Ergasheva ozodaning
TERMIZ SHAHRINING IQTISODIY VA DEMOGRAFIK SALOHIYATI
Download 1.8 Mb.
|
Ergasheva ozoda uzb kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Termiz shahri aholisining o‘sishi diagrammasi (2011–2021-yillar)
- . Kelajakdagi Termiz shahrining ko`rinishi. Termiz city
5.TERMIZ SHAHRINING IQTISODIY VA DEMOGRAFIK SALOHIYATI
Shaharda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini oxirgi o‘n yilligiga nazar tashlasak (2010–2020-yillar) eng yuqori ko‘rsatkich 139,3% ni eng past ko‘rsakich esa 90% ni tashkil etgan. 2021-yil dekabr-yanvar holatiga ko‘ra, 107,2% ni tashkil etdi. Shaharda turli xil ishlab chiqarish korxonalaridan Surxon ipak fabrika zavodi, glass-expo (oyna ishlab chiqarish) filiali hamda turli xil qurulish sanoati uchun xomashyolar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud, asosan yengil sanoatga ixtisoslashtirilgan. Termiz shahrida ro‘xhatga olingan korxona va tashkilotlari soni jami 5348 tani tashkil etib, shulardan 5149 ta faol, 199 ta nofaol, yangi tashkil etilganlar soni esa 1100 taga yetdi, ish faoliyatini tugatganlar esa 474 tani tashkil etmoqda (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) (2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra). 6-Rasm. Termiz shahri aholisining o‘sishi diagrammasi (2011–2021-yillar) Shaharda yaqin kelajakda aholining o‘sib borishi tufayli yangidan-yangi turar joylar va aholi iste’moli uchun ko’plab oziq-ovqat shaxobchalari, gipermarketlar va katta hududlarda esa istrohat bog‘lari tashkil etilmoqda. Qurilish sohasidagi ishlar uchun Termiz shahriga jami 1411,8 mlrd so‘m ajratilgan (2021yil yanvar). Termiz shahri oldingi yillarga qaraganda tez rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari shahar maydonini ham kengaytirish yo‘llari ishlab chiqilmoqda. Termiz shahrini Xayraton ko‘prigi Afg‘oniston bilan bog‘lab turadi. Bu ko‘prik muhim siyosiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Yagona xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan daryo portida esa turli xildagi yuklar qabul qilinib olinadi. Aholisiga keladigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda ko‘chib ketganlar 2560 kishini tashkil etmoqda, lekin shunga qaramay aholi o‘sishi sezilmoqda. Oxirgi 3 yil ichida aholi ancha kopayishga erishgan, buning asosiy sabablardan biri iqtisodiyotning rivojlanib borishi va aholi bandligini oshirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlarning ishchi o‘rni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bugungi kunga kelib shahar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy me’moriy qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini yangilash hamda rekonstruktsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks choratadbirlar shaharlarning arxitektura-loyihalashtirish tizimini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruktsiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shaharsozlik sohasiga oid masalalar va muhim muammolarni hal etish g‘oyat dolzarb vazifa ekani inobatga olinib, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon hamda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Qabul qilingan farmon va qarorlar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat va ilmiytexnikaviy siyosatni olib borish jarayonidagi rolini oshirishga qaratilgan bo‘lib, uning faoliyatidagi asosiy vazifalar va yo‘nalishlarni belgilab beradi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonning boshqa shaharlari singari Termiz shahrining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilinib, xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shaharni obodonlashtirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Termiz shahri mamlakatimizning qo‘shni davlatlar bilan hamkorligida, qo‘shnichiligida ham tutgan o‘rni katta. Transchegaraviy hamkorlik davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili bo‘lib, integratsiya jarayonlarining faollashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Termiz shahri transchegaraviy hamkorlik sharoitlarini yaxshilash, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli madaniy, sanoat va boshqa aloqalarni tiklash va rivojlantirish imkonini yaratib beradi. Ko‘p hollarda transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishda chegara hududlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratiladi. Termiz kabi shaharlar mahalliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga katta hissa qo‘shadi. Termiz shahrini rivojlantirish nafaqat uning iqtisodiyotdagi ishtiroki samaradorligini oshirish, balki iqtisodiyotning mintaqaviy nisbatlarini yaxshilash uchun ham katta ahamiyatga ega va umuman mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Transchegaraviy hamkorlik – bir necha manfaatdor mamlakatlarning “katta” integratsiya-mintaqaviy birlashmalarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan “kichik” integratsiyaning bir turidir. 7-Rasm. Kelajakdagi Termiz shahrining ko`rinishi. Termiz city Surxondaryo viloyati hokimligida Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Termiz City majmuasini bunyod etish loyiha taklifi muhokama etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi Arch Design Service MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga koʻra, Termiz City zamonaviy kompleksini shaharning 3 — Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 koʻchalari kesishuvidagi 11 gektar, Alisher Navoiy nomli koʻcha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol koʻchalari tutashgan boʻsh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgani aytildi. Majmuada biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxona va ofislar, koʻp qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sunʼiy koʻl-u favvoralar, yer osti avtoturargohlari, ijtimoiy va boshqa obyektlarni bunyod etish koʻzda tutilgani, bu ishlar uchun bosh pudratchi — Germaniyaning “Kema” kompaniyasi 2 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishi, shuningdek, Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi taʼkidlandi. Ikki yilga moʻljallangan ushbu loyiha taklifini oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangandan soʻng amalga oshirishga kelishib olindi.4 XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Termizni shahrini rivojlantirish uchun shaharning bosh rejasi ishlab chiqilgan bo`lib unda quyidagicha ishlar rejasi keltirilgan. Termiz shahrining bosh rejasiga binoan 2021-yilda buzilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar toʼgʼrisida Termiz shahar hokimligining rasmiy bayonoti Termiz shahri hududlarini kompleks rivojlantirish, shu jumladan, muayyan hududning arxitektura qiyofasini oʼzgartirish va yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʼlgan loyihalarni amalga oshirish boʼyicha shaharning bosh rejasiga binoan hamdaOʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16- noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʼyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 911-sonli qaroriga asosan Termiz shahrida buzilishi rejalashtirilayotgan binolar toʼgʼrisida maʼlumot. 1. Oʼzbekiston Respubolikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 iyuldagi “2035 yil davrigacha Termiz shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 195-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʼyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʼshimcha choratadbirlari toʼgʼrisida”gi Nizomiga asosan asosan Termiz shahar “Shodlik” mahallasi, Taraqqiyot va Barkamol Аvlod koʼchalari kesishuvidagi 2 qavatli, 3- sonli turar-joy binosida yashovchi fuqarolarga tegishli boʼlgan xonadonlarning kompensatsiya mablagʼlarini oldindan 100% (foiz) toʼlab berish yoki uy-joy bilan taʼminlash sharti bilan buzib, oʼrnidan koʼp qavatli turar-joy va mehmonxona binosini qurish uchun “Afghan-German Company” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan toʼliq toʼlab berilishi yoki uy-joy bilan taʼminlashi belgilangan. Bundan tashqari shaharda erkin iqtisodiy zona tashkil bo`yicha han amaliy ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda yuz berayotgan oʼzgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotimizning rivojlanish koʼrsatkichlari har birimizga alohida quvonch bagʼishlaydi. Joriy yilda xam yuksak oʼsish surʼatlari koʼzda tutilyapti. Maʼlumki, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xunarmandchilik sohalarida nafaqat iqtisodiyotimizning yetakchi boʼgʼini, balki davlatimiz va jamiyatimiz rivojida hal qiluvchi ahamiyatiga ega boʼlgan asosiy kuchga aylandi. Ayniqsa bozorni import oʼrnini bosuvchi mahsulot hamda xizmatlar bilan toʼldirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini taʼminlashda tadbirkorlarimizning hissasi salmoqli boʼlmoqda. Bugungi kunda shaharda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subektlarini rivojlanishi yalpi ichki maxsulotni shakllantirishdagi ulushining oʼsib borishi bunga asos boʼladi. Oʼz navbatida tadbirkorlar izlanuvchanligi tufayli aholi turmush farovonligini oshirish, daromadini koʼpaytirishda yetakchi kuchga aylandi. Shahrimizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlar tomonidan savdo, sanoat, xizmat sohalarida boʼlayotgan yangilanishlar fikrimizning yaqqol tasdigʼidir. Termiz shahrimizda 2022 yil 3 oy yakunida sanoat mahsulotlari 101,4 % ga, qurilish pudrat ishlari 114.8 % ga, xizmatlar 117,8 % ga, savdo 111,9 % ga, qishloq xoʼjaligi yalpi mahsuloti 100,3 % ga bajarilgan boʼlsada, bu koʼrsatkichlarning asosiy ulushi tadbirkorlik subʼektlariga toʼgʼri kelmoqda. Tadbirkorlarimizni qoʼllab-quvvatlash maqsadida, Termiz shaxar statistika boʼlimi tomonidan har oyning ikkinchi toʼrtinchi juma kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, unda kichik biznes subektlariga hamda fermer xoʼjaliklari tomonidan elektron hisobotlarini topshirish va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tadbirkorlar uchun qabul qilingan yangi Farmonlari, Qarorlari va undagi imkoniyatlar toʼgʼrisida tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qisqacha aytganda, Termiz shahrimiz tadbirkorlari iqtisodiyotimiz ravnaqi, halqimiz turmush darajasini oshishiga oʼz kuch-qudratini sarf qilishdan va mehnat samarasini oshirishdan toʼxtamaydi. Bularning hammasi termiz shahrini rivojlantirish, aholini ish bilan ta`minlash hamda ularning yaxshi yashashi, yaxshi ta`lim olishi va boshqa xizmatlardan benuqson foydalanish uchun yuqoridagi chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling