ROMAN HAQIDA - Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa Roman janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi Roman janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. Roman janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat Roman janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi Romanning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, Romanning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi.
ROMAN HAQIDA - Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, Roman janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga Romannavislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. Romanlar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — "ochiq" va "yopiq" Romanlarga ajralgan. "Ochiq" tuzilmali Romanning yorqin namunasi M. Servantesning "Don Kixot" i boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq" tuzilmali R.larning dastlabki namunalaridan biri M.M. de Lafayetning "Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, Roman janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik Roman janri ana shu "yopiq" Romandan oʻsib chiqqan.
- Roman antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning "Dafnis va Xloya" ishqiybukolika Romanida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik Romanning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |