Ergasheva xursanoy


Download 0.58 Mb.
bet13/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

Misni tozalash
Metall erituvchi pechdan olingan metallurgiya misning tarkibida odatda turli xil aralashmalar bo‘ladi. Misni boshqa moddalarning turli aralashmasidan tozalash uchun metall metallurgiya misining ulkan listlari CuSO4 eritmasiga tushuriladi va tok manbaining musbat qutbiga ulanadi. Katod sifatida sof misdan qilingan yupqa list olinadi.
Elektrolitik usulda silliqlash.
Elektrodda o‘tirib qoluvchi yoki elektroddan eritmaga o‘tuvchi modda miqdori tok kuchiga proporsional.
Lekin bizga ma’lumki, jismning turtib chiqqan joylaridagi maydon kuchlanganligi nisbatan katta bo‘ladi. Demak, bu joylarda yassi qismlariga nisbatan tok zichligi katta bo‘ladi. Jismning botiq joylarida esa yassi qismlariga nisbatan aksincha bo‘ladi. SHu sababli g‘adir-budur yuzali buyumlar anod sifatida shunga mos kelgan elektrolitli vannaga tushurilsa, buyumning bo‘rtib chiqqan joylaridan metallning eritmaga o‘tishi botiq joylariga nisbatan tezroq boradi. Natijada g‘adir-budir tekislanib ketadi. Elektr ustida metallarni silliqlash va asboblarni qayrash mana shu prinsipga asoslangan.
Ma’lumki, jismlardagi elektr toki zaryadlangan erkin zarrachalarning tartibli harakatidir. Elektrolitlarda zaryadlangan erkin zarrachalar rolini nima o‘taydi? Masalan, NaCl suvdagi eritmasi bo‘lgan elektrolitni olaylik. Bu eritmalarda suv molekulasi hamda osh tuzi molekulasi ham Na+ va Cl- ionlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Ma’lumki, suv molekulasi elektr tokini o‘tkazmaydi. Suv ta’sirida NaCl parchalanib, Na+ va Cl- ionlarga ajraladi. NaCl kristalida esa Na+ va Cl- ionlar bir-birini tortib turadi va har qaysi ion o‘z holiga erkin harakat qila olmaydi. SHuning uchun osh tuzining o‘zi elektr tokini o‘tkazmaydi.
Elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektroliz deb ataladi. Elektrolitlardan o‘tadigan tok kuchi va tok o‘tish vaqti o‘zgarmaganda turli elektrolitlardan ajralib chiqqan modda massasi turlicha bo‘ladi.
Masalan, vodoroddan 1kg ajralsa, unga o‘sha vaqtda 23 kg Na, yoki 35.4 kg xlor, yoki 108 kg Ag ajratish mumkin.
Elektroliz vaqtida hosil bo‘lgan modda massasini atomlar soniga bo‘lib, har bir atomning massasini aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. Bu qonunlarni 1833-yilda ingliz olimi Faradey topgan edi.
Elektrolizdan fan va texnikaning turli sohalarida, meditsinada, poligrafiya sanoatida juda ko‘p foydalaniladi. Ko‘pgina metallar tabiatda faqat birikma holida uchraydi. Bu birikmalarda metallar musbat zaryadlangan ionlar holida, metalmaslar esa manfiy zaryadlangan ionlar holida bo‘ladi. Birikmalardan bunday metallarni va metallmaslarni ajratib olish uchun sanoatda elektrolizdan keng foydalaniladi.
Masala-1: 1kg nikelni elektroliz yo‘li bilan ajratib olish uchun W=10kVt soat elektroenergiya sarf qilinadi. Nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti bo‘lsa, elektroliz qanday kuchlanishda olib boriladi?
Berilgan:

Yechish: Faradeyning birinchi qonuniga asosan ma’lum m massali nikelning elektroliz vaqtida ajralib chiqishi uchun elektrolitdan zaryad o‘tishi kerak. Bu massani ajratish uchun bajariladigan ish Wm=J*v*t=Vq ga teng
Bundan
Masala-2. ZnCl2 eritmasidan 1 soat davomida 0.6A kuchli tok o‘tganda elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalar miqdorini hisoblang [16].
Yechish: elektroliz sxemasi:
(-) katod Zn2+← ZnCl2→2 Cl- Anod (+) N2O erituvchi. Bu tuz tarkibida Zn2+ kationi oksidlanish potentsiali qatorida vodorod bilan Al o‘rtasida joylashgan. Ye=-0.76V. SHu sababli katodda bir vaqtda Zn ionlari va vodorod ionlari qaytariladi. Anodda esa Cl- ionlari oksidlanadi. Katodda: Zn2++2yo→ Zn0 va 2H2O+2yo →H2↑+2OH. Anodda: 2Cl2yo → Cl02 elektrolizning umumiy tenglamasi:
Demak katodda rux metali va vodorod anodda esa xlor gazi ajralib chiqadi Rux metalining massasini, vodorod va xlor gazi holida chiqqani uchun ularning hajmini hisoblaymiz.

Masala – 3
Mis tuzi eritmasini 50 amper tok bilan 5 soat elektroliz qilinganda 275 g mis ajralib chiqqan. Elektroliz jarayonining unumini toping [17].

Echish:


Demak, elektroliz va elektroliz qonunlari mavzusini o‘qitishda fizikaviy tushunchalardan foydalanish kimyoviy bilimlarni chuqur egallashda asosiy omil bo‘la oladi. CHunki kimyo va fizika fanlari bir-biriga yaqin tabiat hodisalarini o‘rganishda ikkala fan birgalikda bir-birini to‘ldiradi. SHuning uchun har bir darsda fanlararo bog‘lanishga katta e’tibor bermoq zarur. Fanlararo aloqadorlikning g‘oyaviy ahamiyati, maktabda o‘qitish jarayoni g‘oyaviy –tarbiyaviy darajasini oshirishning samarali yo‘llarini izlash, fanlararo aloqadorlik muammosi pedagog olim va amaliyotchilarning e’tiborini borgan sari ko‘proq tortmoqda [18].



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling