Ergasheva ozodaning


TERMIZ ERKIN IQTISODIY ZONASINI TASHKIL ETILISHI VA “TERMIZ XALQARO SAVDO MARKAZI” ERKIN SAVDO ZONASINI YARATILISHI


Download 1.8 Mb.
bet5/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1317660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva ozoda uzb kurs ishi

4.TERMIZ ERKIN IQTISODIY ZONASINI TASHKIL ETILISHI VA “TERMIZ XALQARO SAVDO MARKAZI” ERKIN SAVDO ZONASINI YARATILISHI
Prezidentning "Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi (PF–6109, 12.11.2020 y). Farmonga muvofiq, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga quyidagilar tashkil etildi:
● “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi;
● “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi.
Termiz xalqaro savdo markazi hududida, jumladan: zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari va elektron savdo portallari tashkil etiladi; “yagona darcha” va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi; Afgʻonistondan kiruvchi shaxslarning, istisno tariqasida, Oʻzbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan oʻtgan holda 10 kun davomida hududda boʻlish tartibi joriy etiladi;tadbirkorlar tomonidan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinadigan hamda Afgʻonistonga olib chiqiladigan tovarlar va xizmatlar eksportga tenglashtiriladi; chet el tovarlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda, istisno tariqasida, ushbu tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Termiz xalqaro savdo markazi hududiga Afgʻoniston tomonidan kirish va undan chiqish “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punktidan maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan alohida yoʻlak (koridor) orqali amalga oshiriladi. Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Kongress hall”da “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududida yaratilgan imkoniyatlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov, vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan afg‘onistonlik ishbilarmonlar, shuningdek, 600 ga yaqin yirik korxonalar vakillari, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar ishtirok etdi. “Termiz xalqaro savdo markazi”da tadbirkorlikni rivojlantirish, markaz hududida qo‘shni afg‘onistonlik va xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va preferensiyalar, eksport-import aylanmasini oshirish kabi masalalar kun tartibidagi asosiy o‘rinni egalladi. Vazirlik rahbariyati “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududida yaratilgan imkoniyatlar, investitsyaviy muhit, zamonaviy infratuzilma yechimlari bilan tanishtirdi. Xorijiy mehmonlar Markaz boʻylab 10 kun davomida vizasiz sayohat qilishlari, doʻkonlar xarid qilish, chakana va ulgurji savdoni amalga oshirish, shuningdek, savdo joylarini 4-5 oyga bepul ijaraga olish imkoniyati yaratilishi taʼkidlandi. “Termiz xalqaro savdo markazi” o‘zbek va afg‘on xalqlari uchun katta imkoniyatlar va savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga yo‘l ochadigan eshik ekani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun: 2021-yilda O‘zbekiston-Afg‘oniston tovar ayirboshlash hajmi 647,0 million dollarni, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida esa 520,6 million dollarni tashkil qilgan. Markazning to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1,2 milliard dollargacha oshiradi. Afg‘oniston bozoriga jo‘natilayotgan barcha mahsulotlarning 90 foizigacha markaz orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Markaz hududida 300 o‘rinli tibbiyot punkti mavjud 4 yulduzli imtiyozli mehmonxona qurilmoqda. Taqdimot dasturi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro aloqalarni almashish va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, ularga berilgan javoblar Termiz xalqaro savdo markazining ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarini batafsilroq taqdim etish imkonini berdi.3

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling