Ergasheva ozodaning jahon geografiyasi fanidan o


-Rasm Qirg‘iziston tabiiy xaritasi va muzliklar tabiati


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana26.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1233028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hujjat 090422093100

4-Rasm Qirg‘iziston tabiiy xaritasi va muzliklar tabiati 
14 


15 


4.O‘ZBEKISTON TOG‘LARIDAGI MUZLIKLAR. 
Ozbekistondagi nam keltiruvchi shamollarga ropara bolgan baland tog 
yonbagarlarida yiliga 1000 mm gacha yogin tushadi. Baland toglarda 
asosan qor yoqqanligi uchun bu yoqqan qorning hammasi ham shu yili 
erib ulgura olmaydi va bir qismi keyingi yillarga qolib ketadi. SHu 
tarzda toplanib qolgan eski qor uyumlari kop vaqt otishi bilan 
zichlashib, muzliklarga aylanadi. SHuning uchun Ozbekistonda iqlim 
qurgoqchil bolsa ham uning toglarida muzliklar vujudga keladi. 
Ozbekiston toglarida 547 ta muzlik bor, lekin bular kichik muzliklar. 
Ularning umumiy maydoni 332,2 km2. Respublikadagi eng yirik 
hisoblangan Ayutor 3 muzligining maydoni 3,8 km2, u Toshkent 
viloyatida joylashgan, Qashqadaryo viloyatidagi Seversev muzligi 
maydoni esa 2,6 km2 , tengdir.Piskom daryosi havzasida A.Rasulov, F. 
Hikmatov, D.Aytboev malumotlariga kora, 250 ta muzlik hisobga 
olingan, ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ni tashkil etadi. Ayutor 
muzligi shu havzada joylashgan. Piskom havzasi muzliklarining 97% 
kichik muzliklar bolib, har birining Maydoni 2 km2 dan, uzunligi esa 1-
2 km dan ortmaydi. Piskom havzasidagi irmoqlaridan yana biri
CHotqol havzasidagi muzliklarning suv zahirasi 4,7 km3 ga 
tengdir.CHirchiq daryosining katta muzliklar ham asosan kichik 
muzliklar bolib, ularning soni 124 ta, maydoni esa 51,2 km2ga 
etadi.O‘zbekiston toglarida muzliklar kam bolsa ham ular (3000 3500 
metrdan yuqorida) Ozbekistondagi kop daryolarning toyinishida
16 


muhim orin tutadi, chunki baland toglardagi qor ekinlarni sugorishga 
kop suv zarur bolgan yoz oylarida erib, daryolarni suv bilan taminlab 
turadi. O‘zbekiston tog‘larida muzliklar Chirchiq, Qashqadaryo va 
Surxondaryo havzalarining yuqori-suvayirg‘ichlarga yaqin qismlarida 
joylashgan. Ularning "Muzliklar katalogi" bo‘yicha aniqlangan soni 550 
ga yaqin bo‘lib, umumiy maydoni 232,2 km2 ni tashkil etadi. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Respublikamizdagi tog‘ muzliklari soning 
50 foizga yaqini Piskom daryosi havzasida joylashgan. Bu havzada 250 
ta muzlik borligi aniqlandi. Ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ga 
teng. Mamlakatimizdagi eng katta muzlik-Ayutor-3 muzligi ham 
Piskom havzasida joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 3,8 km2 
ga teng. Surxondaryo havzasida esa jami 239 ta muzlik mavjud bo‘lib, 
ularning umumiy maydoni 83,6 km2 ga teng. Bu havzadagi eng katta 
muzlik CHap Qaznoq deb ataladi, uning maydoni 1,9 km2 ga 
teng.Respublikamizdagi muzliklarning eng kam soni Qashqadaryo 
havzasida joylashgan. Bu havzada jami 58 ta muzlik bo‘lib, 
ularningumumiy maydoni 20,8 km2 ga teng. Havzadagi eng katta
17 


muzlik Seversov muzligi bo‘lib, maydoni 2,6 km2 ga teng.
Muzliklarning 
Respublikamizdagi 
daryolarning 
to‘yinishidagi 
ahamiyati juda katta. Muzliklarning gidrologik rejimini o‘rganish, 
ularda gidrologik tadqiqotlar olib borish va shu maqsadda maxsus 
ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish lozim. Bu esa kelajakda 
mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida katta foyda 
keltiradi.O‘zbekiston muzliklarini o‘rganishda Birinchi (1882-1883 
y.y.), Ikkinchi (1932-1933 y.y.), Uchinchi (1957-1958 y.y.) Xalqaro 
geofizika yillari, Xalqaro geofizik hamkorlik (1959 y.) va Xalqaro 
gidrologik o‘n yillikning (1966-1975 yillar) ahamiyati katta bo‘ldi. Bu 
yillarda mamlakatimizdagi ko‘pchilik muzliklar holati maxsus dasturlar 
asosida kuzatilib turildi.O‘zbekistonda muzliklarni o‘rganish bo‘yicha 
ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)ga 
qarashli Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining (GMITI) 
Glyasiologiya bo‘limida, O‘zbekiston FA Geologiya va geofizika 
institutining Glyasiologiya laboratoriyasida amalga oshirilmoqda. 1967 
yilda mamlakatimiz hududidan tashqarida (Tojikiston Respublikasida) 
joylashgan Abramov muzligida GMITIning glyasiologik tadqiqotlar 
o‘tkazuvchi maxsus stansiyasi tashkil etilgan edi. Unda 1999 yil avgust 
oyigacha uzluksiz kuzatishlar va tadqiqotlar o‘tkazildi. Afsuski, shu
18 


muddatda 
bir 
to‘da 
qurollangan 
jangarilar
stansiyani zo‘rovonlik bilan egallab oldilar. Natijada stansiya o‘z 
faoliyatini to‘xtatdi.Hozirgi kunda GMITIda "O‘rta Osiyoda glyasiologik 
tadqiqotlar" mavzuyida doimiy ravishda ilmiy to‘plamlar chop etiladi. 
O‘zbekistonning tog‘ daryolari havzalaridagi barcha muzliklarning 
katalogi tuzilgan. Bu ishlarda va umuman muzliklarni o‘rganishda 
N.L.Korjenevskiy, 
O.P.SHeglova, 
V.F.Suslov, 
A.S.SHetinnikov, 
A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A.Kanaev, V.G.Konovalov, 
M.A.Nosirov kabi olimlarning hissalari katta.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling