Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja
Download 0.76 Mb.
|
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI
Ma’ruza darsi. O‘qituvchi ma’ruza tayyorlash uchun bir necha mavzuni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o‘rinlarni ko‘chirma qilish, kerak joylarga ko‘rgazmalar, kartochkalar tayyorlashni topshiradi. Tayyor bo‘lgan o‘quvchi o‘z mavzusi yuzasidan ma’ruza qiladi. Qolgan o‘quvchilar ma’ruzachiga savollar berishadi. Ma’ruza darslarida o‘quvchi hajmi katta materialni qisqa muddatda o‘rganish, o‘zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkamlash ko‘nikmasini egallab boradi.
Muxbirlar darsi. Bunday darslarda mavzuni o‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘lab o‘tish yaxshi samara beradi. O‘quvchi-muxbir uy vazifalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga o‘zining mavzusiga mos savollar berib, javob oladi hamda muxbir sifatida javoblarni sinfdoshlari bilan birgalikda tahlil qilib, yutuqkamchiliklarini ko‘rsatadi. Bunday vazifalar muxbir bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilarga topshirilsa, u bor mahoratini ishga soladi. Bu kabi darslarda o‘quvchida ijodkorlik, tashabbuskorlik xislatlari uyg‘onadi. Matbuot konferentsiyasi darslari uchun bir hafta-o‘n kunavval o‘quvchilar ikki guruhga taqsimlanadi. Ularning taxminan 30 foyizi adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, ya’ni so‘z bilan ishlaydigan mutaxassislar, qolganlari esa respublika miqyosida chop etiladigan gazeta va jurnallarning muxbirlari etib tayinlanishi mumkin. Albatta, bu jarayonda barcha soha “mutaxassis”lari o‘z kasblarini o‘zlari tanlaydilar. Muxbirlar o‘z nashrlarining yo‘nalishini ham yaxshi o‘zlashtirib olishlari taqozo etiladi. Har qaysi gazeta yoki jurnal muxbirining matbuot konferentsiyasida beradigan savollari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Tayyorlanadigan savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi lozimliigi nazarda tutiladi. Barcha sohalarning mutaxassislari o‘zi tanlagan sohaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib chiqishi lozim ekanligi tayinlanadi. Ya’ni adabiyotshunoslar o‘z sohasidagi muammolarni, yozuvchi, shoirlar ijod jarayoni va uning o‘ziga xos tomonlarini, har bir gazeta yoki jurnalning muxbiri o‘z nashri talablarini o‘zlashtirib olishi ta’kidlanadi. Bu jarayon o‘qituvchi bilan hamkorlikdaamalga oshiriladi. Adabiyotshunoslar ham, yozuvchi, shoirlar ham, muxbirlar ham o‘z rollari, savollari va javoblarini bir-birlariga bildirmagan holda o‘qituvchi bilan muhokama qiladilar. Har ikkala taraf ham mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun etarli darajaga erishganlaridan so‘ng matbuot darsi amalga oshiriladi. Qatnashchilarning savollari va javoblarning mantig‘iga, pishiqligi vaasoslanganligiga qarab bilimlar baholanadi. Stsenariyli dars. Ta’lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars turi ham o‘quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatlidir. O‘rganilgan asarlar matni yuzasidan stsenariy tuzish − o‘ziga xos ijod jarayoni. O‘qituvchi avval o‘quvchilargaasar mazmuni yuzasidan stsenariy tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Keyingi darsda o‘quvchilar tomonidan tuzilgan stsenariylarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilishga yo‘naltiriladilar. Mulg’timediya darslari. Bunday saboqlar asosan kompg’yuterlar yordamidaamalga oshiriladi. O‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir materiallarni internet orqali topishlari ham mumkin. Yoki ma’lum mavzu, timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umumiy va farqli jihatlari bo‘yicha jadvallar, sayohatnomalarning xaritalarini tuzishlari, ruknlarning modullarini yaratishlari mumkin va hk. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqishlariga hamohang bo‘lganidan ular topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar. Sayohat darslari. O‘lkashunoslik maqsadida tashkil etiladigan darslar sayohat darslari sanaladi. Bunday darrslar mahalliy shoir yoki yozuvchilarning uy muzeylariga, adabiyot va tarix bilan bog‘liq tarixiy joylarga sayohat asosida tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng taassurotlar asosida yozma ishlar yoziladi. Sayohat darslari tabiatni kuzatish asnosida ham tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng o‘quvchilar peyzaj tasvirining yozmaafodasi bilan shug‘ullanadilar. Musobaqa darslar. Musobaqa darslari adabiyot o‘qitishda samarali darslardan biri hisoblanadi. Bunday darslarda har bir alohida shaxslar yoki o‘quvchilar guruhlari bir-biri bilan musobaqalashadilar. “Bahru bayt” musobaqalarida ham o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib ish yuritadilar. Ma’lumki, har qanday bola bellashishni, bellashuvda g‘olib bo‘lib g‘alaba nashidasini tuyishni istaydi. Mazkur musobaqa darslari o‘quvchilarni topqirlikka, tez fikrlashga, yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida o‘zlarini ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu ularning ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Konferentsiya darslari. Darslarning mazkur shakli ta’limning yuqori bosqichidaxronologik tartibdatashkil etiladi. Unda o‘quvchilar o‘rganilgan rukn mazmuniga doir materiallarni o‘zlari tanlaydilar va shu asosda ma’ruza matnlari tayyorlaydilar. Buning uchun qo‘shimchaadabiyotlarga murojaat qilinadi, ma’ruzalar ilmiylik kasb etishi taqozo qilinadi. Konferentsiya darslarini dars turlariga ham, didaktik o‘yinli darslar sirasiga hamkiritish mumkin. Konferentsiya darslari o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni qo‘shimcha materiallar bilan tanishtirish, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, lug‘atlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi konferentsiya darslarini tashkil etishdan avval dars mavzusi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishi, mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlashi talab etiladi. Mazkur darsni o‘tkazishdan o‘n-o‘n ikki kun oldin o‘quvchilarga dars yo‘nalishi, mavzusi e’lon qilinadi, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun zaruriy adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinlar asosiga quriladigan darslarda har soha bo‘yicha belgilangan “mutaxassislar” o‘z “rol”larini o‘z imkoniyatlari va bilimlariga tayangan holda o‘zlari tanlaydilar. Bu har bir o‘quvchini o‘z qiziqishi, qobiliyati, iqtidori va imkoniyatini chamalashga o‘rgatadi. Darsga tayorgarlik davrida ham, bevosita dars jarayonida ham o‘qituvchining rag‘batlari o‘quvchilarni muvaffaqiyatga yo‘llovchi omil ekanligi unutilmagani ma’qul. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga ko‘rsatadigan yordami juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘zining yordamlari faqat va faqat yo‘naltirish asosga qurilishi lozimligini unutmasligi kerak. Ilmiy konferentsiya darslarini tashkil etishda quyidagilarga amal qilinadi: – o‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “mutaxassislar” bilan tanishtiradi; ilmiy ma’ruzalarni tinglash. “Mutaxassislar”ning mazkur mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar; ma’ruzalar muhokamasi. “Mutaxassislar” bilan “opponentlar” (sinfdagi boshqa o‘quvchilar) o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara, savol-javoblar o‘tkaziladi; ilmiy konferentsiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlaydi, konferentsiyani yakunlaydi; o‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan “mutaxassis” va “opponent”lar rag‘batlantiriladi, yutuq va kamchiliklar tahlilga tortiladi, qatnashchilar baholanadi. Konferentsiya darslari sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishidagi faolligini ta’minlaydi. 16. Nazm darslari. Bunday darslar o‘quvchilarda she’riy asarlarni tushunish, ularni ifodali o‘qiy bilish ko‘nikmalarini shakllantirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi. Nazm darslarida ham o‘quvchilar she’riy asarlar tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. SHe’riyatning sirsinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor o‘quvchilar o‘zlarining ish namunalaridan o‘qib berishadi. Muhimi shundaki, ushbu dars shakllarining barchasi zamirida asarlarning didaktik tahlili yotadi. O‘quvchiga o‘rganish uchun taqdim etilgan badiiy asarlar tahlilga tortilmas ekan, ular hech qanday samara bermaydi. SHu ma’noda badiiy asarlarga yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi muhimni nomuhimdan farqlash, matn mohiyatidagi o‘quvchining e’tibori qaratilsa uning ma’naviyatidaalbatta ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan jihatlar ajratib tavsiya etilsa, o‘qituvchilar adabiy ta’lim amaliyotini tashkil etishda ularga tayansalar, maktab adabiy ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishida muayyan samaraga erishadilar. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling