“erasmus+ халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий
“ERASMUS+” GERMANIYADAGI TA’LIM JARAYONI VA TALABALAR
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ICM publication 2018 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakalavr: Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti Tel:+998933378070, +998994491275 e-mail: akbarrakbar476@gmail.com
“ERASMUS+” GERMANIYADAGI TA’LIM JARAYONI VA TALABALAR
HAYOTI Abduzohirov Akbar Nizomjon o‘g‘li O‘tamurodov Mamurjon Mansur o‘g‘li Samarqand veterenariya meditsinasi Instituti Justus Liebig Universitite, Germaniya Giessen Erasmus+ (2018) 01.03.2018-31.07.2018 Bakalavr: Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti Tel:+998933378070, +998994491275 e-mail: akbarrakbar476@gmail.com Respublikamizda ko‘plab talabalarga chet elda o‘qish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bu borada esa Samarqand veterenariya meditsinasi instituti yetakchi o‘rinda bo‘lib kelmoqda, ya’ni bizning institutimizda ko‘plab xalqaro grantlar mavjud, ulardan “Erasmus+” dasturi va bunda ko‘plab Yevropa mamlakatlarida almashinuvchi talaba sifatida o‘qish imkoniyatlari mavjud. Biz ham shu imkoniyatlardan foydalangan holda 67 Germaniyaning Giessen shahridagi Justus-Liebig Universitetida almashunivchi talaba sifatida o‘qishga muvaffaq bo‘ldik. 2018-yil 1-mart kuni Germaniyaga yo’l oldik., Giessen shahri Frankfurtdan uncha uzoq bo‘lmagan shaharcha hisoblanadi. Giessen shahri kichik talabalar shaharchasi hisoblanar ekan (shaharda taxminan 28000 talaba istiqomat qilar ekan). Giessenda “mentorlar”- ya’ni yo‘lboshlovchilar bizga yo‘l ko‘rsatib yotoqxonaga joylashishga hamda joylashish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashdi. 2-mart kuni xalqaro talabalar o‘rtasida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishning asosiy maqsadi shundan iborat edi, har bir talabaning kerakli hujjatlari to‘plandi va shu bilan bir qatorda bahorgi til kursida qatnashish uchun talabalarning til darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 3-mart kuni intensiv til kursining guruhlari aniqlanib dars jarayonlari boshlandi. Nemis tilini o‘rganishga qaratilgan bahorgi intensiv til kursi bu til o‘rganish bilan bir qatorda nemis madaniyatini, urf-odatlarini o‘rganishga qaratilgan til kursi edi. Darslar davomida turli xil sayohatlar ham mentorlar tomonidan tashkil qilindi. Bu intensiv til kursi 23 kun davom etdi. Til kursining yakunida chet davlatlardan kelgan talabalar o‘z milliy ovqatlarini taqdim etishdi. Biz ham bu yig‘ilishda o‘z milliy taomlarimizdan taqdim qildik va O‘zbek milliy taomlari barcha qatnashuvchilarga juda ham manzur bo‘ldi. Bahorgi til kursidan keyin biz “Economics and Law”- Iqtisodiyot va huquq fakultetida o‘qishni davom ettirdik. O‘qish jarayonida bizni qiziqtirgan eng muhim tomonlaridan biri bu talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida munosabatlarning yaqinligi. Germaniya ta’lim tizimining farqli tomonlaridan biri har bir talaba o‘zlari qiziqqan fanlari bo‘yicha istalgan kurslarni tanlab o‘qish va shu fanlar bo‘yicha imtihon topshirish mumkin biz ham o‘zimizni qiziqtirgan va mutaxassislik bo‘lgan fanlarni tanlab va bu fanlarga faol qatnashish bilan birga taqdimotlar qildik. Bundan tashqari turli xildagi til kurslari ham mavjud bo‘lib talabalar o‘zlarini qiziqtirgan til kurslariga qatnashish imkoniyati ham mavjud. Almashinuvchi talabalarning til darajasini oshirish maqsadida oqshomgi til kurslari tashkil etilgan bo‘lib, biz bu til kursida faol ishtirok etib yuqori ko‘rsatgichlar ko‘rsatib sertifikatlar bilan taqdirlandik. Semestr yakunida fanlarni yaxshi o‘zlashtirib 13-iyulda darslarni yakuniga yetkazdik. Erasmus+ dasturi shu bilan bir qatorda talabalarga chet elda o‘qish va yashash bilan birga chet elda sayohatlar qilish imkonini ham beradi. Biz mu imkoniyatlardan unumli foydalanib, 28-31-mart va 13-20-iyul kunlari universitet tomonidan berilgan ta’til davomida biz Yevropadagi bir necha davlatlarga sayohat qildik. 24-iyulda imtihonlar boshlandi va ularni muvaffaqiyatli topshirib, Giessendagi Erasmus koordinatorimizga kerakli hujjatlarni taqdim etdik. 30-iyul kuni Germaniyaning Frankfurt xalqaro aeroporti orqali O‘zbekistonga qaytib keldik. Fakultet dekani farmoyishiga ko‘ra, bizga fanlarni yakka tartibda o‘zlashtirish va imtihon topshirish imkoniyati yaratib berildi. Bizning almashinuvchi talaba dasturimiz o‘z yakuniga yetgandan so‘ng, O‘zbekistonga kelgach, olgan bilim va taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashib kelmoqdamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling