“erasmus+ халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/67
Sana17.07.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1660800
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
ICM publication 2018 2

 
 
DOKTORANTURA BO‘YICHA KREDIT MOBILLIGI – ILMIY-TADQIQOT VA 
TARAQQIYOT OMILI
 
Nurov Ziyodulla Saymurodovich 
Buxoro davlat universiteti 
Akvila universiteti 
2016-yil 15-sentabrdan 2017- yil 15-fevralgacha 
Tel: +99891-417-46-94, e-mail: ziyodullo.nurov@gmail.com 
 
Kalit so‘zlar: Import o‘rnini bosish, avtomobil sanoati, Import o‘rnini bosish 
siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi holatlar, maqsadga muvofiqlik, sanoatlashtirish, 
maqsadga muvofiq va samarali import o‘rnini bosish siyosati 
Annotatsiya: This article outlines the mobility results of research on the topic "The 
ability to apply import substitution policies in the automotive industry of Uzbekistan", 
which was held at the University of Aquila in Italy to obtain a PhD degree. 
ERASMUS+ Xalqaro kredit mobilligi doirasida 2016-yilning 15-sentabrida 
L'Aquila Universitetida ilmiy faoliyatimni boshladim. Tadqiqot mavzusi "O‘zbekistonda 
avtomobil ehtiyot qismlari sanoatida importning o‘rnini bosish siyosatini qo‘llash 
imkoniyati". 
Ushbu dissertatsiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik 
sanoatida import o‘rnini bosish siyosatining maqsadga muvofiqligi va uning mamlakat 
iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini baholashdan iborat edi. 


78 
Mobillik davrida ilmiy ish metodologiyasini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining 
nazariy qismini tadqiq etish, shuningdek, xorijiy tillardan bilim darajasini yanada 
yuksaltirish rejalashtirilgan edi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida import o‘rnini bosish 
siyosatini qo‘llashning texnik-iqtisodiy samaradorligi, ijobiy va salbiy jihatlarini 
tushunish uchun ushbu savdo va sanoat siyosatiga oid adabiyotlar o‘rganildi. Ushbu 
adabiyotlarni tahlil qilish sohaga oid tushunchalar, o‘zgaruvchilar, ta'sir qiluvchi 
omillarni va ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish tarixini o‘rganish imkonini berdi. 
Kredit mobillik davrida ko‘plab dissertatsiyalar, kitoblar va ilmiy resurslar 
bazalaridan maqolalar, konferensiya materiallari va boshqa ko‘plab adabiyotlar o‘rganib 
chiqildi va tahlil qilindi. Natijada, tadqiqot sohasidagi eng muhim ma’lumotlar 
yangilandi, umumlashtirildi. 
Tadqiqotni yanada takomillashtirish va natijalar muhimligini oshirish maqsadida 
Akvila universitetidagi ilmiy rahbarim, professor Luchio Bijjiero va Buxoro davlat 
universitetidagi ilmiy rahbarim Abror Jo‘rayevlarning ko‘rsatmalari orqali ba’zi 
o‘zgarishlar qildim. Shu asosida dissertatsiyaning kirish qismi va birinchi bobi 
yakunlandi. Ikkinchi bobni yozish uchun talab qilinadigan ma’lumotlar bazasining 70 
foizi shakllantirildi. Hozirgi vaqtda izlanishlar va ilmiy tadqiqot faoliyatim davom 
etmoqda. 
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha o‘rganilgan adabiyotlar: 
- Anol Bhattacherjee. Social Science Research: Principles, Methods, and Practices. 
University of South Florida, 2012. 
- Joshua D. Angrist and Jörn‐Steffen Pischke. The Credibility Revolution in 
Empirical Economics: How Better Research Design is Taking the Con out of 
Econometrics. 
- Jan Beran, Yuanhua Feng, Hartmut Hebbel. Empirical Economic and Financial 
Research. Springer International Publishing, Switzerland, 2015. (I am continuing and it’s 
a bit difficult). 
Ishtirok etilgan kurslar: 
1. PhD talabalari uchun ilmiy ish metodologiyasi bo‘yicha seminarlar. Professor 
Luchio Bijjiero.
2. Xalqaro sanoatni tashkil etish. Professor Lelio Iapadre.
3. Italiyan tili va madaniyati, B1 daraja uchun. Professor Elisa Mililli. 
4. Ingliz tili kursi, C2 daraja uchun. Professor Walters Dominic Simon. 
Buxoro davlat universiteti va Akvila universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik 
shartnomasiga binoan, Buxoro davlat universiteti va Akvila universitetlari mening ilmiy 
tadqiqot faoliyatimni amalga oshirish buyicha "Co-Tulela" (qo‘shma doktorantura) 
bitimini imzoladilar.
Ta’kidlash kerakki, Akvila universitetida ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga 
oshirish borasidagi tajribalar Buxoro davlat universitetidagi pedagogik va tadqiqot 
ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar va 
xorijiy tillarni yanada mukammal o‘zlashtirish talabalarga dars berishda ko‘plab xorijiy 
adabiyotlar va yangiliklardan foydalanishga o‘zining yuksak samarasini bermoqda.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling