Ergasheva ozodaning jahon geografiyasi fanidan o


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana26.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1233028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hujjat 090422093100

6
 


1,5 kilometrdan kattalarigina olindi. Aslida kichik muzliklarining soni behisobdir. 
Pomir tog’larida uzunligi 10 kilometrdan oshiq muzliklarning soni 40 tadan 
ko’proq, uzunligi 20 kilometrdan ortiq muzliklarning soni 11 taga yetadi.Quyida 
Pomirdagi muzlik maydonining 70 kvadrat kilometrdan oshiqlarining nomlari 
keltirildi.Pomir tog’larining eng katta muzligi Fedchenkodir. Uning uzunligi 71,2 
km, maydoni 907 kv. km dir. Fedchenko muzligi uzunligi 20-25 km keladigan 127 
ta irmoqlar va tarmoqlarni qabul qiladi. Muzlikning qalinligi uning o’rta qismida 
700-1000 m, pastki qismida esa 300- 400 m ga kamayadi.Tyanshan tog’lari 
baland va turli tomonlarga cho’zilgantizmalardan iborat. Tyan’shan’ sistemasiga 
kiruvchi ko‘pchilik tizma tog’lar asosan g’arbdan sharq tomonga cho’zilib, 
birlashadi va uzellar hosil qiladi. SHunday tog’ tizmalarining tutashgan uzellarida 
kattakatta muzliklar hosil bo’lgan. Masalan, Zarafshon, Oloy va Turkiston tizma 
tog’lari 
Zarafshon 
daryosining 
boshlanish 
rayonida 
bir-biri 
bilan 
tutashib,Matchoh uzeli, Orqa Ili Olotovi va Kungey Olotovi tutashgan rayonda 
Talgar uzelini hosil qiladi. Tyan’shanning sobiq Ittifoqi territoriyasida joylashgan 
tog’ tizmalaridagi muzliklar Tyan’shan’ tog’larida anchagina uzun va maydoni 
katta muzliklar mavjuddir. Bulardan biri Zarafshon muzligi hisoblanadi. Uning 
uzunligi 26 kilometr, maydoni irmoqlari bilan birga hisoblaganda 113.9 kvadrat 
kilometr, qalinligi 200 metr, hajmi esa 8 kub kilometrga yaqin.«G’alaba» 
cho’qqisi (7439 m) va Xontangri (6995 m) rayonlarida katta muzliklar bor. 
«G’alaba» cho’qqisining 50 kilometr radiusida 2818 kvadrat kilometr maydonni 
muzliklar va doimiy qorlar egallab yotibdi. SHu rayonda 109 vodiy muzligi bor. 
Bu muzliklardan (Temirsu, Tugbelchi, Qoragul, Quchorboshi, CHoi Terei, Kichik 
Terensu, Saykay) Xitoy territoriyasida joylashgan. Umuman Tyan’shan tog’larida 
hozirgi zamon muzliklarining maydoni 10175 kvadrat kilometrdir. Yuqorida 
asosan vodiy muzliklari haqidagi ma’lumotlarni keltirdik. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling