Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
Marketing

6.6.Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi 
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan 
korxonaning mo‘ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish 
resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi. 
Quyidagi 6.5 – rasmda marketing rejasini shakllantirish keltirilmoqda.
6.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirish 
2. Maqsadni tanlash 
1. Tahlil 
- Korxona maqsadi; 
- Sohani tanlash; 

Xaridor 
(iste’molchi)ni 
tanlash; 
- Tovarni aniqlash; 
- Bozor maqsadi; 
- Iqtisodiy natijalar. 
- Bozorni aniqlash, tanlash; 
- Sohangizni aniqlash; 
- Xaridor (iste’molchi) ni 
aniqlash; 
- Raqobatchini aniqlash; 
- Tovar tahlili; 
- Sotuvni tahlil qilish; 
- Korxona holatini tahlil qilish. 
- Tovar siyosati; 
- Narx siyosati; 
- Taqsimot siyosati; 
- Sotuv siyosati; 
- Aloqa siyosati; 
- Siljitish, etkazish siyosati. 
- Xizmat ko‘rsatish iyosati; 
- Korxonaning imkoniyatlari. 
- Iqtisodiy hisob-kitob; 
- Korrektirovka vositalari va 
strategiya varianti 
MARKETING 
REJASI 
3. Amalga oshirish 
vositalari 
4. Nazorat 


108 
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: 
1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil) 
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‘nalishlari. 
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish. 
2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi). 
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda 
foydaga erishish yo‘llarini aniqlash. 
3. Strategiyani ishlab chiqish. 
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni 
ko‘zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing 
vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash). 
4. Rejani ishlab chiqish. 
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga 
oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. 
5. Nazorat qilish. 
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelish). Yillik 
nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. 
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari 
(tashqi muhiti) va o‘zining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar to‘plab, aniq 
xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli 
tahlil» usullaridan foydalaniladi. 
Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‘ich davri bo‘lib, korxona marketing 
dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini 
o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi. 
Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki 
imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‘sishi orqalimi yoki bozorda 
o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li bilan erishiladimi kabi savollarga 
javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko‘ra, bir 
necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 


109 
Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) 
ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish
ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‘l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, 
yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi 
modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali 
sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni 
ko‘paytirish, to‘rtinchidan, diversifikatsiya yo‘li bilan, ya’ni korxona o‘z marketing 
faoliyati doirasida qo‘shimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste’molchilarni 
o‘zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko‘proq olishga 
erishadi. 
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - 
degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab 
chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo‘nalish 
aniqlaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi. 
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular 
korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 
1. Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos segmentlardan iborat.
2. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi 
mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o‘ziga jalb etishda, ko‘proq 
muvaffaqiyat qozonishni o‘ylash lozim. 
3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat 
ko‘rsatishi mumkin. 
4. Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro vazifalari 
bilan bir-birini to‘lg‘izib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish kerak. Masalan, 
tovar upakovka(o‘rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste’molchilar 
bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi. 
5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga 
olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasining holatini, 
raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar. 


110 
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda 
olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi 
yondashishlar mavjud. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling