Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Bog'liq
Marketing

 
5.5. Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish 
Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, 
uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, 
uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa 
qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda 
katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. 
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari
vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, 
kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning 
to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni 
va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, 
evolyusiya o‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad 
marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga 
yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir. 
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat: 
bozor imkoniyalarini tahlili
➢ maqsadli bozorni tanlash; 


92 
➢ marketing kompleksini ishlab chiqish; 
➢ marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. Bu quyidagi rasmda o‘z 
ifodasini topgan. 
5.6-rasm. Marketingni boshqarish jarayoni 
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti
marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini o‘lchovi, bozorni segmentlash 
jarayonlari ko‘rib o‘tiladi. 
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx 
o‘rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar 
olib boriladi. 
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik va 
taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy 
tuzilishi kabilar to‘liq yoritib beriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling