Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
Marketing

 
5.4. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish 
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning 
tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va 
javobgarlikni belgilaydi. 
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi 
mumkin: 
1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini 
tashkil qilish doiralariga tushadi. 
2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana 
bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 
3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir 
qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar 
qo‘shiladi. 
Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, 
bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning 
qator kamchiliklari ham mavjud:
➢ tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;
➢ bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; 
➢ bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning 
sustligi; 
➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal 
etishning qiyinlashganligi. 
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha 
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror 
qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo 
ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi. 


91 
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga 
ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini 
doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar ishchilari o‘z 
majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv 
apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish 
katta xarajatlar talab qiladi. 
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z tovarini 
xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish 
xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga 
ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati 
bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling