Epidemiologiyadan
Yil davomida kasallanishning yuqori chegarasini
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xil baholash
Yil davomida kasallanishning yuqori chegarasini aniqlash uchun har yili
hisobga olingan kasallanishni minimal (eng kichik) ko’rsatkichlaridan dinamik qator tuzish kerak bo’ladi. Agar nol ko’rsatkichlari mavjud bo’lsa, u holda eng kichik ko’rsatkich sifatida noldan keyingi ko’rsatkich olinadi. Shundan keyin kasallanishning o’rtacha ko’p yillik eng kichik ko’rsatkichini hisoblash kerak bo’ladi. Uni quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. ∑y U min = n bunda: u - kasallanishning eng kichik oylik kursatkichlarining yig’indisi. n - tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar soni. Yil davomidagi kasallanishning yuqori chegarasini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Uyuch = U min + Zm, bunda 109 m - o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. Bu quyidagicha aniqlanadi: m = √ U min x (100000 – U min) / n bunda n - tekshirilayotgan davrdagi o’rtacha aholi soni. Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xil baholash Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xilda baholash uchun tizim tasviri (diagramma) dan foydalaniladi. Chiziqli qutbiy diagrammaning afzalligi Shundan iboratki uning har bir gradusiga (hammasi bo’lib 360°) yilning har bir kuni (365 kun) tahminan to’g’ri keladi. Uni chizish uchun, yil davomidagi kasallanishning yuqori chegarasi radiusning qiymati qilib olinadi. Aylananing yuzi har 30° dan o’tadigan radial chiziqlari orqali 12 ta teng bo’lakka bo’linadi va har bir radiusga oylarning tartib raqamlari belgilanadi. Mediana ko’rsatkichlariga asosan har oydagi kasallanishning bir xil darajalari radial chiziqlarda aylana markazidan ma’lum masofalarda ma’lum nuqtalar bilan belgilanadi va Shundan so’ng ular to’g’ri chiziqlar bilan o’zaro tutashtiriladi. Xuddi Shuningdek, mediana ko’rsatkichlarining ishonchli yuqori va quyi qiymatlari ham belgilab chiqiladi. Bu ikkala chiziqlarning kesishish nuqtalaridan faslga bog’liq va birdan paydo bo’ladigan kasallanishlarning boshlanish va tugallanish vaqtlari aniqlanadi. Aylana tashqarisida qolgan kasallanish darajalari fasliy ko’tarilish davriga, aylana ichidagilari esa fasl orasidagi davrga to’g’ri keladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling