Ergasheva xursanoy


Download 0.58 Mb.
bet1/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
5110300-Kimyo o‘qitish metodikasi 19-56.A-guruh bitiruvchisi
ERGASHEVA XURSANOY
Elektroliz mavzusini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va kimyoviy tajribalar foydalanish yo‘llari.”
mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy raxbar: k.f.d., professor. M.Axmadaliyev




Farg‘ona – 2023
Bitiruv malakaviy ishi kafedraning 2023-yil ______ maydagi yig`ilishida muhоkama qilingan va himоyaga tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: ____________S.Mamatqulova kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)


Taqrizchilar:


Far.P.I. kimyo-texnologiya


kafedrasi dotsenti B.Usmonov

Kimyo kafedrasi dotsenti


b.f.n. S.O‘rmonov





Kirish ……………………………………………………………..

4

I bob

Maktabda DTS, o‘quv dasturida kimyoni o‘qitishda qo‘yiladigan talablar ............................................................................................

9

1.1.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari ……………………………………………………….....

9

1.2.

O‘quv dasturi bo‘yicha dars soatlari taqsimoti …………………...

14

1.3.

Elektroliz va elektroliz qonunlariga oid bilimlarni, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy adabiyotlarda yoritilishi ..................................

22

II BOB

9-sinfda elektroliz va elektroliz qonunlarini o‘qitishda kimyoviy tajribalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ……………………………………………………......

24

2.1.

Kimyo darslarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish ........................................................................................

24

2.2.

Ta’lim jarayoniga pedagogik va Axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llash uslubiyoti ..............................................

28

2.3.

Pedagogik texnologiyaning ta’lim tizimidagi ahamiyati ................

31

2.4.

“Elektroliz va uning amaliy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha axborot texnologiyasini joriy etish ...............................................................

34

2.5.

Elektroliz va elektroliz qonunlari mavzularini o‘qitishda fizikaviy bilimlardan foydalanish …………………………………………..

37

2.6.

Mavzuni chuqur o‘qitishda kimyoviy tajribalardan foydalanish ....

46

2.7.

Elektrolizga doir masalalar va ularni yechish usullari ....................

48

III bob

Interfaol usulda mavzuni o‘qitish metodikasi, pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlili ...................................................................

55

3.1.

Interfaol usulda “Elektroliz” mavzusini o‘qitish metodikasi ..........

55

3.2.

Pedagogik tajriba –sinov o‘tkazish uchun mavzuga oid test savollari tuzish ................................................................................

61

3.3.

Pedagogik tajriba-sinov natijalari tahlili .........................................

64




Xulosa .............................................................................................

67




Foydalanilgan adabiyotlar ..............................................................

68

KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazisg malakali mutaxassis-pedagoglar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu har bir rahbar va pedagogdan o‘z sohasi bo‘yicha o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogic texnologiyalarni puxta bilishini va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishini talab etadi.
Ta’lim tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan komillikka intiladigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat.
Ma’lumki, O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan, dunyo tajribasida o‘xshashi kam bo‘lgan milliy ta’lim modeli hozirgi kunda qanday yuksak natijalar berayotganini, ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga olib kelayotganini nafaqat yurtimiz ahli, balki jahon jamoatchiligi ham haqli ravishda e’tirof etmoqda.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar va ta’limning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni taqozo etmoqda.
Ayniqsa egallangan nazariy bilimlarning amaliy yo‘nalishilarini ko‘paytirishga aloxida e'tibor qaratilmoqda.
Xozirgi vaqtda o‘qitish jarayonidagi dolzarb masalarlardan biri ta’lim oluvchilarda fikrlash qobilyatini rivojlantirish, egallagan bilimlaridan amaliyotda ijodiy foydalana ola bilish hamda yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘rgana olish qobilyatini shakllantirishdir. Shu jixatdan mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar o‘quv jarayoniga nisbatan o‘zgacha mazmun o‘zgacha talab va o‘zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun jihatidan avvalgidan tubdan farqlanadi.
O‘qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda takidlab o‘tish lozimki, bugun joylarda pedagogik texnologiya nima? Interfaol metod nima? Yangi pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish mexanizmi qanday? kabi savollarga to‘laqonli javob bera olmaydigan kadrlar mavjudligi xech birimizga sir emas. Yuqoridagi savollarga javob topish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’limda samarali, natijasi kafolatlangan yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bugun o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolardandir, zero tizimdagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayoning sifati bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ,,Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun [1], ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” [2] talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori kimyo predmetining o‘qitilishining ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Shu bois 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay islox qilish boshlanadi. Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga aloxida muhandislik maktablari tashkil qilinadi[3].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, har bir tashabbus bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oshirish mexanizmlariga alohida to‘xtaldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning barchasi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea bo‘ldi. Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni sa’nat va madaniyat maskanlariga keng jalb etish, o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan Dastur loyihasiga ko‘ra, 2019-2020 yillarda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafardan ziyod yoshlarni madaniyat va san’at sohasiga jalb etish to‘g‘risida “yo‘l xarita”larini tasdiqlash ko‘zda tutilgani muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga ko‘ra, endilikda san’atga qiziquvchi yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik to‘garaklari, teatr jamoalari, bolalar ansambllarini tashkil etish orqali yoshlarni san’at va madaniyat sohasiga qiziqtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yangidan quriladigan va rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy ta’mirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilish, chekka hududlarda yashovchi, ayniqsa, qishloq yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, Dasturga ko‘ra, tashabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2 yil ichida yengil konstruktsiyali, sendvich panelli kichik sport zallarini barpo etish, ularga yoshlarni va aholini keng qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish ko‘zda tutilgani nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga oid chora-tadbirlar Dasturida Prezidentimizning uchinchi tashabbusi bo‘yicha amalga oshiriladigan keng ko‘lamli vazifalar o‘z aksini topgan. Dasturga muvofiq 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda, xususan, bizning tumanimizda ham raqamli texnologiyalar markazlarini tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish Prezidentimizning yoshlarga, xalqimizga qaratilayotgan yana bir katta e’tibori bo‘ldi. To‘rtinchi tashabbus - maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturiga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan turli xil ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib berish ko‘zda tutilgani, salkam bir oydan beri ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygan “Kitob sovg‘a qil!” aktsiyasida idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargacha ishtirok etishayotgani bu tashabbusning naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir. Beshinchi tashabbus – hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga ko‘ra, 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstrkutsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgani, ayollar ishlaydigan mazkur tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozorini topish va shu asosda bu korxonalarni rivojlantirishga qaratilgani xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bajariladigan ishlarni yanada takomillashtirish imkonini beradi [4].
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir [5].
Maktabda o‘qitiladigan o‘quv predmetlari orasida kimyo fani eng qiziqarli va maftunkor sanaladi. Tevarak –atrofdagi xilma-xil moddalar hozirgi kunda 20 millionga yaqin moddalar ma’lum. [6].
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga belgilangan talablarining barcha o‘quvchilar tomonidan to‘la-to‘kis bajarilishiga, ta’lim samaradorligini oshirishga erishish uchun ilg‘or yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, yangilarini yaratish va amaliyotga joriy etish lozim.
Ta’lim –tarbiya jarayonida yillar davomida qo‘llanilib kelinayotgan an’anaviy ta’lim o‘rniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar singari bir qator yangi tushunchalar kirib kelmoqda [7].
Maktabda kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga kimyoni nazariy asoslarini o‘rgatish orqali kimyoviy tajribalardan o‘rinli foydalanish bilan bir qatorda, ularni kimyo fani va uning yutuqlarini xalq xo‘jaligining turli soxalarida qo‘llash darajasini ortib borayotganligidan xabardor bo‘lishga o‘rganishimiz kerak. Shuningdek kimyoviy bilimlarni chuqur o‘rgatishda kimyoviy tajribalardan ko‘proq va o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuni inobatga olib, ilmiy raxbarim M.Axmadaliyev tavsiyasi asosida men ushbu bitiruv malakaviy ishimda 9-sinfda elektroliz va elektroliz qonunlarini o‘qitishda kimyoviy tajribalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini ochib berishga harakat qilganman.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling