Ergasheva xursanoy


Download 0.58 Mb.
bet12/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

Elektroliz qonunlari.
Elektrolitlar elektr o‘tkazuvchanligining mexanizmini bilgan holda elektroliz davrida ajralib chiqqan modda massasini aniqlash mumkin.
Aytaylik, elektrolitdan Q zaryad miqdori o‘tganda, elektrodlarda m massali modda miqdori ajralib chiqqan bo‘lsin.
Ajralib chiqqan moddani va zaryadni ionlar olib o‘tadi. Shu sababli elektrodda ajralib chiqqan modda miqdori elektrodga yetib kelgan barcha ionlar massasiga teng bo‘ladi:
m=m1*N
Ionlar soni N elektrolitdan o‘tgan elektr zaryadi Q ning bitta ion zaryadi Qi ga nisbatiga teng bo‘lganligidan:

U holda
Ion massasining uning zaryadiga nisbati – doimiy kattalik bo‘lib, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deb ataladi. Uni K harfi bilan belgilab, quyidagi formulaga ega bo‘lamiz:
m=KQ=KIt
Elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o‘tgan umumiy zaryadga to‘g‘ri proportsional. Bu qonuniyat tajribalar asosida 1832-yilda M.Faradey tomonidan ochilgan edi. Faradey soni – bu elektroliz davrida 1 molь modda miqdori olib o‘tgan zaryad miqdoriga teng:
F=eNA
F=1.6022C*6.022 1/ mol=96484c/molь
F=96500 c/mol
Elektrolizning texnikada qo‘llanishi.
1 Galvanostegiya
Elektroliz hodisasi hozirgi zamon texnikasida keng qo‘llaniladi. Ulardan ba’zi birlarini qaraylik. Texnik qurilmalarning detallari, maishiy xizmat buyumlarining ba’zi qismlari ba’zan asl metallarning yupqa pardasi bilan qoplanadi. Bu bezatish maqsadida va konstruktsiyaning qismlarini korroziyadan saqlash uchun qilinadi. Texnikada korroziyadan saqlash uchun ba’zi qurilmalarning ayrim detallari nikel, xrom, kadmiy bilan qoplanadi. Hozirgi davrda bunday qoplash odatda galvanik usulida amalga oshiriladi. Detalni oldindan sinchiklab tozalanadi va kerakli metall tuzining suvdagi eritmasi bilan to‘ldirilgan idishga tushurilib, tok manbaining manfiy qutbiga ulanadi. Anod sifatida shu metalldan qilingan plastik xizmat qiladi. Elektroliz natijasida detal yuzasida tuzdan ajralgan metall o‘tiradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling