemik jarayon jadalligining o’zgarishiga sabab bo’luvchi tasodifiy 
uzluksiz o’zgaruvchi omillar. Shunday qilib ko’p yillik tendensiyalarning turlari 
quyidagicha: 
1. Bir taraflama yo’naltirilgan o’zgarishlar. 
2. Davriy tebranishlar. 
3. Davriy bo’lmagan tebranishlar. 
 
Ko’p yillik epidemik tendensiya 
Tendensiya to’g’ri yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin: 
a) to’g’ri chiziqli tendensiya infeksiya tarqalishidagi sabablarning o’zgarishi 
bilan bog’liq. 
b) egri chiziqli tendensiya - sabablar notekis ta’sir etganda sodir bo’ladi. 
Ko’p yillik epidemik tendensiya asosida odamlarning hayot sharoitlarining 
o’zgarishi, ya’ni ijtimoiy omillar yotadi. Har xil infeksiyalarda ko’p yillik 
epidemik tendensiyalarning o’zgarishi bir xil emas. 
Boshqariladigan infeksiyalar ko’p yillik tendensiyasi profilaktik emlash 
tadbirlarining sifatiga bog’liq boshqarilmaydigan infeksiyalar (gripp, ORZ) 
tendensiyasi asosida aholi soni o’zgarishi va uning aholi punktlarida va ular 
orasida muloqotda bo’lishi yotadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling