“erasmus+ халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий


“ERASMUS+” GERMANIYADAGI TA’LIM JARAYONI VA TALABALAR


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/67
Sana17.07.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1660800
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
ICM publication 2018 2

“ERASMUS+” GERMANIYADAGI TA’LIM JARAYONI VA TALABALAR 
HAYOTI 
 
Abduzohirov Akbar Nizomjon o‘g‘li 
O‘tamurodov Mamurjon Mansur o‘g‘li 
Samarqand veterenariya meditsinasi Instituti 
Justus Liebig Universitite, Germaniya Giessen 
Erasmus+ (2018) 
01.03.2018-31.07.2018 
 
Bakalavr: Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti 
Tel:+998933378070, +998994491275 
e-mail: akbarrakbar476@gmail.com 
Respublikamizda ko‘plab talabalarga chet elda o‘qish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, 
bu borada esa Samarqand veterenariya meditsinasi instituti yetakchi o‘rinda bo‘lib 
kelmoqda, ya’ni bizning institutimizda ko‘plab xalqaro grantlar mavjud, ulardan 
“Erasmus+” dasturi va bunda ko‘plab Yevropa mamlakatlarida almashinuvchi talaba 
sifatida o‘qish imkoniyatlari mavjud. Biz ham shu imkoniyatlardan foydalangan holda 


67 
Germaniyaning Giessen shahridagi Justus-Liebig Universitetida almashunivchi talaba 
sifatida o‘qishga muvaffaq bo‘ldik. 
2018-yil 1-mart kuni Germaniyaga yo’l oldik., Giessen shahri Frankfurtdan uncha 
uzoq bo‘lmagan shaharcha hisoblanadi. Giessen shahri kichik talabalar shaharchasi 
hisoblanar ekan (shaharda taxminan 28000 talaba istiqomat qilar ekan). Giessenda 
“mentorlar”- ya’ni yo‘lboshlovchilar bizga yo‘l ko‘rsatib yotoqxonaga joylashishga 
hamda joylashish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashdi.
2-mart kuni xalqaro talabalar o‘rtasida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishning 
asosiy maqsadi shundan iborat edi, har bir talabaning kerakli hujjatlari to‘plandi va shu 
bilan bir qatorda bahorgi til kursida qatnashish uchun talabalarning til darajasini aniqlash 
maqsadida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 3-mart kuni intensiv til kursining guruhlari 
aniqlanib dars jarayonlari boshlandi. Nemis tilini o‘rganishga qaratilgan bahorgi intensiv 
til kursi bu til o‘rganish bilan bir qatorda nemis madaniyatini, urf-odatlarini o‘rganishga 
qaratilgan til kursi edi. Darslar davomida turli xil sayohatlar ham mentorlar tomonidan 
tashkil qilindi. 
Bu intensiv til kursi 23 kun davom etdi. Til kursining yakunida chet davlatlardan 
kelgan talabalar o‘z milliy ovqatlarini taqdim etishdi. Biz ham bu yig‘ilishda o‘z milliy 
taomlarimizdan taqdim qildik va O‘zbek milliy taomlari barcha qatnashuvchilarga juda 
ham manzur bo‘ldi. 
Bahorgi til kursidan keyin biz “Economics and Law”- Iqtisodiyot va huquq 
fakultetida o‘qishni davom ettirdik. O‘qish jarayonida bizni qiziqtirgan eng muhim 
tomonlaridan biri bu talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida munosabatlarning yaqinligi. 
Germaniya ta’lim tizimining farqli tomonlaridan biri har bir talaba o‘zlari qiziqqan 
fanlari bo‘yicha istalgan kurslarni tanlab o‘qish va shu fanlar bo‘yicha imtihon topshirish 
mumkin biz ham o‘zimizni qiziqtirgan va mutaxassislik bo‘lgan fanlarni tanlab va bu 
fanlarga faol qatnashish bilan birga taqdimotlar qildik. Bundan tashqari turli xildagi til 
kurslari ham mavjud bo‘lib talabalar o‘zlarini qiziqtirgan til kurslariga qatnashish 
imkoniyati ham mavjud. Almashinuvchi talabalarning til darajasini oshirish maqsadida 
oqshomgi til kurslari tashkil etilgan bo‘lib, biz bu til kursida faol ishtirok etib yuqori 
ko‘rsatgichlar ko‘rsatib sertifikatlar bilan taqdirlandik. Semestr yakunida fanlarni yaxshi 
o‘zlashtirib 13-iyulda darslarni yakuniga yetkazdik. 
Erasmus+ dasturi shu bilan bir qatorda talabalarga chet elda o‘qish va yashash 
bilan birga chet elda sayohatlar qilish imkonini ham beradi. Biz mu imkoniyatlardan 
unumli foydalanib, 28-31-mart va 13-20-iyul kunlari universitet tomonidan berilgan ta’til 
davomida biz Yevropadagi bir necha davlatlarga sayohat qildik. 
24-iyulda imtihonlar boshlandi va ularni muvaffaqiyatli topshirib, Giessendagi 
Erasmus koordinatorimizga kerakli hujjatlarni taqdim etdik. 
30-iyul kuni Germaniyaning Frankfurt xalqaro aeroporti orqali O‘zbekistonga 
qaytib keldik. Fakultet dekani farmoyishiga ko‘ra, bizga fanlarni yakka tartibda 
o‘zlashtirish va imtihon topshirish imkoniyati yaratib berildi. 
Bizning almashinuvchi talaba dasturimiz o‘z yakuniga yetgandan so‘ng, 
O‘zbekistonga kelgach, olgan bilim va taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashib kelmoqdamiz. 


68 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling