Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja
Download 0.76 Mb.
|
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-ma’ruza. Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning metod va usullari REJA
- Tayanch so‘zlar
- Savol va topshiriqlar
Savol va topshiriqlar:
Dars tahliliga xos bo‘lgan yetakchi qarashlarni ajratib yozing. Har birining asosiy xususiyatlariga diqqat qiling. O‘rgangan bilimlaringiz asosida maktablardagi tajribali o‘qituvchilarning darslarini kuzating. Har qanday kamchilik tashqaridan qaragan kishiga yaqqolroq ko‘rinadi. Ko‘rganlaringiz asosida o‘z faoliyatingizni tashkillashtirishga harakat qiling. Nazaringizga tashlangan kamchiliklarning sabablarini aniqlashga urinib ko‘ring. Sabab aniq bo‘lgandagina oqibatni tuzatish mumkinligini unutmang. “Internet va adabiy ta’lim” mavzusida maqola yozing. Maqolangizni o‘qituvchingiz va o‘rtoqlaringizga taqrizga bering. Szngra biror davriy matbuotda chop ettiring. 14-ma’ruza. Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning metod va usullari REJA: Adabiyot darslarida mustaqil ishlarning turlari. Ularni yozish ko‘nikmasini shakllantirish. Mustaqil ishlarning xususiyatlari va ularning turlari. Mustaqil ishlarning o‘quvchi kompetentliligini oshirishdagi ahamiyati. Tayanch so‘zlar: mustaqil ishlar, uning turlari, mahorat, yozish ko‘nikmasini shakllantirish, kompetentlilikni oshirish, evristik suhbat, seminar darslar, mantiqiy topshiriqlar,yo‘naltiruvchi tamoyillar. Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati: Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.: «O‘qituvchi», 1996. Madayev O. Adabiyot darslari va milliy mafkura. «Til va adabiyot ta’limi» jurnali, 1998, 2-son, 13–16-betlar. Dolimov S., Ubaydullayev H. Adabiy o‘qish metodikasi, – T.: O‘quv– ped.davnashr, 1952. Golubkov V. V. Adabiyot o‘qitish metodikasi –M.: 1938. Zunnunov A. Z., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi – T.: «O‘qituvchi», 1992. 6. Zunnunov A., Aliyev A. Adabiyotni boshqa ijtimoiy fanlarga bog‘lab o‘rganish. –T.: «O‘qituvchi», 1982. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1996. Ribnikova M. A. Ocherki po metodike literaturnogo chteniya. – M.: 1985. Shakllanayotgan shaxs ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafakkurdagi mustaqillik o‘quvchining murakkab mavzular echimiga o‘ziga xos tarzda yondasha bilishi, qo‘yilgan masalalarni to‘g‘ri va mustaqil ravishda hal etishi, fikrlarini o‘z so‘zi hamda uslubi bilan bayon etishi, bir masala bo‘yicha boshqa o‘quvchilarning fikri yoki munosabatidan farq qiluvchi nuqtai nazarga egaligi, boshqalar tomonidan aytilgan mulohazalarga tanqidiy munosabat tarzida namoyon bo‘ladi. Sanalgan xususiyatlar ko‘rsatadiki, fikrning mustaqilligi bu o‘quvchilarning o‘zgarib turuvchi vaziyatlarda murakkab masalalarni hal eta bilish qobiliyatidir. Ayrim o‘quvchilarda mustaqil umumlashmalar qilishni talab qiladigan murakkabmasalalar echimida ishtirok etishga doimiy tayyorlik kuzatiladi. Ulardagi bunday qobiliyat barcha darslarda bir xil ko‘rinishda kuzatiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ayrim darslarda tarbiyalangan tafakkur faoliyatining mustaqilligi boshqa o‘quv fanlarida ham namoyish etiladi. O‘quv fani o‘qituvchilari darsni tashkil etishda o‘quvchi tafakkurini ijodiy ishlarga yo‘naltiruvchi tamoyillarga amal qilsagina, mustaqil fikr yuzaga chiqadi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari uy inshosi, bayon, referat va taqrizlar, adabiy qahramonlarga tavsifnoma va annotatsiyalar yozish, maktublar bitish, kundaliklar yuritish, ma’ruza matnini tayyorlash, tezislar tuzish, konspekt olish, uy vazifalarini bajarish, adabiy kechalar tashkil etish, ekskursiyalar uyushtirish, mustaqil va sinfdan tashqari o‘qish, ayni zamonda ijodiy ishlar (badiiy asarlar yaratish) shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, mustaqil o‘qish darslari uchun dasturda ma’lum soat ajratilgan bo‘lib, bunda o‘rganish uchun tavsiya etilgan asar bilan o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda tanishadilar. Undagi muhim va nomuhimni, ikkinchi, uchinchi darajali jihatlarini o‘zlari ajratadilar.Asarning muhokamasi esa o‘qituvchi bilan birgalikda amalga oshiriladi. O‘quvchilar mustaqil o‘qish asnosida o‘zlari kashf etgan haqiqatlarini o‘qituvchilari balan hamkorlikda tahlilga tortadilar. Bunda o‘qituvchining roli faqat tashkilotchilikdan iborat bo‘ladi. Erkin mavzularda insholar yozish, uy insholari ham o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz bajariladi. Bunda o‘quvchilar qo‘yilgan maqsad sari ongli, mustaqil ravishda harakat qiladilar, o‘z kuchlari, aqliy imkoniyati va bilimini u yoki bu shaklda ifodalaydilar. Ishning mustaqil ravishda yozilishida o‘quvchining faoliyatiga hech kim aralashmaydi, xatti-harakatlari yo‘nalishi va imkoniyatlari darajasini uning o‘zi aniqlaydi. Oldiga qo‘yilgan masalani ham o‘zi mustaqil hal qiladi. Bu jarayondaamalga oshgan faoliyatni vujudga keltiruvchi fikrlar mustaqil fikrlash sanaladi. Unga hech kim yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatmaydi, yordam ham bermaydi. Ta’lim mazmuni va metodlarining xilma-xilligi, boyligi tafakkurning chinakam mustaqilligini ta’minlaydi, rivojlantiradi. Erkin mavzulardagi mustaqil ishlar o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. Ular bolada biror shaxslik sifatlarining shakllanishiga, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning mustaqil ish turlari va ularning xususiyatlari borasida prof. S. Matjonovning alohida tadqiqoti mavjud60. Mustaqil ishlarni tashkil etishning eng sinalgan usullari evristik suhbat, seminar darslar, mantiqiy topshiriqlar, yangi mavzuni o‘rganishda muammoli vaziyatlar va bilimlarni tekshirish sanaladi. Bundan adabiy ta’limdagi barcha tadbirlar faqat o‘quvchining mustaqil fikrlashigagina qaratilishi kerak, degan biryoqlama xulosa chiqmasligi zarur. Ta’lim amaliyotida o‘qitish borasidagi barcha muammolarni faqat bir o‘zi hal qila oladigan metod yo‘q. Bu mustaqil ishlarga ham bevosita daxldordir. Darsning mazmuni, pedagogik topshiriqlar mustaqil ishlarning xarakteri va tarkibini belgilashi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga mantiqiy topshiriq qo‘yar ekan, uning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitni ham yaratishi kerak. Buning birinchi sharti dalillarning etarliligi, vazifaning aniq ifodalanganligidir. O‘qituvchi ishni bajarish yuzasidan dars so‘ngida 3 – 7 daqiqali suhbat o‘tkazishi lozim. O‘quvchilar mustaqil ishlayotganda nimaning ustida, qanday ish yuritishni aniq bilishlari kerak. Bunday topshiriqlar darsning boshida ham, oxirida ham, dars jarayonida ham berilishi mumkin. Insho va mustaqil ijodiy ishlar muhokamasidan keyin ularning yaxshi chiqmay qolgan o‘rinlarini qayta ishlash, undan yangi ish yaratishga undash mumkin emas. Ma’lum ishni bajarishni uddalay olmagan bo‘lsa-da, yo‘l qo‘ygan xatolari va uning sabablarini anglagan o‘quvchi endilikda o‘zini keyingi ishni nisbatan yuqori darajada bajara olishga qodir his qiladi. Biroq o‘quvchiga muhokama qilib ko‘rishga vaqt berish va shu jarayonda keyingi asar ustida ishlashga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi. Agar o‘quvchining o‘zi talab qilsa, unga ishni qayta yozish imkoniyatini berish mumkin. Bunday ijodiy ishlarning, erkin mavzulardagi insholarning samaradorligi shundaki, o‘quvchi badiiy asar bilan mustaqil ishlashga ko‘nikib boradi. O‘qituvchining aytganlari yoki kitobda bitilganlargagina bog‘lanib qolmay, bilimining tabiiy va zaruriy chuqurlashuviga erishadi. O‘quvchilarda tafakkur va faoliya mustaqilligi mustahkamlanadi. Mustaqil yozma ishlarni tahlil qilish bilan asar tahlilini uyg‘unlikdaamalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu jarayondaasardagi o‘quvchining nazaridan chetda qolgan yoki u noto‘g‘ri talqin qilgan jihatlarga ham e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar tomonidan bajarilgan ish muhokamasi bilan badiiy asar tahlili uyg‘unlashib ketgani ma’qul. Ijodkorlik, ya’ni o‘quvchilarni badiiy ijodga undash ham ularning mustaqil ishlarini tashkil etishda etakchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli narsa – kattalarning ular bilan o‘ynashi. Odatda, bizning kattalar bolalar bilan o‘ynamaydilar. Ularning “jiddiyroq” ishlari ko‘p. Aslida, bolalarga o‘rgatish, ularni o‘qitish emas, aynan ular bilan birgalikda o‘ynash, ularga o‘xshab xayolparastlik qilish, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar to‘qish, har xil hodisalar o‘ylab topish jarayonida ishtirok etish ularning ma’naviy shakllanishida ko‘proq foyda keltiradi. Bolalarning aqliy rivojlanishini, yuksak orzular qilishga va ularni amalga oshirishga qodir bo‘lishini istagan har qanday odam ularning ijodga oshno bo‘lishini ta’minlashi kerak. Ijodkorlik mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosidir. Bolalar ijodida mantiqning etarli darajada emasligini tushunish mumkin. Chunki maqsad ular ijodida chuqur mantiq yoki yuksak ma’no bo‘lishiga erishish emas. Ular keyinroq, ta’lim-tarbiyaning yuqoriroq bosqichlarida paydo bo‘ladi. Dastlabki paytlarda muhimi – ijod jarayoni. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar ijodiy ishlarni jon-dili bilan bajaradilar va bundan zavq oladilar. SHu zavqni qayta tuyish ehtiyoji uni rivojlanish sari etaklaydi. Tarbiyaning mana shu xili bola tabiiy taraqqiyoti bilan hamohang kechadi. Bu haqda yuqorida batafsil fikr yuritigan. Bu jarayonda bolalar tasavvurini, xayolparastligini rag‘batlantirish va ularning ijodiga imkoniyat yaratib berish kerak. Bola uchun qiziqarli bo‘lgan har qanday faoliyat – foydali. Bola nimani xohlasa, nimaga qiziqsa, shuni qilib ko‘rishi kerak. Odatda, yosh bolalar o‘z imkoniyatlari doirasidan tashqaridagi ishlar bilan shug‘ullanishni xush ko‘radilar. Bu ular uchun o‘sish, rivojlanishning yagona yo‘lidir. Bolalar shuning uchun ham kattalarning ishlariga ko‘p aralashadilar, qo‘llaridan kelmaydigan narsalarni qilishga chiranadilar. Bu ularning tabiatidagi rivojlanish, o‘sish sari tabiiy intilishidir. Savol va topshiriqlar: Mustaqil ishlarning kundalik yuritish, maktublar bitish singari turlarining o‘ziga xos jihatlarini internet yoki qo‘shimcha adabiyotlardan toping. Topgan ma’lumotingizni kursdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Mustaqil ishlarning har biriga munosib ta’rif toping. Ta’rifning manbasini kshrsatishni unutmang. Taniqli metodist S. Matjonovning mustaqil ishlarga bahishlangan qarashlarini alohida o‘rganib chiqing. Tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang. Mustaqil o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish singari mustaqil ish turlarini farqlang. Xulosalaringizni asoslang. O‘z ijodingiz namunalari bilan (ijod bilan shug‘ullanadiganlar, albatta) o‘rtoqlashing. Ijod namunalarini tahlilga torting. “Derazamdagi manzara” mavzusida esse yozing. Har biringiz o‘z ishingizni o‘rtoqlaringiz muhokamasiga qo‘ying. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling