Ergasheva ozodaning


TERMIZ SHAHRI TURIZIMINING SURXONDARYO VILOYATIDAGI O`RNI


Download 1.8 Mb.
bet3/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1317660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva ozoda uzb kurs ishi

2.TERMIZ SHAHRI TURIZIMINING SURXONDARYO VILOYATIDAGI O`RNI
Termiz shayboniylar davlati tasarrufiga o`tgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Ko`hna Termiz qal‘asini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan o`zaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron bo`ldi.
Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo bo`yidagi Ko‗hna Termizdan janubda Pattakesar qishlog`i paydo bo`ldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr o`tgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad ko`tardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga to`g`ri keldi-ki, Rossiya bu joylarda o`z ta‘sirini kuchaytirish maqsadida O`rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi.
1873 -yilning 28-sentyabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan bo‗lsa, 1888-yil 23-iyundagi qo`shimcha shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar qurish masalasini hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar boshlandi, ko`plab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqo`rg`on va mustahkam istehkom qurildi. Termir yo`l qurilishi, telegraf, aloqa, 217 elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va Amudaryo bo`yidagi harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lgan shaharga aylanishiga olib keldi. 1917 yilgi davlat to`ntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz o`zining xarbiy strategik ahamiyatini yo`qotmadi.
Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Ma‘muriy binolar qad ko`tardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va san‘at ravnaq topdi. Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar ko`chalari boshqadan qurilib, ravon va keng ko`chalarga aylantirildi, istirohat bog`lari, sharqona usuldagi muhtasham va obod bozorlar, zamonaviy ma‘muriy binolar, o`yingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari ta‘mirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib bo`lmas darajada o`zgardiki, bu o`z navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini uyg`otmoqda. 1999-yil noyabr oyida YUNESCO Bosh konferensiyasining Parijda bo`lgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi.
Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida «Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda o`tkazish va unga tayyorgarlik ko`rish to`g`risida» maxsus qaror qabul qilindi. Sherobod tumanida "O`rinbuloq" bulog`i buyrakdagi toshlarni parchalash hamda "Zarabog`" qishlog`idagi "Koriz" suvi ham buyrakdagi toshlarni parchalash va ovqat xazm qilish xususiyatlariga ega bo`lib, sog`lomlashtirish va davolash xizmatlarini tashkil etish mumkin. Sherobod tumanidagi "Konpurtepa" mahallasining "Machildi" qishlog`ida 5 ta xo`jalik mavjud bo`lib 25 ga yer maydonda bog` va qalin o`rmonlar mavjud bo`lib, ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

3-Rasm. Termiz shahrining turistik joylari
Termiz tumani - Uchqizil suv ombori Termiz shahridan 20 km uzoqlikda, O`zbekistonning eng issiq hududida joylashgan. Bu erda ko`ngilochar va zamonaviy dam olish maskani barpo etilsa bahorning aprel oylaridan to sentyabr oylariga qadar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishlari mumkin. Qiziriq tumanida - yetim qum massivida qum sahrosi mavjud bo`lib, revmotizmni davolash uchun sog`lomlashtirish maskani qilishga imkoniyat mavjud. Sariosiyo tumanidagi -Sangardak ziyoratgohida ziyorat va ekoturizmni rivojlantirish uchun mexmonxona va dam olish maskanlari qurish imkoni bor.
Viloyatning Boysun, Sariosiyo, Oltinsoy, Uzun va Sherobod tumanlari Hisor, Bobotog` va Ko`hitang tog` tizmalarida joylashganligi sababli bu erda ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Surxondaryo – xorijiy va mahalliy turizmni keng yo`lga qo`yish uchun yirik salohiyatga ega hudud. Vohada 374 madaniy meros yodgorliklari va tabiiy meros ob‘ekti mavjud. Ziyorat, buddizm, agro, sanoat, ekologik va sog`lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun qulay imkoniyat bor. Hududning madaniy-ma‘rifiy va ko`ngilochar, gastronomik turizmi marshrutlariga ham dunyo ahlining qiziqishi yuqori. Shunga mos ravishda vohaning rang-barang turizm yo`nalishi belgilab olingan.
Termiz shahridagi, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, Kokildor ota, Qirqqiz, Sulton Saodat yodgorliklari, Chorgumbaz masjidi, Boysun tumanidagi Hazrati Eshonbobo ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Hazrati Sulton Valiy, Jarqo`rg`on tumanidagi Xo`ja Samandar Termiziy ziyoratgohlari, Oltinsoy tumanidagi Xo`jaipok ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi, Sherobot tumanidagi Iso Termiziy ziyoratgohi atrofida kichik uy mehmonxonalari qurilishi orqali ziyorat turizmini yanada rivojlantirish mumkin.
Innovatsion xizmatlarni joriy etish va an’anaviy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlab chiqarilgan bozor xizmatlar hajmini oshishiga olib keldi. Natijada, 2021- yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 10 387,222 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O’sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,1 % ni tashkil etdi.
1-Jadval

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling