Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Marketing dasturi haqida tushuncha
- Marketing nazorati
6.3-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vaqilini to‘g‘ri aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‘rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka qilish amalga oshiriladi. Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‘rsatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menejment guruhini vaqilini faol qatnashishi ko‘zda tutiladi. 6.5. Marketing dasturi haqida tushuncha Marketing dasturi (biznes reja) tor ma’noda korxonaning bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan Marketing bo’limi faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing chora- tadbirlari natijalarini nazorat qilish Marketing nuqtai nazaridan aralash bulinmalar faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing xizmati xodimlari faoliyatini nazorat qilish Taksimlash tizimida faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing-miks samaradorligini nazorat qilish Tashqi muhit omillari nazorati Firmada marketing potentsiali tavsiflari nazorati Marketing nazorati 104 ko‘proq) bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani o‘tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‘riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing dasturini strategik yo‘nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o‘z holatini bog‘ligiga qarab o‘z ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin. Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‘p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‘ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og‘ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. SHuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan. 105 Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo‘g‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo‘g‘in uchun bo‘lsa, u qisqa va lo‘nda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko‘rsatiladi pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Quyidagi 6.4 – rasmda marketing majmui dasturi jarayoni keltirilmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling